Silikat materiallar va kamѐb nodir metallar texnologiyasi


Ishlab chiqarishda umumiy sanitariya talablari


Download 391.31 Kb.
bet13/15
Sana05.01.2022
Hajmi391.31 Kb.
#231916
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
маматкулов Э.К курс иши 2

Ishlab chiqarishda umumiy sanitariya talablari
Sanoat tashkilotlarining ishlab chiqarish binolari amaldagi sanoat

tashkilotlarini loyihalash sanitariya me’ѐrlari talablariga muvofiq loyihalangan bo‘lishi kerak.

Xodimlarning ish va dam olish rejimlari O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va tashkilotning ichki mehnat tartibi qoidalariga muvofiq belgilanadi.

Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ta’siri sharoitida ishlar

bajaruvchi xodimlarni ish va dam olish rejimi SanQM 0141-03 sonli va «Mehnat sharoitlarini baholash va ish joylarini mehnat sharoitlari bo‘yicha sinovdan o‘tkazish uslublari»ga (1996 yil 28 mayda 247-son bilan ro‘yxatga olingan) binoan mehnat sharoitlarining baholanishi hisobga olinib belgilanadi.

GOST 12.0.003-74 «SSBT. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari.

Tasnifi» bo‘yicha tasniflangan, ishlovchilar ish bajaraѐtganda ish hududida paydo bo‘ladigan zararli ishlab chiqarish omillari GOST 12.4.011-89 «SSBT. Xodimlarni himoyalash vositalari. Umumiy talablar va tasnifi» va boshqa tegishli standartlar bo‘yicha umumiy texnik himoya vositalari va SHHVlar bilan ta’minlanib bartaraf etilishi ѐki chegaraviy ruxsat etilgan miqdorlargacha kamaytirilishi lozim.

Ishlab chiqarish sexlarining ish hududlaridagi harorat, namlik va havo harakati tezliklarining ruxsat etilgan o‘zaro moslashuvi SanQM 0203-06 sonli «Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimining sanitariya me’ѐrlari» va GOST 12.1.005-88 «SSBT. Ish hududi havosiga qo‘yiladigan umumiy sanitariya-gigiyena talablari»ga muvofiq reglamentlashtiriladi.

Ovqatlanish faqat oshxona, bufet ѐki shu maqsad uchun maxsus ajratilgan

xonada ruxsat etiladi.

1-xavflilik moddalari mavjud bo‘lgan sexlarda oshxona, bufet va maxsus ovqat tarqatish punktlarini joylashtirish taqiqlanadi.

Mehnat sharoiti zararli ishlar bilan band bo‘lgan ishchi va xizmatchilarga sut berilishi korxona oshxonalarida ѐki maxsus jihozlangan tarqatish punktlarida amalga oshirilishi kerak.

Ishlab chiqarish binolaridan tashqarida (shlak uyumlari va hokazo)

ishlovchilar uchun isinish xonalari ko‘zda tutilishi lozim.

Zaharli moddalar bilan muomala qiluvchi ishchi va xizmatchilarga qo‘shimcha va maxsus taomlar berilishi korxona oshxonasi va maxsus jihozlangan tarqatish punktlarida amalga oshirilishi kerak.

Ish joylarida ovqatlanish ta’qiqlanadi.

Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida birinchi tibbiy ѐrdam punktlari,sog‘liqni saqlash punktlari QMQ 2.09.04-98 «Korxonaning ma’muriy va maishiy binolari»ga muvofiq tashkil etilgan bo‘lishi kerak. Punktni tashkil etish va uning uskunalari mahalliy sog‘liqni saqlash organlari bilan kelishiladi. Har bir maishiy xonada birinchi tibbiy ѐrdam aptechkalari bo‘lishi kerak.

Dori-darmonlar saqlanishi va ular to‘plamining to‘liqligi ustidan kuzatishni sex (bo‘linma) boshlig‘i va sog‘liqni saqlash punkti xodimlari olib borishlari lozim.

Ishda jabrlangan ѐki to‘satdan og‘rib qolgan shaxslarni birinchi tibbiy ѐrdam punktidan davolash muassasasiga olib borish uchun maxsus sanitariya mashinalari ko‘zda tutilgan bo‘lib, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.


Download 391.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling