Silindrli dvigatellarda aylanishlar chastotasining katta qiymatlarida uzgich


 Energiya to‘planishi boshqariladigan o‘t oldirish tizimi


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1512787
1   2   3
Bog'liq
5-мавзу

3.4.2. Energiya to‘planishi boshqariladigan o‘t oldirish tizimi 
Bu turdagi o‘t oldirish tizimida o‘t oldirish g‘altagida energiya to‘planishini 
boshqarish hisobiga o‘t oldirish tizimlarining avvalgi avlodlariga mansub bo‘lgan 
eng asosiy kamchilik- dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi ortishi bilan 
yuqori kuchlanish U
2max
ning kamayishini bartaraf qilish mumkin. Energiya 
to‘planishini boshqarishning asosiy mazmuni shundan iboratki, aylanishlar 
chastotasi o‘zgarishi bilan o‘t oldirish g‘altagigini birlamchi zanjir tarmog‘iga ulash, 
ya’ni undan I
1
tokni o‘tish vaqti zarur chegarada boshqariladi.
3.34-расмда to‘rt silindrli dvigatellarga (ВАЗ-2108, ВАЗ-2109) o‘rnatishga 
mo‘ljallangan o‘t oldirish g‘altagida energiya to‘planishi boshqarilinadigan o‘t 
oldirish tizimining tarkibiy sxemasi keltirilgan. Bu o‘t oldirish tizimi tarkibiga 
elektron kommutator 36.3734, datchik-taqsimlagich 40.3706 va 27.3705 belgili o‘t 
oldirish g‘altagi kiradi. Ushbu tizim elementlarida quvvat yo‘qotilishi 2-3 marta 
kamaytirilgan bo‘lib, bu o‘lchamlari kichik va ixcham bo‘lgan integral sxemali 
elektron kommutator ishlab chiqarish imkonini berdi. Xoll datchigi o‘rnatilgan o‘t 
oldirish tizimining uchqunli razryad energiyasi 50 mJ ga yetkazilgan (boshqa 
tizimlarda 20-30 mJ) va bu dvigatelni suyultirish darajasi katta bo‘lgan yonilg‘ida 
ishlatish imkonini berib, uni tejamliligini oshiradi. Ko‘rilayotgan o‘t oldirish 
tizimining bu afzalliklari o‘t oldirish g‘altagining magnit maydonida energiy 
to‘planish vaqtini dvigatel aylanishlar chastotasi va tok manbai kuchlanishi 
o‘zgarishiga bog‘liq ravishda rostlash hisobiga erishiladi. 
Xoll effektiga asoslangan yarim o‘tkazgichli datchikning ishlash prinsipi 
yuqorida ko‘rib chiqildi (3.28; 3.29-rasmlarga qarang). Datchik - taqsimlagich 
40.3706 ning vali aylanganda datchik "D" ning chiqish joyida to‘g‘ri burchakli 
signal paydo bo‘ladi va u kommutator I (36.3734) ning kirish joyiga uzatiladi. 


Signal, elektromagnit energiya to‘planish vaqtini me’yorlash bloki II ning 
invertori "I" orqali integrator A1.2 ga keladi va undan chiqqan  arra tishi  shakliga 
ega bo‘lgan signal - kuchlanish komparatori A1.3 ga uzatiladi va unda tayanch 
kuchlanish U
t2
bilan taqqoslanadi. Agar integratordan chiqqan kuchlanish tayanch 
kuchlanishdan katta bo‘lsa, komparator A1.3 ning chiqish joyida ( d nuqta) musbat 
kuchlanishli signal shakllanadi (mantiqiy 1). Integratordan chiqqan kuchlanish 
tayanch kuchlanishdan kichik bo‘lgan holda komparatorning chiqish joyida 
kuchlanish bo‘lmaydi (mantiqiy 0). Signal komparator A1.3 dan chiqish bloki IV 
dagi tranzistor VT ishini boshqaruvchi mos tushish sxemasi I1 ga keladi. 
Komparator A1.3 mantiqiy 1 holdan mantiqiy 0 holatga o‘tish vaqtida mos tushish 
sxemasi tranzistor VT ni ochadi va o‘t oldirish g‘altagi O‘OG‘ ning birlamchi 
chulg‘ami L1 dan I
1
tok o‘ta boshlaydi. Komparator A1.3 dan mos tushish sxemasi 
I1 ga mantiqiy 1 signal kelishi bilan tranzistor VT yopiladi, tok I
1
zanjiri uziladi va 
o‘t oldirish g‘altagining ikkilamchi chulg‘ami L2 da yuqori kuchlanish 
induksiyalanadi. 
I
1
tok o‘t oldirish g‘altagidan o‘tish vaqtini zarur darajada me’yorlash, 
datchikning boshqaruvchi signaliga nisbatan chiqish tranzistori VT ulanishini 
kechiktirish hisobiga amalga oshiriladi. Bu kechiktirish kattaligi kondensator C1 da 
to‘planishi mumkin bo‘lgan eng katta kuchlanish va tayanch kuchlanishi U
t2
orasidagi farq bilan belgilanadi. Dvigatelning aylanishlar chastotasi qanchalik 
yuqori bo‘lsa, S1 kondensatordagi kuchlanish shuncha kam bo‘ladi va demak, 
energiyaning to‘plash vaqti kamayadi. 
Magnitelektr energiya to‘plash vaqtini, tok manbai kuchlanishining o‘zgarishiga 
mos ravishda, tayanch kuchlanishi U
t2
ni o‘zgartirish yo‘li bilan rostlanadi. 
Birlamchi zanjirdagi tok qiymati kommutatorning V bloki yordamida cheklanadi. 
3.34-rasm. O‘t oldirish g‘altagida energiya to‘planishi boshqarilinadigan o‘t oldirish tizimining
funksional sxemasi 


Birlamchi zanjirda tranzistor VT bilan ketma-ket ulangan qarshilik R
4
dagi 
kuchlanish pasayishi undan o‘tayotgan tok I
1
qiymatiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. 
Bu kuchlanish komparator A1.4 ga uzatiladi va tayanch kuchlanish U
t3
bilan 
taqqoslanadi. Agar I
1
tok belgilangan qiymatdan ( 8 - 9 A) yuqori bo‘lsa komparator 
A1.4 dan mantiqiy signal 1 mos tushish sxemasi I1 ga uzatiladi va I1 tranzistor VT
ning emitter-kollektor o‘tish joyi qarshiligini oshiradi va tok I
1
belgilangan 
qiymatgacha kamayadi. Blok VI, o‘t oldirish kaliti ulangan, ammo dvigatel ishga
tushmagan holda chiqish tranzistori VT yopilib turishini ta’minlaydi. Blok III 
sxemani tok manbai kuchlanishi belgilangan qiymatdan ortib ketishdan saqlaydi. 
Datchik-taqsimlagich 40.3706 (3.35-rasm) dvigatelga gorizontal holda
joylashtiriladi. Datchik-taqsimlagich mufta 1 va val 2 orqali harakatni bevosita
dvigatelning gaz taqsimlash validan oladi. Val 2 ning ikkinchi uchiga taqsimlagich 
yugurdagi 11 o‘rnatilgan. Datchik-taqsimlagich qopqog‘i 10 qobiq 5 ga uchta 
murvat 12 bilan mahkamlanib, uning yuqori kuchlanishli moslamalari qolgan 
qismidan to‘siq 9 bilan ajratilgan. Val 2 vtulka 3 va sharsimon vkladish 6 da 
aylanadi. Salnik 4 moyni qobiqning ichki qismiga o‘tishdan saqlaydi. Sharsimon 
vkladish qo‘zg‘almas plastina 8 ga o‘rnatirilgan. Vakuum-rostlagich tortqisi 
mahkamlangan qo‘zg‘aluvchan plastina 7, podshipnikning ichki halqasi bilan 
burilishi mumkin. Podshipnik tashqi halqasi bilan qo‘zg‘almas plastina 8 ga 
presslangan. Qo‘zg‘aluvchan plastinaga yarim o‘tkazgichli datchik 13 va uning 
magniti o‘rnatilgan. Datchikning tirqishida vtulka 15 ga o‘rnatilgan darchali rotor 
14 aylanadi. O‘z navbatida vtulka 15, markazdan qochma rostlagich 16 ning 
yetaklovchi plastinasiga mahkamlab biriktirilgan. Shu tarzda markazdan qochma 
rostlagich ishlaganda uning yetaklovchi plastinasi, rotorni datchikka nisbatan 
buraydi, vakuum-rostlagich ishlaganda esa, qo‘zg‘aluvchan plastina datchik bilan 
birgalikda darchali rotorga nisbatan buraladi. 
3.35-rasm. 40.37006 belgili datchik-taqsimlagich.


O‘t oldirish g‘altagi 27.3705 tuzilishi bo‘yicha kontaktli tizimlarning g‘altagiga 
o‘xshashdir, ya’ni uning chulg‘amlari avtotransformator sxemasi bo‘yicha ulangan. 
Bu g‘altakning o‘ziga xos tomoni - birlamchi chulg‘amining qarshiligi nisbatan 
kichik bo‘lganligi (0,5 Om) tufayli, tok manbai kuchlanishi 6 V gacha kamayganda 
ham o‘t oldirish jarayoni me’yorida amalga oshiriladi. G‘altak elektron kommutator 
ishdan chiqqanda portlashdan himoya qiluvchi moslama bilan ta’minlangan. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling