Sinaluvchilarning eksperimentda ishtirok etish effektlari. Reja
Download 55.68 Kb.
|
1 2
Bog'liqSinaluvchilarning eksperimentda ishtirok etish effektlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eksperimental psixologiyaning shakllanish tarixi
Sinaluvchilarning eksperimentda ishtirok etish effektlari. REJA: 1. Fiziologik psixologiya paydo bo’lishining tarixiy shart-sharoitlari. a). G.Gel’mgol’ts – psixofiziologiya ning asoschisi sifatida. b). Psixofizika fani paydo bo’lishi va shakllanishida E.Veber va T.Fexnerning tadqiqotlarining o’rni. c).V.Vundtning eksperimental psixologiya va yo’nalishiga doir, amaliy izlanishlarning mohiyati va E.Titchenerning laboratoriya metodlari. d). Ebbingauz, Brayyan va Xarterlarning eksperimental psixologiya nuqtaiy nazaordan olib borgan tadqiqotlari. 2. Bilish jarayonlarni eksperimental tarzida tahlil etishning murrakkab qirralari. 3.Psixologiya fani metodologiyasi. 4. Eksperimental psixologiyaning hozirgi davrdagi paradigmasi. 5.Ilmiy tadqiqotning bosqichlari, turlari. 6.Nazariya va uning tarkibiy tuzilishi. 8. Ilmiy muammo. 9. Asosiy umumilmiy tadqiqot metodlari. Eksperimental psixologiyaning shakllanish tarixi Har bir mustaqil fan singari “Eksperimental psixologiya” fani ham o’zining rivojlanish tarixiga egadir. Eksperimental psixologiya mustaqil fan sifatida XIX asr o’rtalarida rivojlana boshladi. Psixologiyada eksperimental tadqiqotlarni qo’llanilishi va rivojlanishi bu fanning ilmiy-amaliy asosga ega ekanligini yana bir bor ko’rsatib berdi. Mashhur ingliz olimi F.Gal’ton 1884 –1885 yillar davomida bir necha seriyalardan iborat tajribalar o’tkazdi. Bunda 5 yoshdan 80 yoshgacha bo’lgan xohlovchilar arzimagan haq evaziga laboratoriyada o’z kuchi, reaktsiya tezligi; organizmning xislatlarini 17 ko’rsatkich bo’yicha tekshirishlari lozim edi. Bu ko’rsatkichlar qatoriga shuningdek, bo’yi, og’irlik, o’pkaning tiriklik sig’imi, kaft va musht kuchi, harflarni eslab qolish qobiliyati, ko’rish o’tkirligi, rangni farqlash kabi ko’rsatkichlar ham kiritildi. To’liq dastur bo’yicha hammasi bo’lib 9337 kishi tekshirilib chiqildi. F.Gal’tonning fikriga ko’ra, testni o’tkazish eksperimentni talab etadi. Shunday qilib, eksperiment fanning haqiqiy asosi, poydevori deb qarala boshlandi. Bu haqida Dj.Kettell ham ta’kidlab o’tgan: qachonki asosini eksperiment va o’lchash, aniqlash tashkil qilar ekan, shundagina psixologiya haqiqiy va aniq fan bo’lishi mumkin. 1890 yilda nashr qilingan ilmiy ishida Dj.Kettell 50 turdagi laboratoriya testlarining ro’yxatini keltiradi. Hozirgi kunda ularni testdan ko’ra ko’proq topshiriqlar deb atash to’g’riroq bo’ladi. Bu topshiriqlar testlarga qo’yiladigan talablardan faqat ikkitasiga ega edi: uni qo’llash ko’rsatmasi mavjud hamda tadqiqotning (laborator) ilmiy tabiati ta’kidlangan edi. Bu talablarga ko’ra laboratoriya yaxshi jihozlanishi; testni o’tkazish vaqtida begonalar bo’lmasligi; barcha sinaluvchilarga bir xilda ko’rsatma berilishi, ya’ni ular nima qilishlari kerakligini yaxshi o’zlashtirib olishlari lozim edi. F.Gal’ton va Dj.Kettell dastlabki asarlari nashr etilgach, test metodi g’oyasi turli mamlakat olimlarining diqqatini o’ziga tortdi. Shu tariqa uning tarafdorlari va qarshi bo’lgan olimlar paydo bo’la boshladi. Bu metodni qo’llash tarafdorlariga quyidagilarni kiritish mumkin: Germaniyada – G.Myunsterberg, S.Krepilin, V.Onri, Frantsiyada – A.Bine, AQShda – Dj.Gilberd va boshqalar. Bu tadqiqotchilar yangi turdagi, ya’ni psixologiyani amaliyot ehtiyojlari bilan bog’lashga uringan olimlar edilar. Biroq amaliy tadqiqotlarga intilish psixologiyada fandan yiroqlashish deb baholanadi. Dj.Kettellning ta’kidlashicha, u o’zining dastlabki testlarini laboratoriya tadqiqotlarida individual farqlarni aniqlash maqsadida 1885 yilda qo’llagan, ammo V.Vundtning qarshiligi tufayli ularni nashrdan chiqara olmadi. Ma`lumki, XIX asr fizika, biologiya, fiziologiya, kimyo va boshqa fanlarning rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Fanda paydo bo’lgan eksperimental metodning keng qo’llanilishi bu fanning rivojlanishiga yordam berdi. XVIII asrning oxiri X1X asrning boshlaridayoq psixologlar o’rtasida psixik hodisalarni o’rganishda eksperimentni tatbiq qilish mumkin emasmikan, degan muammo paydo bo’ldi. Bu muammo bo’yicha faylasuf Kant o’z fikrini bildirdi. Uning fikricha, psixologiyada eksperimentning bo’lishi mumkin emas, chunki psixik hodisalarni o’lchash mumkin emas, ularga matematikani tadbiq qilish ham mumkin emas. Psixik hodisalarni o’lchashning mumkinligi, binobarin, psixologiyada eksperimentning bo’lishi mumkinligi haqida nemis psixologi I.Gerbart (1776-1841) ijobiy fikr bildirgan. U «psixologiyada matematikani tadbiq qilish mumkin va zarurligi haqida» shunday degan: «Mening tadqiqotlarim amalda faqat psixologiyaning o’zi bilan cheklanib qolmasdan, balki fizikaga va umuman tabiat fanlariga ham qisman aloqadordir». Gerbartning fikricha, asosiy psixofizik element tasavvurdir, qolgan barcha jarayonlar – hissiyot, iroda, tasavvurlar majmuasidan va munosabatlaridan iboratdir. Ruhiy holatlar doimo o’zgarish jarayonida bo’ladilar. Tasavvurlarning bu doimiy o’zgarish va almashish jarayonida ma`lum darajada doimiylik, qonuniyat bor. Bu doimiylikning miqdor tomonini o’lchash mumkin. Shuning uchun ham, Gerbartning fikricha, psixologiyaga matematikani tatbiq qilish mumkin. Gerbart garchand psixologiyada eksperimentdan foydalanishning zarurligi va foydaliligini isbotlagan bo’lsa ham, lekin uning o’zi bu metoddan foydalanmadi. Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo’yicha dastlabki ishlarni fiziolog Download 55.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling