Silliq silindirsimon birikmalar


Silliq kalibrlarning joizliklar maydonlari


Download 0.62 Mb.
bet2/3
Sana14.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1001339
1   2   3
Bog'liq
9-Mavzu

Silliq kalibrlarning joizliklar maydonlari

Detallarni tekshirish uchun, bundan tashqari, qabul qilish kalibrlari (P-PR va P-NE) ishlatiladi, buyurtmachining vakillari ulardan ГОСТ tizimida foydalanadi, ISO va SEV tizimida esa bunday kalibrlar nazarda tutilmagan, ularni maxsus tayyorlashmaydi, balki eskirgan o‘tkazadigan yoki yangi o‘tkazmaydigan ishchi kalibrlaridan foydalaniladi. Bu shuning uchun qilinadiki, detalning ishchi kalibrlari sifatida to‘g‘ri qabul qilingan detallar nazoratchilarning kalibrlari bilan brakka chiqarilmasligi kerak.


Tartibga solinadigan kalibr-skobalarni o‘rnatish va tartibga solinmaydigan kalibr-skobalarni nazorat qilish uchun o‘tkazmaydigan kalibrlar hisoblanadigan K-I nazorat kalibrlari qo‘llaniladi, va ular eskirgan o‘tkazadigan ishchi skobalarni ishlatishdan olib tashlash uchun xizmat qiladi. Nazorat kalibrlarini imkoni boricha ishlatmaslik kerak, chunki ular ishchi kalibrlarining tayyorlanishi va eskirishi uchun belgilangan joizliklar maydonlarini buzib ko‘rsatadi va ular chetgi o‘lchovlar yoki boshqa universal asboblar bilan almashtiriladi.
Kalibrlarni ishlatish sohasi 0,1 mm dan 3150 mm gacha bo‘lgan o‘lchamlar bilan chegaralanadi. 500 mm dan ortiq bo‘lgan o‘lchamlar diapazonida kalibrlar 6 dan 17-kvalitetlar uchun, 500 dan yuqorilari esa 12 dan 17-kvalitetlar uchun nazarda tutilgan. Biroq 6 va 7-kvalitetlarda o‘lchamlarning nazorati har doim ham, ayniqsa 180 mm dan ortiq bo‘lgan o‘lchamlar uchun etarlicha aniqlikni ta’minlamaydi. O‘lchamlar osha borishi bilan kalibrlar bilan nazorat qilishdagi kamchilik o‘lchovchi asboblarning tarang deformatsiyalari paydo bo‘lishi hisobiga osha boradi, bunday kamchiliklarni kompensatsiya qilish uchun ishonchlilik zonasi (a; aj) nazarda tutilgan. Bunday zona mavjud bo‘lganida kafolatlangan eskirish chegarasi buyumni tayyorlash uchun joizlik doirasida bo‘ladi, bu pirovard natijada shunga olib keladiki, kvalitetga qarab ishlab chiqarishdagi joizlik berilganiga nisbatan 10-40% ga kamroq bo‘ladi.
Kalibrlarning ijrochi o‘lchamlarining hisob-kitobi

Shunday qilib, 500 mm dan ortiq bo‘lgan o‘lchamlar uchun aniq kvalitetlarda universal o‘lchov vositalarini qo‘llanishni tavsiya etish mumkin, ular o‘lchash kuchining doimiyligini ta’minlaydi. Ijrochi kalibrlar uchun maxsus formulalar amal qiladi, ular 1-jadvalda keltirilgan.


Bu formulalarda quyidagicha shartli ifodalar qabul qilingan:
D - buyumning nominal o‘lchami;
Dmax - buyumning eng katta chetgi o‘lchami;
Dmin - buyumning eng kichik chetgi o‘lchami;
IT - buyumning joizligi;
H1 - skobalar uchun ishchi kalibrlarni tayyorlash uchun joizlik; - vallar uchun ishchi kalibrlarni tayyorlash uchun joizlik;
Hp - skobalar uchun nazorat kalibrlarni tayyorlash uchun joizlik;
Z - teshik uchun o‘tkazadigan kalibrni tayyorlashga joizlik maydoni o‘rtasining teshikning o‘tkazadigan chegarasidan og‘ishi;
Z1 - dfk uchun o‘tkazadigan kalibrni tayyorlashga joizlik maydoni o‘rtasining dfkning o‘tkazadigan chegarasidan og‘ishi:
Y - teshik uchun eskirgan o‘tkazadigan kalibr o‘lchamining teshikning o‘tkazadigan chekkasi uchun yo‘l qo‘yiladigan chiqimi;
Y - val uchun eskirgan o‘tkazadigan kalibr o‘lchamining valning o‘tkazadigan chekkasi uchun yo‘l qo‘yiladigan chiqimi.

13.1-jadval


Ijrochi kalibrlar uchun maxsus formulalar




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling