Sinf: 10- “V”. Mavzu: Zich tolali va maxsus xususiyatiga EGA bo'lgan biriktiruvch to'qimalar I. Darsning maqsadi


Download 84.88 Kb.
bet1/3
Sana07.02.2023
Hajmi84.88 Kb.
#1172399
  1   2   3
Bog'liq
1- mavzu Dars ishlanma


Dars ishlanma
Sana: ________ “___”
Sinf: 10- “V”.
Mavzu: Zich tolali va maxsus xususiyatiga ega bo'lgan biriktiruvch to'qimalar
I. Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: oʻquvchilarga biriktiruvchi to’qima haqida umumiy ma’lumotlar berish.
b) tarbiyaviy: oʻquvchilarning biologiya faniga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, ekologik, axloqiy tarbiya berish.
v) rivojlantiruvchi: Oʻquvchilarning darslik va qoʻshimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish.
d) shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Darsning jihozi: Darslik, ko‘rgazmali qurollar.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar, bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, flepchat doska.
VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 minut.
Darsning texnoogik xaritasi:

Dars bosqichlari



Vaqt



Tashkiliy qism



10 daqiqa



Yangi mavzuni
boshlashga hozirlik



2 daqiqa



Yangi mavzuni yoritish



15 daqiqa



Guruhlarda ishlash.
Yangi mavzuni tahlil
qilish



10 daqiqa



Darsni yakunlash



3 daqiqa


Uyga beriladigan topshiriqlar



5 daqiqa



III. Darsning borishi
reja:
1.Tashkiliy qism: a) Salomlashish, b) Tozalikni aniqlash, d) Davomatni aniqlash c) Darsga tayyorgarlik koʻrish va dars rejasi.
2. Uyga vazifani soʻrab baholash: a) ogʻzaki so`rov b) daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) amaliy.


IX.Yangi mavzu bayoni:
Biriktiruvchi to`qima (textus conjunctivus)
Biriktiruvchi to`qima asl biriktiruvchi to`qimadan, tog`ay va suyak to`qimasidan iborat. Biriktiruvchi to`qima eng keng tarqal-gan to`qima bo`lib, organizmda bu tuzilma bo`lmaydigan a’zo yo`q. Biriktiruvchi to`qima trofik (hujayralarning oziqlanishi-ni boshqarib turadi va qon bilan hujayra orasida modda almashinuvini ta’minlaydi), himoya (biriktiruvchi to`qima ele-mentlari fagotsitoz qilish va antitelolar ishlab chiqarish orqali organizmni turli yot jinslardan saqlaydi), p l a s t i k, «o`rin bosish» (turli a’zolar jarohatlanganda, yallig`lanish jarayonida nobud bo`lgan to`qima o`rnida chandiq hosil bo`lish bilan ifodalanadi), mexanik yoki tayanch (turli a’zolar stromasi - asosini hosil qiladi) vazifalarni bajaradi. Mexanik vazifasi ayniqsa tog`ay va suyak to`qimalariga xos bo`lib, ular skelet hosil qiladi. Biriktiruvchi to`qimada ba’zi bir kasalliklarda ekstramedullyar orolchalar hosil bo`lib, unda qon shaklli elementlari yaratilishi mumkin.
Asl biriktiruvchi to’qima (textus conjunctivus sensu stricto)
Asl biriktiruvchi to’qima tolali biriktiruvchi to`qima va maxsus xususiyatga ega bulgan biriktiruvchi to’qimaga bulinadi.
Tolali biriktiruvchi to’qimada hujayra elementlari va hujayralararo moddaning nisbati turlichadir. Siyrak shakllanmagan biriktiruvchi to’qimada hujayra elementlaoi ko’p bulib, hujayralararo tolalari esa kam. U asosan trofik, himoya va tayanch vazifalarni o’taydi. Tolalari ko’pligi Bilan keskin farq qiluvchi to’qima zich biriktiruvchi to’qimadir. U ko’prok tayanch vazifasini o’taydi Agar zich biriktiruvchi to’qima tolalari turli yunalishda yotsa – shakllanmagan, tolalar tartibli joylashsa shakllangan zich biriktiruvchi to’qima deb yuritiladi. Ularni sxematik ravishda quyidagicha ifodalash mumkin.

Download 84.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling