Darsning borishi:
Tashkiliy qism: 2 daqiqa.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” “savol javob” usulida olib boriladi:
1. Ma`muriy huquqning asosiy vazifasini ayting.
2. Ma`muriy huquq sub`yektlarini sanab bering?
3. Ma`muriy huquq jamiyat munosabatlarini tartibga solar ekan, qaysi tamoyillarga amal qiladi?
4. Ma`muriy huquq manbalarini ayting.
5.Davlat boshqaruvining qaysi organlari jamiyat hayotining turli sohalarini tartibga solish bilan bogliq?
Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa.
Bu “kichik ma`ruza” usulida quyidagi reja asosida olib boriladi:
Ma`muriy nojo`ya harakat deganda jamoatga tajovuz qiluvchi g`ayriqonuniy xavfli harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
Ma`muriy jazoning turlari:
1.Jarima.
2. Ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo`lgan
ashyoni haqini to`lash sharti bilan olib qo`yish;
3. Ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo`lgan
ashyoni musodara qilish;
4.Muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov
qilish huquqidan) mahrum etish;
5.Ma`muriy qamoqqa olish;
Mustahkamlash: 10 daqiqa.
Mavzu “Aqliy hujum” “Aralash” savol javob usulida mustahkamlanadi:
1. Ma`muriy huquq qanday munosabatlarni tartibga soladi?
2. Ushbu huquq sohasi bilan qaysi tamoyillar birikadi?
3.Nimalar ma`muriy huquq manbalari hisoblanadi?
4.Nojo`ya harakat jinoyatdan nima bilan farqlanadi?
5.Ma`muriy kodeksda jazolarning qaysi turlari nazarda tutilgan?
6.Ma`muriy huquqbuzarlik mohiyatini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |