Silindrik devorning issiqlik o’tkazuvchanligi


Download 21.03 Kb.
bet4/4
Sana27.06.2023
Hajmi21.03 Kb.
#1657181
1   2   3   4
Bog'liq
Silindrik devorning issiqlik o

t = f ( F ) funksiya bilan ifodalanadi. Bunday hol turg’un issiqlik almashinish jarayonini xarakterlaydi. Noturg‘un issiqlik almashinish jarayonlarida 2 holat bo‘lishi mumkin:
devor yuzasining har bir nuqtasida temperatura faqat vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi, yaʼni t = f ( τ) ;

issiqlik eltkichning temperaturasi vaqt o‘tishi va devor yuzasi bo‘ylab o‘zgaradi, yaʼni t > f (τ,F).


O‘zgaruvchan temperaturada issiqlik o‘tkazish suyuqliklarning harakat yo‘nalishiga bog‘liqdir.
Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda issiqlik almashinish jarayonida
suyuqliklar harakati parallel, qarama-qarshi, kesishib o‘tgan va murakkab (aralash) yo‘nalishli bo‘lishi mumkin.
Ajratib turuvchi devor bo‘ylab bir-biriga nisbatan suyuqliklar harakatining quyidagi variantlari bo‘lishi mumkin:
1) parallel harakatda (4.14a-rasm) ikkala issiqlik eltkichlar ham bir xil
yo‘nalishda harakat qiladi;
2) qarama-qarshi harakatda (4.14 b-rasm) issikdik eltkichlar bir-biriga qarshi yo‘nalishda harakat qiladi;
3) kesishib o‘tuvchi harakatda (4.146-rasm) issiqlik eltkichlar bir biriga nisbatan perpendikulyar yo‘nalishda harakat qiladi;
4) murakkab yoki aralash harakatda (4.14 g, d-rasm) birinchi issiqlik eltkich bir yo‘nalishda harakat qilsa, ikkinchisi ham to‘g‘ri, ham teskari yo‘nalishda harakat qiladi. O‘zgaruvchan temperaturali jarayonlarda issiqlik eltkichlarning o‘zaro harakat yo‘nalishiga qarab, issiqlik almashinish jarayonining harakatga keltiruvchi kuchi o‘zgaradi. Shuning uchun, issiqlik o‘tkazishning asosiy tenglamasidagi o‘rtacha harakatga keltiruvchi kuch suyuqliklarning bir-biriga nisbatan harakat yo‘nalishiga va jarayonni tashkil etilishiga bog‘liq bo‘ladi.
4 .15-rasmda parallel va qarama-qarshi yo‘nalishli harakatlar paytida issiqlik eltkichlar temperaturalarining o‘zgarishi tasvirlangan. Issiqlik eltkichlardan biri G1 sovutilganda temperaturasi t’1 d a n t2" gacha pasaymoqda,ikkinchisi esa isitilganda G2 dan t 2 " gacha ko‘tarilmoqda.
4.16-rasmda qobiq trubali issiqlik almashinish qurilmalarida tez-tez uchrab turadigan aralash yo‘nalishli suyuqliklar harakat sxemalari keltirilgan.
Download 21.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling