Simsiz aloqa tizimlariga kirish
Download 372.5 Kb.
|
1 SIM M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
YArim dupleks aloqa quyidagi rejimlarda ishlatiladi. Odatda istalgan aloqa tizimining birinchi vazifasi talab qilinadigan (juda katta) aloqaning olis masofaliligini ta’minlash hisoblanadi. Lekin olis masofalilik planeta sirtining egriligi ufqning chegaralari ortida aloqani amalga oshirishga imkon bermaydigan shardan iboratligi tufayli cheklangan. Bu esa portativ radiostansiyalar orasidagi ochiq tekislik joydagi aloqa 5 km atrofidagi masofalarda bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Agar katta masofalar (99,9 % hollarda) talab qilinsa, u holda retranslyatorlar qo‘llaniladi.
Retranslyator bu radiosignalni qabul qiladigan va uni efirga uzatadigan qurilma hisoblanadi. Kosmosdagi Erning sun’iy yo‘ldoshiga o‘rnatilgan retraslyator eng katta qamrab olish zonasiga ega bo‘ladi. Erda berilgan qamrab olishni ta’minlash uchun sun’iy yoki tabiy baland inshoatda (bino, machta, do‘nglik) retranslyator o‘rnatiladi. Deyarli hech bir zamonaviy aloqa tizimi retranslyatorsiz ishlay olmaydi. Retranslyasiyalash prinsipi 1.4-rasmda keltirilgan.1.4-rasm. Retranslyasiyalash prinsipi 1.4-rasmdan nima uchun yarim dupleks (ikki chastotali simpleks) aloqa kerakligi ko‘rinib turibdi. Retranslyator qabul qilingan signallarni uzluksiz uzatadi (dupleks), u holda u buni o‘sha bitta chastotada amalga oshira olmaydi (uzatkichning signallarini shu yordayoq qabullagich qabul qiladi, yopiq aylana hosil bo‘ladi). Shuning uchun dupleks retranslyator nominallari ma’lum qiymatlarga farqlanishi kerak bo‘ladigan turli chastotalarda ishlaydi (qurilmaga, tizimga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi). Mos ravishda abonentlar radiostansiyalarida o‘sha chastotalar, lekin “teskari” ko‘rinishda ishlatilishi kerak (retranslyatorning qabul qilish chastotasi radiostansiyaning uzatish chastotasiga va aksincha mos kelishi kerak). Barcha abonentlar radiostansiyalarida uzatish va qabullash chastotalari bir xil bo‘ladi, u holda ular orasidagi to‘g‘ri aloqa bo‘lishi mumkin emas. Retranslyator qabul qilinadigan signalni uzluksiz nurlantirishi, abonentlar radiostansiyalarida esa qabullash/uzatish rejimlari qayta ulanishi kerakligi olinadi. Vaqtning bir momentida gapirish yoki eshitish mumkin bo‘ladi. Retranslyatorning sezgirligi va quvvati qanchalik yuqori va antenna yuqori o‘rnatilgan bo‘lsa, shunchalik katta zonani barqaror radioaloqa bilan qamrab olish mumkin. Agar chastotalar, mablag‘ yoki unisiyam va bunisiyam etishmasa (eng keng tarqalgan hol), u holda faqat smipleks aloqani ishlatish mumkin. Bunday holda abonentlar qurilmasi Shunday qoladi, faqat unda bir xil qabullash va uzatish chastotalari dasturlashtiriladi. Agar retranslyator sifatida oddiy abonentlar qurilmasi ishlatilsachi. Lekin u bir vaqtda qabul qila va uzata olmaydi, bu esa talab qilinmaydi (yuqorida ko‘rib chiqilganidek mumkin ham emas). Bunday retranslyatorning ishlashi uchun (u odatda simpleks retranslyator deyiladi) maxsus qurilma - simpleks retranslyator kontrolleri talab qilinadi. Qurilma qabul qilinadigan xabar efirda bo‘lguncha (yoki “tasma” tugaguncha) uni yozib oladigan raqamli magnitofon hisoblanadi. Signal yo‘qolganidan keyin kontroller radiostansiyani uzatish rejimiga qayta ulaydi va yozib olingan xabar efirda qayta eshittiriladi. Bitta chastota va bitta radiostansiyaning (dupleks emas) etarli bo‘lishi olinadi. Usulning barcha oddiyligida va nisbatan arzonligida unda jiddiy kamchilik mavjud. Abonent xabarni aytishi va keyin uni efirda qayta eshittirilishini kutishi kerak. Shunday qilib, simpleks retranslyator ishlatilganida radio so‘zlashuvlarga dupleks rejim ishlatilganidagiga qaraganda ikki marta ortiq vaqt talab qilinadi. Agar mablag‘ va radiochastotalar miqdori aniqlovchi omil bo‘lsa va operativlikni yo‘qotilishiga ko‘nish mumkin bo‘ladi, u holda simpleks retranslyatorlarning qo‘llanilishi (yana ular «simplekserlar», «exo-repiterlar», «kakkuqushlar» yoki «to‘tiqushlar» deyiladi) masalani hal etilishining eng oqilona yo‘li bo‘ladi. Shunday qilib, dupleks rejimi uzluksiz retransyalatsiyalashda, simpleks rejimi esa to‘g‘ri aloqada (retranslyatorlarsiz) yoki simpleks retranslyasiyalashda ishlatiladi. Radioaloqa liniyasi bir necha yoki ko‘plab bo‘laklardan iborat bo‘lishi mumkin, ularning chegaralarida radiosignallarni uzatish qabullash-uzatish qurilmalari jamlanmalari orqali ta’minlanadi. Bitta punktdan signallar boshqa punktda qabul qilinadi, kuchaytiriladi va keyin uchinchi punktga uzatiladi, u erda yana kuchaytiriladi va to‘rtinchi punktga uzatiladi va h.k.. Radioliniyaning bunday qurilishi radioreleli aloqa liniyasi (1.5-rasm) deyiladi, uning shartli belgilanishi 1.6-rasmda keltirilgan. punkt 1.5-rasm. Radioreleli aloqa liniyasining qurilishi Shunga o‘xshash tarzda aloqa sun’iy yo‘ldoshlari (1.7-rasm) ishlaydi. Bitta er usti stansiyasidan signal Erning sun’iy yo‘ldoshida (ESY) qabul qilinadi, kuchaytirilidi va yo‘ldoshning uzatkichi orqali birinchi er usti stansiyasidan katta masofalarda joylashgan boshqa er usti stansiyasiga uzatiladi. 1.6-rasm. Radioreleli aloqa liniyasining shartli tasvirlanishi 1.7-rasm. Sun’iy yo‘ldoshli aloqa liniyasi RRL sun’iy yo‘ldoshli aloqa liniyalari kabi oxirgi punktlarda zichlashtirish apparaturasiga ega va katta malumotlar oqimlarini uzatishga imkon beradi. Nazorat savollari 1.Radioaloqani tashkil etilishi prinsipini tushuntiring, bir tomonlama va ikki tomonlama radioaloqaning tuzilish sxemalarini keltiring? 2. Simpleks, yarim dupleks va dupleks radioaloqa qanday tashkil etiladi? 3. Radioaloqa radioreleli tizimlari qanday tashkil etiladi? 4. Sun’iy yo‘ldoshli radioaloqa tizimlari qanday tashkil etiladi? Download 372.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling