Kislorod va oksidlovchilar ta’siri, oksidlanish reaksiyasi
Alkanlar odatdagi sharoitda havo kislorodi bilan ham, kuchli oksidlovchilar bilan ham oksidlanmaydi. Faqat yuqori temperaturada kaliy permanganat (KMnO4) va kaliy bixromat (K2Cr2O7) ta’sirida alkanlar oksidlanib, turli xil molekulyar massadagi organik kislotalarga va karbonat angidrid (CO2) gacha parchalanadilar.
Bulardan tashqari oksi va ketokislotalar, spirtlar, aldegidlar va ketonlar ham hosil bo’ladi.
Shuni ta’kidlash lozomki, quyi molekulyar uglevodorodlar yuqori molekulyar uglevodorodlarga nisbatan qiyin oksidlanadi. To’yingan uglevodorodlar havo kislorodi bilan yuqori temperaturada qizdirilsa yonadi CO2 va H2O hosil bo’ladi. Masalan :
2C2H6 + 7O2 →4CO2 + 6H2O
Har qanday yonish reaksiyasi yorug’lik va ko’p miqdordagi issiqlik chiqishi bilan sodir bo’ladi.
Alkanlarning oksidlanish reaksiyasi ham radikalli mexanizm bo’yicha boradi. Dastlab alkanlar qizdirilganda bitta vodorod va erkin radikalga parchalanadi :
Gidroperoksidning oksidlanish reaksiyasi sharoitga va uning molekulasidagi uglerod atomining holatiga bog’liq. Masalan : propanning oksidlanish reaksiyasi quydagicha boradi:
Sanoatda shu usuldan foydalanib alkanlardan tarkibida C1 dan C20 gacha va bundan ham ko’p uglerod atomi bo’lgan aldegid, keton, spirt va sintetik yog’ kislotalar olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |