Silikat materiallar va kamѐb nodir metallar texnologiyasi
Yong‘in havfsizligi choralari
Download 391.31 Kb.
|
маматкулов Э.К курс иши 2
Yong‘in havfsizligi choralari.
Metallurgiya ishlab chiqarishlarida bino va inshootlarning ѐng‘in xavfsizligi amaldagi ѐng‘in xavfsizligi qoidalari, tegishli qurilish me’ѐrlari va qoidalari, shuningdek GOST 12.1.004-91 «SSBT. Yongin xavfsizligi. Umumiy talablar»iga rioya qilgan holda ta’minlanishi kerak. Portlash xavfi bo‘lgan muhitni hosil qilishga moyil moddalar ishtirokidagi texnologik jaraѐnlarning portlash xavfsizligi GOST 12.1.010-76 «SSBT. Portlash xavfsizligi. Umumiy talablar», GOST 12.1.004-91 «SSBT. Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablar», GOST R 12.3.047-98 «SSBT. Texnologik jaraѐnlarning ѐng‘in xavfsizligi. Umumiy talablar. Nazorat usullari», GOST 12.1.041 -83 «SSBT. Yonuvchan changlarning ѐng‘in-portlash xavfsizligi. Umumiy talablar» va boshqa amaldagi standartlarda belgilangan talablar hajmida portlashning oldini olish va portlashdan himoyalash choralari, tashkiliy va tashkiliy-texnik tadbirlar orqali ta’minlanishi kerak. Yong‘in sodir bo‘lishining oldini olish maqsadida ochiq holdagi olovdan foydalanish va oson alangalanuvchi va portlashdan havfli moddalar mavjud bo‘lgan joylarda chekish ta’qiqilanadi. Yong‘in belgilarini sezganda yoki olov chiqqanligi holati aniqlanganda zudlik bilan ustaga xabar berish va yong‘inni o‘chirishda shahsan ishtirok etish kerak. Yong‘in havfsizligi qoidalari va yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalana olish va boshqa yong‘in o‘chirish vositalarini qo‘llashni bilish kerak. Elektr simlari, elektr qurilmalaridan o‘t chiqqandan olovni o‘chirish uchun qum va karbonat angidridli yong‘ino‘chirgichlardan foydalanish zarur. Xulosa Qaynovchi Qatlam pechida rux sulfidli boyitmani kuydirib oksidlash jarayoni iqtisodiy samaradorligi yuqoriligini necha yillar davomi saqlab kelayapti. Iktisodiy samaradorligi unda yoqilg‘i muntazam ishlatilmasdan boyitma tarkibidagi oltingurgut hisobiga belgilangan 970-980 Sᵒ temperaturani muntazam ushlab turilishi hisobiga kuydirish jarayonida tashqi muxitdan qo‘shimcha yoqilg‘i sarf qilinmasligi kuydirib oksidlash jarayoni iktisodiy samaradorligini ta’minlayodi. Qaynovchi Qatlam pechini ishga tushirish jarayonida pech temperaturasini 900 Sᵒ ga ko‘tarilguncha tabiiy gazdan foydalaniladi. Download 391.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling