Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster”
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: 2 daqiqa.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1. Saylov jarayonida saylovchi qanday rol o`ynaydi?
2. Saylov kompaniyasi davrida ommaviy axborot vositalarining vazifasi nimalardan iborat?
3.Siz bo`lajak saylovchi sifatida nimalarni o`rgandingiz?
4. Maktab kengashiga o`tkazilgan saylov jarayonida o`zingizning va o`z sinfdoshlaringizning
ishtirokini qanday baholaysiz?
Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa.
Bu “kichik ma`ruza” usulida quyidagi reja asosida olib boriladi:
1. Prokuror qonun himoyachisi.
2. Prokuratura organlari.
3.Prokuror nazoratiga oid hujjat turlari.
Mustahkamlash: 10 daqiqa.
Mavzu “Aqliy hujum” va “savol javob” usulida mustahkamlanadi:
1. Prokuratura organlari nima maqsadda tashkil etilgan?
2. Prokuror sudda qanday rol o`ynaydi?
3. Prokuratura organlarini kim boshqaradi va ular faoliyatini kim nazorat qiladi?
4. Qonun buzilgan holatlar aniqlangan hollarda prokuror tomonidan qanday chora - tadbirlar
ko`riladi?
5. Prokuraturaga murojaat qilishning xususiyatlari nimalardan iborat?
6. Prokuratura organlarining moliyaviy ta`minoti qanday yuz beradi?
Dars yakuni: 3 daqiqa.
Uyga vazifa: 2 daqiqa.
Do'stlaringiz bilan baham: |