Sikl qaytadan takrorlanadi. 1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, agar ishchi jism 1-3-2 egri chiziq bo‘ylab kengaysa, u 132451 nuqtalar bilan chegaralangan yuzaga son qiymati jihatidan teng ish bajaradi
Download 24.4 Kb.
|
aylanma sikl
3.1. Aylanma sikl3.1-rasm Termodinamik jarayondagi tizim ish bajarishi uchun unga davriy ravishda ma’lum miqdordagi issiqlik energiyasi yoki ish jismi uzatib turilishi va ishga to‘la aylanmasdan qolgan issiqlik miqdorini tizimdan tashqariga (sovitkichga) uzatish kerak. Shunda sikl davriy ravishda takrorlanadi. Ish jism sifatida faqat bitta modda qo‘llanilsa, u holda modda avval kengayadi va ma’lum miqdordagi ishni bajaradi, so‘ngra yana siqiladi, keyin boshlang‘ich muvozanat holatiga qaytadi. Sikl qaytadan takrorlanadi. 3.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, agar ishchi jism 1-3-2 egri chiziq bo‘ylab kengaysa, u 132451 nuqtalar bilan chegaralangan yuzaga son qiymati jihatidan teng ish bajaradi. Ishchi jism 2-nuqtaga yetgandan so‘ng, yana ish bajarishi uchun avvalgi holatiga (3.1-rasmga) qaytishi lozim. Ishchi jismni boshlang‘ich holatiga qaytishi uch xil bo‘lishi mumkin. Siqish chizig‘i 2-3-1 kengayish chizig‘i 1-3-2 bilan ustma-ust tushadi. Bunday jarayonda kengayishda bajarilgan ish (132451 yuza) siqish ishiga (231542 yuza) teng bo‘ladi va foydali ish nolga teng. Siqish chizig‘i 2-6-1 kengayish chizig‘i 1-3-2 dan yuqorida joylashgan. Bunday jarayonda siqishga (261542 yuza) kenga-yishda olingan ishga (132451 yuza) qaraganda ko‘proq ish sarflanadi. Siqish chizig‘i 2-7-1 kengayish chizig‘i 1-3-2 dan pastda joylashgan. Bunday aylanma jarayonda kengayish ishi (132451 yuza) siqish ishidan (271542 yuza) katta bo‘ladi. Demak, foydali ishning qiymati 13271 nuqtalar hosil qilgan maydon yuzasiga son qiymati jihatidan teng bo‘ladi. Foydali ish olinadigan siklni to‘g‘ri sikl yoki issiqlik mashinasi sikli deyiladi, bu holda kengayish ishi siqish ishidan katta bo‘ladi. Siqish ishi kengayish ishidan katta, ya’ni, ish sarflanadigan siklga teskari sikl deyiladi. Bunday sikl bilan sovitish mashinalari ishlaydi. Sikllar qaytar va qaytmas bo‘lishi mumkin. Muvozanatli jarayonlardan tashkil topgan siklga qaytar sikl deyiladi. Sikl tarkibidagi hech bo‘lmaganda bitta jarayon qaytmas bo‘lsa, u holda butun sikl ham qaytmas bo‘ladi. 3.1-rasmda tasvirlangan siklni qaytar sikl deb hisoblab, uni taxlil etaylik. Ishchi jism isitgichdan olingan q1 issiqlik hisobiga 1-3-2 yo‘l bo‘yicha kengayib, 1 kengayish ishini bajaradi. 2-7-1 yo‘lda siqish uchun 2 ish sarflanib, sovitkichga q2 issiqlik beriladi va ma’lum bir qism ish ichki energiyani boshlang‘ich holigacha ortishiga sarflanadi. To‘g‘ri sikl natijasida l=l1–l2 foydali ish bajariladi. Issiqlik miqdori q1 va q2 hamda foydali ish orasidagi nisbat termodinamikaning birinchi qonuni orqali aniqlanadi: q=q1–q2=u2–u1+ . Siklda tizimning boshlang‘ich va oxirgi holatlari bir xil bo‘lgani uchun u1=u2, shuning uchun q1–q2= Bir sikl davomida foydali ishga aylangan issiqlik miqdorini jismga keltirilgan umumiy issiqlik miqdoriga nisbati to‘g‘ri siklning termik foydali ish koeffitsienti deb aytiladi. Download 24.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling