Mustahkamlash: 10 daqiqa.
Mavzu “Aqliy hujum” va “savol javob” usulida mustahkamlanadi:
1. Prezidentning davlat boshlig`i sifatidagi asosiy kafolatlarini sanang.
2. O`z burchlarini bajarayotganda Prezident qanday qiyinchiliklarni yengib o`tishi zarur?
3. Sizningcha, Prezident o`z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga
topshirishga haqli emasligi to`g`risidagi qoida nega Konstitutsiyaga kiritilgan?.
4. Bizning davlatimizda kimlar Prezident etib saylanishi mumkin?
5. Prezident Respublikasining Parlament Respublikasidan farqini ayting?
6.Prezident siyosiy partiyaning a`zosi bo`lishi mumkinmi?
Dars yakuni: 3 daqiqa.
Uyga vazifa: 2 daqiqa.
Sana: ___________________ 22
Sinf: 9
Fan: Konstitutsiyaviy huquq asoslari.
Mavzu: O`zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari.
Maqsad:
Ta`limiy: o`quchilarga O`zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari mavzusi bo`yicha bilim berish;
Tarbiyaviy: o`quvchilarni siyosiy faollik va qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish;
Ko`rgazmalilik: 9 – sinf “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r.
Dars turi: aralash;
Do'stlaringiz bilan baham: |