SIKLOGEKSANNI OKSIDLASH BILAN ADIPIN KISLOTA ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI.
Kirish
Reja:
1. Sulfat kislotasini nitroza usuli bilan ishlab chiqarish asoslari.
1.1. Azot monooksidining azot dioksidiga oksidlash jarayoni statika va kinetikasi.
2. Sulfat kislotasini nitroza usuli bilan olish turlari.
3. Nitroza usuli bilan sulfat kislota ishlab chiqarish bo‘limlari.
4. Sulfat kislotasini nitroza bo‘limida hosil qilish mexanizmi.
5. Sulfat kislotasini nitroza usuli bilan 7 minoralik texnologik tizimi bo‘yicha ishlab chiqarish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Bu usulga ko‘ra sulfat kislota ishlab chiqarish o‘choq gazidagi SO2 gazini nitrozaga yutish va oksidlashga asoslangan. Nitroza - bu azot oksidlarining sulfat kislota eritmasidagi birikmasidir. Nitroza usuli bilan SO2 ni oksidlash jarayonida unga О2 ni berish vazifasini azot oksidlari uynaydi.
SULFAT KISLOTASINI NITROZA USULI BILAN ISHLAB CHIKARISH ASOSLARI.
AZOT MONOOKSIDINI AZOT DIOKSIDIGA OKSIDLASH JARAYONI STATIKA VA KINETIKASI.
Oddiy sharoitda NO gazi xavodagi О2 bilan birikib, quyidagi reaksiya bo‘yicha NO2 gazini hosil qiladi:
2NO(г) Q O2(г) 2NO2(г) Q Q13 (1)
NO - rangsiz gaz, suv bilan ham, kislota bilan ham reaksiyaga kirishmaydi. NO2 - qo‘ng‘ir rangli gaz, u suv va kislota bilan reaksiyaga kirishadi. Bu reaksiya gomogen, Le-Shatelye prinsipiga asosan, bosimni oshirish va temperaturani pasaytirish tufayli, NO2ni chiqishini oshirish mumkin. Chunki bu reaksiya amaliy qaytar, xajm torayishi bilan ketadi va ekzotermikdir, Temperatura pasaytirilganda (1) reaksiya bo‘yicha NO2 ni nafaqat chiqishi, balki tezligi ham oshadi.
Sababi: 2NO =(NO)2 Q Q36 (2)
2ta NO birikib, NO ni dimerini hosil qiladi. U esa o‘choq gazidagi О2 bilan birikib, NO2 hosil qiladi:
(NO)2 Q O2 2NО2QQ37 (3)
temperatura pasaytirilsa NO ni dimeridan NO2 ni chiqishi oshadi, shuning uchun umumiy reaksiyaning tezligi ham oshadi; So‘ngra:
NO(г) Q NO2(г) N2O3(г) Q Q14 (4)
N2O3-qo‘ng‘ir rangli gaz. Sulfat kislota NO2 bilan va N2O3 bilan reaksiyaga kirishib, nitrozil sulfat kislotasini hosil qiladi.
H2SO4 Q 2NO2 HNSO5 Q HNO3 Q Q38 (5)
2H2SO4 Q N2O3 2HNSO5 Q H2O Q Q39 (6)
Bu yerda N2O3ning sulfat kislotadagi absorbsiyasining tezligi NO2 gazinikiga qaraganda 2 marta katta. Normal sharoitda (17.4.) reaksiya bo‘yicha NO, NO2, N2O3 aralashmasidagi N2O3ning miqdori 10% dan oshmaydi. Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, N2O3 o‘rniga NOQNO2 aralashmasini ham ishlatish mumkin ekan, faqat bu yerda NO:NO2 nisbati 1:1 bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |