Sig‘imli filtrni ishlash prinsipi silliqlashda induktivlikning


Sig’imli filtrni ishlash prinsipi


Download 1.58 Mb.
bet5/15
Sana05.01.2022
Hajmi1.58 Mb.
#205078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Zafarbek Toirov

1.2 Sig’imli filtrni ishlash prinsipi

Silliqlovchi filtrlarning ishlash prinsipi kondensator va induktivlik xossalariga asoslanadi. Ular energiya rezervuari rolini bajaradilar.



Ma’lumki, kondensatorda kuchlanish oniy o‘zgarishi mumkin emas, induktivlikda esa tok oniy o‘zgarishi yoki yo‘qolishining iloji yo‘q.

1-rasm. Sig‘imli filtr sxemasi



2- rasm. Induktivli filtr sxemasi

3- rasm. P-shaklli filtr sxemasi

Silliqlovchi filtrlarning ishlashi asosiga xuddi shu xossalar asos qilib olingan, misollarda ko‘rib chiqamiz. YUqoridagi rasmda birlamchi chulg‘amiga o‘zgaruvchan kuchlanish beriladi, ikkilamchi chulg‘amiga esa yuklama ulangan. YUklama orqali doimiy (o‘zgarmas) tok oqishi kerak. Mazkur sxemada to‘g‘rilagich rolini diod bajaradi. Kondensator S- filtrlovchi element.



4-rasm. S-filtrda chiqish toki va kuchlanishlarining ko‘rinishi


Transformatorning ikkilamchi zanjiriga ulangan diodning ishini pulsatsiyali kulrang chiziqda ko‘ramiz. Anig‘i diod o‘zgaruvchan kuchlanishning manfiy qismini o‘tkazmay kesib, sinusoida to‘lqinining faqat musbat qismini o‘tkazadi, manfiy kuchlanishda esa yopiladi.

Kondensator, avval aytilganidek energiya rezervuari. Diod ochiq bo‘lganda va yuklama orqali tok oqayotganda (parallel ulangan) kondensator zanjirdagi kuchlanish qiymatigacha zaryadlanadi. Diod yopiq bo‘lganda esa (sinusoidaning manfiy to‘lqini) sig‘im borligi sababli kuchlanish darajasi keskin pasaymaydi. Kondensator yuklama orqali asta-sekin razryadlanib, shunday qilib kuchlanishning juda katta sakrab o‘zgaraѐtgan qiymatlarini silliqlaydi. Kondensator kelgusi musbat to‘lqingacha razryadlanadi, aniqrog‘i diod katodidagi kuchlanish kondensatordagi kuchlanishdan ortguncha. Va u yana zaryadlana boshlaydi. Bunday ishssikli doim takrorlanaveradi. Qizil rangli chiziq xuddi shu tahlil qilingan ishni ko‘rsatadi.



Agar to‘g‘rilagich sifatida diod ko‘prigi qo‘llanilsa, unda chiqish toki va kuchlanishi quyidagi ko‘rinishni oladi (5-rasm).


5-rasm. Diodli ko‘prikdan keyin filtrning chiqish toki va kuchlanishlarining ko‘rinishi



Diod ko‘prigi musbat ham manfiy kuchlanishda ishlayotgani sababli pulslilik ikki karra ortdi. Grafikdagi tok rasmi (ko‘k chiziq)qa e’tibor qaratsak, kondensator hisobiga tok keskin ortgan, bu esa o‘z navbatida har qanday elektr pribor uchun yaxshi holat emas. Yuzaga kelgan bu vaziyatda induktivlik g‘altagi yordamga keladi.


Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling