Ayollar uchun sigaret chekish zararlari
Ayol organizmi tamakiga erkaklarnikiga ko’ra ancha sezilarliroq reaktsiya qaytaradi. Asosiy kasalliklardan tashqari, nozik jins vakillari chekish natijasida go’zalliklari, yoshliklari va eng asosiysi — ona bo’lish imkoniyatidan mahrum bo’lishadi.
Doimiy chekuvchi ayollarda bepushtlik darajasi 42 foizni tashkil etadi. Chekish bilan tanish bo’lmaganlarda esa bu ko’rsatkich 4 foizdir.
Chekishda tirnoq va sochlar kislorod yetishmasligidan aziyat chekadi, xira va mo’rt bo’lib qoladi, deyarli o’sishdan to’xtaydi. Tamaki tutuni tufayli tishlar asta-sekin vayron bo’ladi, og’izdan keladigan noxush hidni hech bir saqich yashira olmaydi. Teri normal ko’rinishdan 10-15 yoshga qariroq ko’rinadi.
Umumiy qilib olganda, quyidagi faktlarni keltirish mumkin:
Homila tushishining 96 foizi u yoki bu tarzda sigareta bilan bog’liq.
Homiladorlik davrida chekadigan onalarda homilaning o’lik tug’ilishi xavfi 30% ga yuqori.
Muddatidan oldin tug’ilish chekuvchilarda 8 marta ko’proq qayd qilinadi.
Ona qornidaligidan tamaki tutuni bilan zaharlangan chaqaloqlarda yuz qismining nuqsonlari («quyon lab», «bo’ri tanglay» va boshqalar) 2 marta ko’proq uchraydi.
Onaning chekishi bolalarning giperaktivlik, asabiy qo’zg’alish xususiyati va aqliy zaiflashuviga bevosiya ta’sir o’tkazadi.
Chekuvchi onalardan dunyoga kelgan bolalarning immuniteti zaif, intelektual rivojlanishi esa boshqa tengdoshlaridan ortda qoladi.
O’smirlar uchun
Statistikaga ko’ra, o’smirlarning har uchtadan bittasi 15 yoshgacha sigareta bilan yaqindan tanishadi. Shu bilan birga, ularning yarimida bu zararli odatga aylanib, katta yoshgacha ham saqlanib qiladi.
Aksariyat chekuvchilar bu odatni o’smirlik davirda boshlashgan. Statistikaga murojaat qilinsa, doimiy chekuvchilarning atigi 10 foizi bu odatni 18 yoshdan keyin orttirgan. Tamakining o’smirlarga asosiy kasalliklardan tashqari yetkazadigan boshqa o’ziga xos ta’sirlari quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |