Sana: ____________________ 21
Sinf: 9
Fan: Konstitutsiyaviy huquq asoslari.
Mavzu: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti.
Maqsad:
Ta`limiy: o`quchilarga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti mavzusi bo`yicha bilim berish;
Tarbiyaviy: o`quvchilarni siyosiy faollik va qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish;
Ko`rgazmalilik: 9 – sinf “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r.
Dars turi: aralash;
Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster”
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: 2 daqiqa.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1. Oliy Majlis qanday tuzilgan? Uning tarkibiga necha nafar deputat va senator kiradi?
2. Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining mutlaq vakolatlarini sanab bering?
3. “Qonunchilik tashabbusi huquqi” tushunchasini tushuntirib bering.
4. Qonun ishlab chiqish jarayoni qanday bosqichlardan iborat?
5. “Mukammal qonunlar” qanday ishlab chiqiladi?
6. Nima uchun Senatning o`n besh nafar a`zosi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
tayinlanadi?
Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa.
Bu “kichik ma`ruza” usulida quyidagi reja asosida olib boriladi:
1. Prezident - davlat boshlig`i.
2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari.
3. O`zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash tartibi va uning vakolati tugashi.
Do'stlaringiz bilan baham: |