Sigareta chekish zararlari tamakining organizmga ta’siri, kashandalik oqibatlari
Download 66.99 Kb.
|
Sigareta chekish zararlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tibbiy statistika
Zaharli gazlar va bug’lar: metanol, ammiak, butan, metan, vodorod sulfidi, is gazi;
Organik birikmalar: sinil kislota, aseton, fenol, karbazol, indol; Og’ir metallar: qo’rg’oshin, radiy, kadmiy, seziy, alyuminiy, surma. Ushbu tarkibiy qismlardan hech biri xavfsiz emas — ularning har biri organizmga u yoki bu tarzda shikast yetkazadi, immunitetni zaiflashtiradi, o’pkalarning faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, qon oqimiga kirib, yurak, miya va boshqa organlar ishini buzadi, hujayra mutatsiyasiga olib keladi va onkologiya sabab bo’ladi. Tibbiy statistika Sigaret chekishning oqibatlari juda turlicha bo’lishi mumkin — tamaki tutuni deyarli barcha ichki organlarga ta’sir qiladi. Biroq, ushbu zararli odatning eng ko’p kuzatiladigan asoratlari quyidagilardir: Surunkali bronxit; Nafas olish tizimining onkologik kasalliklari; Yurak-tomir patologiyalari (YIK, arterial gipertoniya, qon tomir trombozi va boshqalar). O’pka saratoni bilan og’rigan bemorlar 90 foizining anamnezida chekish holatlari mavjudligini statistika ham tasdiqlaydi. Bundan tashqari, bronxit va emfizemadan o’lim hollarining 75 foizi u yoki bu tarzda bu zararli odat bilan bog’liq. Chekuvchilarning yurak xastaliklari ham 25% hollarda og’irroq kechadi va ko’proq o’limga olib keladi. Hech qachon sigareta chekmagan shaxslar stenokardiyadan 13 marta, miokard infarktidan 12 marta, oshqozon yarasining xuruj olishidan 10 marta kamroq aziyat chekadi. Sigareta tutunidan aziyat chekmaydigan a’zo yo’q: kashandalarning yuragi chekmaydiganlarnikiga qaraganda soatiga o’rtacha 650 taga ko’proq uradi, shu holda ham organizmni kislorod bilan yetarlicha ta’minlab turolmaydi. Birinchidan, havo o’pkaga juda kichik hajmda kiradi, ikkinchidan, sigareta tutunidagi is gazi gemoglobin bilan birlashib, organizmda kislorod almashinuvini buzadi. Natijada miya, jigar, buyraklar, ayirish va reproduktiv tizim shikastlanadi, shunga qarab kasallanish va o’lim ko’rsatkichlari sezilarli darajada oshadi. Download 66.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling