Silindrsimon va tekis yuzalarni shakllaridan va o`zaro joylashuvlaridan og’ishlarini nazorat qilish. Ishning maqsadi
Download 111.85 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba ishini bajarish uchun zarur material va jihozlar
- Tanishuv qismi
- Amaliy qism
- Nazariy qism
Silindrsimon va tekis yuzalarni shakllaridan va o`zaro joylashuvlaridan og’ishlarini nazorat qilish. Ishning maqsadi: Talabalar bilan yakka tartibda shakllarni nazorat qilish usullari va metodlari mavzusidagi nazariy ma`lumotlarni o`zlashtirish. Mashinasozlikda yuzalarning o`zaro joylashishini nazorat qilish malakasini egallash. Tajriba ishini bajarish uchun zarur material va jihozlar Tajriba ishini bajarish uchun uslubiy ko`rsatma. Radial tepishni o`lchash sxemasi. ICH – 10 soat tipidagi indikator. Magnit ustuni Nazorat qilinadigan detallar. Tanishuv qismi ICH – 10 soat tipidagi indikatorning sxemasi va ishlash prinsipi bilan tanishish. Nazariy ma`lumotlarni takrorlash. «Detallarning yuza joylashishi va geometrik shakldan chetlanishi» mavzusini o`zlashtirish. Amaliy qism: O`qituvchi yoki o`quv ustasidan 2 ta detal va o`lchov asboblarini olish. Tajriba ishi hisobotida keltirilgan №2 jadvalni to`ldirish. Detal yuzalarining o`zaro paralelligi va perpendikulyarligini aniqlash. Radial urishning qiymatini o`lchash. Nazariy qism Soat tipidagi indikator laboratoriya, ayniqsa ishlab chiqarish sharoitlarida keng qo`llaniladi. Indikator nisbiy va absalyut qiymatlarni o`lchashga imkon beradi. Absalyut o`lchash usuli nisbatan aniq o`lchash usuli bo`lib xisoblanadi, chunki indikator strekasining bir necha marta aylanishida hosil bo`ladigan xatoliklar yig’indisi indikator strelkasining bir marta aylanishida hosil bo`ladigan xatoliklardan yoki chekka kalibrlar xatoligidan katta bo`ladi. Radial urish, bazaviy aylanish o`qiga perpendikulyar qirqimda, haqiqiy yuza bilan shu o`q orasidagi eng katta va eng kichik masofalar ayirmasiga teng. Indikator o`lchash sterjenining o`qi val yuzasiga nisbatan normal holatda bo`lishi zarur. Shundan so`ng markazlarga o`rnatilgan val to`liq aylantiriladi va har bir kesimda eng katta va eng kichik masofalar indikator shkalasidan aniqlanib boriladi. Aniqlangan ko`rsatkichlar orqali valning radial urishi tavsiflanadi va radial urishning egri chizig’i quriladi. Aylanish yuzalarining radial urishi ovallik va tsilindsimonlikdan bir vaqtda chetlanish va aylanish o`qining siljishi natijasi hisoblanadi. Radial urish detalning bir marta to`liq aylanishi davomida priborning eng katta ko`rsatkigichi sifatida aniqlanadi. Ekstsentriteti mavjud bo`lgan vallar uchun aylanish radiusi vektorining buralish burchagi quyidagi formula bilan topiladi: Agar ovallik mavjud bo`lsa radial urishning egri chizig’i 2 ta maksimumga va 2 ta minimumga ega bo`ladi; agar ekstsentritet mavjud bo`lsa egri chiziq murakkab ko`rinishga ega bo`ladi. O`lchash natijasida olingan qiymatlar bilan chizmada ko`rsatilgan radial urish qiymatlari o`zaro taqqoslanib detalning yaroqliligi to`g’risida xulosa chiqariladi. Vtulka (yoki halqa) devori qalinligining o`zgaruvchanligini aniqlash uchun u moslamaning gorizontal barmog’iga kiritiladi. Indikator sterjenining uchi detalning tashqi yuzasiga tegib turadigan qilib o`rnatiladi va detal moslama barmog’i atrofidan aylantiriladi. Download 111.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling