Simsiz texnalogiya
Download 18.18 Kb.
|
telekommunikatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Telekommunikatsiya tarmoqlarining holati va rivojlanish istiqbollari
Simsiz texnalogiya Internet tarmog‘iga kirishni ta’minlash texnologiyasini 3-ta kategoriyaga ajratish mumkin: - O‘ralgan juft (eshilgan) telefon simlari; - Optik tolali kabel (optik tolali kabellar bilan birgalikda koaksial kabellar xam ishlatiladi): - Simsiz tizim (masalan, uyali telefon tizimi, radioreleli yoki yer yo‘ldoshi (sputnikovыy) aloqa). Simsiz aloqa tizimlarini o‘sishi asosan 3-ta yo‘nalishni tashkil etadi. Bular yer yo‘ldoshi tizimlari, o‘ta yuqori chastotali tizimlar va uyali aloqa tizimlari, ya’ni mobil foydalanuvchilarga imkon yaratib berish. Masalan, internetga ulanish uchun telefon kanaliga ulangan analogli modem orqali uyali aloqadan xam foydalansa bo‘ladi. Lekin qanday aloqa bo‘lishidan qat’iy nazar xar bir qurilma yoki vostia o‘zining afzalligi va kamchiligiga ega. Asosan uyali aloqa tizimi tor mintaqali chastota kengligiga ega va ma’lumotlarni uzatish tezligi yuqori emas. Ma’lumotlarni uzatishda yuqori tezlikga erishish uchun vaqtinchalik bo‘sh kanal orqali amalga oshirish mumkin. Asosiy afzalliligi: mobilliligi (bunda faqat xonadondan yoki ofisdan emas balki uyali aloqa orqali xoxlagan yerdan Internetga chiqishi mumkin).
Telekommunikatsiya tarmoqlarining tadrijiy rivojlanishini mamlakatimizda aloqa tarmoqlarini raqamlashgan tizimga o‘tkazish bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli loyihalar bilan chambarchas bog‘lash mumkin. Mamlakatda ma’lumotlar olish va tarqatishning raqamli bazasi asosiga telekommunikatsiya tizimini yaratish va takomillashtirish, telekommunikatsiyalar va ma’lumot uzatish milliy tarmog‘ini rivojlantirish, davlat boshqaruvida elektron texnologiyalarni joriy etish, 2010 yilgacha bo‘lgan davrda elektron tijoratni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, raqamli kommutatsiya texnologiyalarini, yagona ilmiy-texnikaviy va investitsiya siyosatini yurgizish, barqaror va samarali telekommunikatsiya sektorini yaratish, iqtisodiyotning barcha jabhalariga telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida strategik ustuvorliklarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlarni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002 yilning 6 iyunida qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №200 – sonli qarori qabul qilingan. O‘tgan o‘n yildan ziyod vaqt ichida telekommunikatsiya sohasiga doir 2,5 mlrd. AQSh dollari qiymatiga teng bo‘lgan 40 ortiq loyihalar amalga oshirilishi, pirovard natijada mamlakatdagi barcha shaharlararo va xalqaro telefon aloqa stansiyalarini raqamlashtirishga erishildi va ular zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha markaziy shaharlardagi shaharlararo avtomatlashtirilgan analogli telefon stansiyalari raqamli formatga o‘tkazildi. O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmog‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri 28 yo‘nalishdagi xalqaro kanallar orqali dunyoning 180 mamlakatiga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Magistral, zonaichi va mahalliy tarmoqlarni zaxiralash va kengaytirish, shuningdek abonent tarmoqlarini FTTx arxitekturasi asosida modernizatsiya qilish maqsadida optik aloqa liniyalari qurildi. Keng polosali ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini kengaytirish maqsadida, bir vaqtning o‘zida keng polosali ulanishlarni amalga oshirish imkoniga ega qurilma o‘rnatildi. Ko‘p foydalaniladigan ma’lumotlarni saqlash maqsadida 2013 yilda quvvati 4 Gbit/s ma’lumotni saqlash va qayta ishlash imkoniga ega Keshlash markazi o‘rnatildi va ishga tushirildi. Keshlash samaradorligi 35% - 42% tashkil etadi va hozirgi kunda umumiy internet kanalni 500 Mbit/s gacha tejash imkonini bermoqda. Mamlakatda 2004 yildan boshlab xDSL texnologiyasi, 2009 yildan boshlab FTTx texnologiyasi asosida keng polosali internet xizmatlarini joriy qilish boshlangan. Texnologik rivojlanish Telekommunikatsiya taraqqiyoti sohaga oid xalqaro ilg‘or texnologiyalarni to‘g‘ri tanlash va ularni rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liq. Telekommunikatsiya tarmog‘ining barcha segmentlarini IP platformaga bosqichma-bosqich o‘tkazish orqali sohada samaradorlik va barqarorlikka erishish ko‘zda tutilgan. Texnologik strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - Xalqaro, zona ichi, shaharlararo tarmoqlar uchun zarur samardorlik va tamroqlarni kengaytirish(keng miqyosda hajm, portlar, o‘tkazish imkoniyatlarni kengytirish)ga erishish; - Tarmoqlar bilan ishlashda xalqaro talablarga mos yuqori darajali sifatga erishish; - Yuqori darajadagi axborot xavfsizligini ta’minlash. Aloqa xizmatlari Zona ichi, shaharlararo va xalqaro aloqa xizmatlari Hududlar miqyosida telefon aloqasi xizmatlari Telefon aloqasi kodlari: O‘zbekiston, Xalqaro, mobil aloqa Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Yagona oyna” markazlari manzillari Favqulotda va ma’lumot xizmatlari telefon raqamlar faoliyatini xalqaro talablar asosida yo‘lga qo‘yish maqsadida 2012 yilning 5 aprelidan boshlab Toshkent shahrida mazkur xizmatlarga quyidagi raqamlar orqali ulanish imkoniyati yaratildi: Yong‘in xavfsizligi xizmati – “101”; Militsiya – “102”; Tez tibbiy yordam – “103”; Gaz xizmati – “104”; Qutqaruv xizmati – “1050”; Boshqa xizmatlar – “10xx”. Download 18.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling