Silindrli dvigatellarda aylanishlar chastotasining katta qiymatlarida uzgich


 Energiya to‘planishi boshqarilinmaydigan o‘t


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1512787
1   2   3
Bog'liq
5-мавзу

 
3.4.2. Energiya to‘planishi boshqarilinmaydigan o‘t 
oldirish tizimi 
Bu turdagi o‘t oldirish tizimiga misol tariqasida 8 silindrli dvigatellar uchun 
mo‘ljallangan, tarkibiga elektron kommutator 13.3704, datchik-taqsimlagich 
24.3706, rezistorlar bloki 14.3729 va o‘t oldirish g‘altagi Б116 bo‘lgan 
magnitoelektr datchikli o‘t oldirish tizimini keltirish mumkin (3.30-rasm).
3.29-rasm. Holl datchigi 
a) tarkibiy sxemasi (tushuntirish matnda);
b) tashqi ko‘rinisi : 1-doimiy magnit, 2- darchali rotor, 3- Holl datchigining mikrosxemasi


O‘t oldirish tizimi quyidagicha ishlaydi. O‘t oldirish kaliti O‘OK ulanib, dvigatel 
ishlamay turgan holda tranzistor VT1 ning baza va emitter potensiallari teng 
bo‘lganligi tufayli, u yopiq bo‘ladi. VT1 tranzistor yopiq bo‘lganda VT2 tranzistor 
bazasining potensiali emitternikidan yuqori bo‘ladi va uning baza-emitter o‘tish 
joyidan quyidagi zanjir bo‘ylab boshqarish toki o‘ta boshlaydi: akkumulatorlar 
batareyasi AB ning musbat qutbi → o‘t oldirish kaliti O‘OK → kommutator drosseli 
Dr → diod VD6 → rezistorlar R5, R6 → VT2 tranzistorning baza-emitter o‘tish joyi 
→ rezistorlar R10, R11 → "massa" → akkumulatorlar batareyasining manfiy qutbi. 
Boshqarish toki ta’sirida tranzistor VT2 ochiladi. VT2 tranzistorining ochilishi 
qo‘shma tranzistor VT3 - VT4 da ham boshqarish toki hosil bo‘lishiga va uni 
ochilishiga olib keladi. VT3-VT4 qo‘shma tranzistorning ochilishi bilan o‘t oldirish 
g‘altagining birlamchi zanjiri tok manbaiga ulanadi va undan I
1
tok o‘ta boshlaydi: 
AB ning musbat qutbi → O‘OK → rezistorlar bloki (14.3729) → o‘t oldirish 
g‘altagining birlamchi chulg‘ami → VD7 diodi → VT3-VT4 qo‘shma 
tranzistorning kollektor-emitter o‘tish joyi → "massa" → AB ning manfiy qutbi. 
Bunda o‘t oldirish g‘altagining magnit maydonida elektromagnit energiya to‘plana 
boshlaydi. Tirsakli val startor yordamida aylantirilganda magnitli elektr datchikda 
o‘zgaruvchi EYUK induksiyalanadi va u kommutatorning "D" qisqichiga uzatiladi. 
Datchik signali "D" qisqichdan VD1 diod va R1, С3 zanjir orqali VT1
tranzistorning bazasiga keladi. VD1 diod datchikning faqat musbat qutbli 
impulslarini o‘tkazadi. VT1 tranzistor bazasiga datchikdan kelgan musbat impuls 
ta’sirida baza potensiali emitternikiga nisbatan ortadi va tranzistordan boshqarish 
toki o‘ta boshlaydi: datchik chulg‘ami → VD1 diod → R1, С3 zanjircha - VT1
tranzistorning baza-emitter o‘tish joyi → "massa" → datchik chulg‘ami. Natijada
VT1 tranzistor ochiladi va VT2 tranzistorning baza-emitter o‘tish joyini shuntlaydi 
va u yopiladi. VT2 tranzistorning yopilishi VT3-VT4 qo‘shma tranzistorning ham 
yopilishiga olib keladi, chunki uning baza toki zanjiri uziladi. VT3-VT4 qo‘shma 
tranzistorning yopilishi o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amidan o‘tayotgan 
tok I
1
zanjirining keskin uzilishiga va ikkilamchi chulg‘amda yuqori kuchlanish 
induksiyalanishiga olib keladi va u taqsimlagich yordamida tegishli o‘t oldirish 
shamiga yetkaziladi. Keyingi daqiqada datchikdan kelayotgan musbat impuls 
yo‘qoladi, VT1 tranzistor yopiladi, VT2, VT3-VT4 tranzistorlar ochiladi va o‘t 
oldirish g‘altagining magnit maydonida yana elektromagnit energiya to‘plana 
boshlaydi. Bu jarayon davriy ravishda davom etadi. 


13.3704 elektron kommutator tarkibiga, sxemaning ishlash sharoitlarini 
yaxshilash, uni himoya qilish vazifalarini bajaruvchi bir qator elementlar kiritilgan. 
Stabilitron VD5 va kondensator С7, VT1 tranzistor ochilganda o‘t oldirish 
g‘altagining birlamchi chulg‘amida induksiyalanadigan EYUK ta’sirida VT3-VT4 
qo‘shma tranzistor kuyib qolishidan saqlaydi. VD3 diodi datchikdan kelgan impuls 
amplitudasini cheklab, VT1 tranzistorning baza-emitter o‘tish joyini kuyishdan 
saqlaydi. VD6 va VD7 diodlar sxemani tok manbaining teskari qutbli EYUK dan 
himoya qiladi. Kondensator C6 va rezistor R7 teskari aloqa zanjirini tashkil qilib, 
VT1 tranzistor ochilishini tezlatadi. C4, C5 kondensatorlar VT2, VT3-VT4 
tranzistorlarini baza-emitter o‘tish joyini kuchlanishni keskin o‘sish hollardan 
himoya qilib, ularni barqaror ishlashini ta’minlaydi. Rezistor R12 va kondensator 
C8, VT3-VT4 tranzistor yopilishi jarayonida sarflanadigan quvvatni kamaytirib, uni 
ortiqcha qizib ketishdan saqlaydi. C1, C2 kondensatorlar va drossel Dr kommutator 
zanjiridagi kuchlanish pulsasiyasini kamaytiradi. 
Stabilitronlar - VD2, VD4 va rezistorlar - R2, R3 dan tashkil topgan zanjir 
elektron kommutatorni tok manbai kuchlanishini belgilangan chegaraviy
qiymatidan oshib ketishidan himoya qiladi. Tok manbai kuchlanishi 17-18 V ga 
ko‘tarilganda, VD2 stabilitron teshiladi va VT1 tranzistor bazasi tok manbaining 
musbat qutbiga ulanib qoladi va ochiladi. Natijada VT2, VT3-VT4 tranzistorlar 
yopiladi va dvigatel ishlashdan to‘xtaydi. 
Б116 belgili o‘t oldirish g‘altagi Б114 g‘altagi kabi chulg‘amlari bir-biridan 
ajratilgan holda o‘raladi va undan asosan o‘ramlar soni bilan farqlanadi. 
Datchik-taqsimlagich 24.3706 (3.31-rasm) elektron kommutator ishini 
boshqarish, yuqori kuchlanishni o‘t oldirish shamlariga belgilangan navbatda 
taqsimlash, o‘t oldirish daqiqasini dvigatel aylanishlar chastotasi va yuklamasiga 
ko‘ra rostlash va o‘t oldirishni ilgarilatish burchagining boshlang‘ich qiymatini 
o‘rnatish uchun xizmat qiladi. Datchik-taqsimlagichning aluminiydan quyilgan 
qobig‘i 3 ga ( 3.31-a rasm ) quyidagi asosiy qismlar joylashtirilgan: stator 13 va
rotor 21 dan iborat generatorli magnitoelektr datchik, markazdan qochma rostlagich 
16, vakuum rostlagich 6. Qobiqning pastki qismiga oktan-korrektor plastinasi 2 
3.30-rasm. Magnitoelektr datchikli kontaktsiz o‘t oldirish tizimining umumiy sxemasi 


o‘rnashtirilgan bo‘lib, u o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini boshlang‘ich
qiymatini qo‘yish va datchik-taqsimlagichni dvigatelga mahkamlash uchun xizmat 
qiladi. 
Datchik-taqsimlagich harakati val 18 ga o‘rnatilgan maxsus ilashish tishi 1 orqali 
amalga oshiriladi. Podshipnik 19, val 18 va tirgak podshipnigi 17 ni moylab turish 
uchun qobiqqa moydon 4 o‘rnatilgan. 
Datchik rotori (3.31-b rasm) ikki tomonidan sakkiz qutbli magnit o‘tkaz-gichlar 
25 va 27 bilan siqilgan halqasimon doimiy magnit 26 dan iborat. Rotor bronza vtulka 
12 ga mahkamlab joylashtirilgan bo‘lib, vtulkaning yuqori qismiga taqsimlagich 
yugurdagi 11 o‘rnatiladi, pastki qismi esa markazdan qochma rostlagichning 
yetaklovchi plastinasiga mahkamlangan. 
Datchik statori 13 biri-biriga parchin mixlar yordamida mahkamlangan sakkiz 
tishli plastinalar 22, 24 va ular orasiga joylashtirilgan chulg‘am 23 dan iborat bo‘lib, 
3.31-rasm. 24.3706 belgili datchik-taqsimlagich 



tayanch 
14 
vositasida 
qo‘zg‘aluvchan 
plastinaga 
o‘rnatilgan. 
Qo‘zg‘aluvchan 
plastina esa zo‘ldirli podshipnik 
15 ning ichki halqasiga presslab 
o‘rnatilgan bo‘lib u vakuum-
rostlagichning 
tortqisi 
bilan 
sharnirli bog‘langan. Podshipnik 
15 ning tashqi halqasi qobiq 3 ga 
qo‘zg‘almas qilib o‘rnashtirilgan. 
Demak, markazdan qochma 
rostlagich 
o‘t 
oldirishning 
ilgarilatish burchagini vtulka 12
vositasida 
datchik 
rotorini 
statorga nisbatan burish hisobiga 
rostlasa, 
vakuum-rostlagich
qo‘zg‘aluvchan 
plastina 
yordamida 
statorni 
rotorga 
nisbatan 
aylantirish 
hisobiga 
rostlaydi. 
Uzgich-taqsimlagich qopqog‘i 
7 ning ichki tomonidagi markaziy 
uyachaga yugurdak 11 ning 
elektrodi 10 bilan o‘t oldirish 
g‘altagidan 
kelgan 
yuqori 
kuchlanishli o‘tkazgichni bir-
biriga ulaydigan qo‘zg‘aluvchan 
ko‘mir kontakt 8, chekkasidagi 
uyachalarga esa chiqarish elektrodlari 9 joylashtirilgan. Ko‘mir kontaktning 
qarshiligi 6-15 kOm chegarasida bo‘lib, u yuqori kuchlanishni o‘tkazish bilan birga 
radioxalaqitlarni bostiruvchi vazifasini ham bajaradi. 
O‘t oldirishni ilgarilatish burchagining boshlang‘ich qiymatini o‘rnatish uchun 
datchik-taqsimlagichning rotori va statorida maxsus belgilar 20 qo‘yilgan. 
O‘zDEUavto qo‘shma korxonasining Tiko, Damas rusumli avtomobillarida ham 
elektron o‘t oldirish tizimi qo‘llanilgan bo‘lib (3.32-rasm), unda magnitelektr 
datchik o‘rnatilgan. Taqsimlagich valiga o‘rnatilgan datchik rotori 10 aylanganda, 
induktiv qabul qilish chulg‘ami 8 da EYUK hosil bo‘ladi va u tranzistor 
kommutatori 9 ga uzatiladi. Tiko va Damas avtomobillarining o‘t oldirish tizimida 
po‘lat o‘zakli magnito‘tkazgichga ega bo‘lgan yopiq turdagi o‘t oldirish g‘altaklari 
ishlatilgan. 
O‘t oldirish tizimi quyidagicha ishlaydi (3.33-rasm). Dvigatel ishga tushib 
magnitelektr datchik rotori aylana boshlaganda qabul qilish g‘altagida o‘zgaruvchan 
tok induksiya-lanadi, uning «+» qismi ta’sirida tranzistor VT da baza toki vujudga 
keladi va u ochilib, o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amidan tok o‘ta bosh-
laydi. Keyingi daqiqada qabul g‘altagida induksiya-langan o‘zgaruvchi tokning «-» 
3.32-rasm. Tiko, Damas rusumli avtomobillarning 
o‘t oldirish tizimining umumiy sxemasi
1-akkumulatorlar batareyasi, 2-O‘OK, 3-O‘OG‘, 4- taqsimlagich, 5-
taqsimlagich rotori, 6-qabul qilish chulg‘ami, 7 – tranzistor kommutatori, 
8-datchik rotori, 9 - vakuum-rostlagich, 10-markazdan qochma
rostlagich, 11-o‘t oldirish shamlari. 
3.33-rasm. Tiko, Damas rusumidagi avtomobil-
larning o‘t oldirish tizimining ishlashi 


qismi ta’sirida tranzistor VT yopiladi va birlamchi tok zanjirini uzadi. Natijada, 
o‘t oldirish g‘altagida hosil bo‘lgan magnit maydon katta tezlik bilan yo‘qola 
boshlaydi va o‘t oldirish g‘altagining ikkilamchi chulg‘amida yuqori kuchlanish 
induksiyalanadi. Tiko, Damas avtomobillarida o‘t oldirishning ilgarilatish burchagi 
dvigatelning aylanishlar chastotasi va yuklamaga ko‘ra avtomatik tarzda rostlash 
markazdan qochma hamda vakuum rostlagichlar yordamida amalga oshiriladi. Bu 
mexanizmlarning tuzilishi va ishlash tartiboti yuqoridagi bo‘limlarda batafsil 
yoritilgan. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling