Shakllantiriladigan kompetensiyalar: TK1. TK2. TK3. TK4. TK5. FK1. FK2.
Ko`rgazmalilik: 10 – sinf “Davlat va huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r.
Dars turi: aralash;
Dars uslubi: “Nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llay olish”.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: 2 daqiqa.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1.BMT qachon va qanday maqsadda tashkil etilgan?.
2BMT ishtirokchisi bo`lgan davlatlar nizolarni hal etishda asoslanadigan qoidalarni ayting.
3.BMT asosiy tashkilotlarini sanang, ularning vazifalarini aytib bering.
4.Davlatlar o`rtasidagi nizoli masalalarni hal etishda BMT xalqaro sudi qanday rol o`ynaydi?
5. BMTning bolalar huquqlarini himoya qilish bo`yicha faoliyati to`g`risida hikoya qiling?
6.BMT yordamida hal etilgan qanday nizolarni bilasiz?
Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa.
Bu “kichik ma`ruza” usulida quyidagi reja asosida olib boriladi:
Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmiga milliy qonunchilk va xalqaro huquqqa oid qonunlar kiradi. Jumladan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari. BMT, Bolalar huquqlarini himoya qilish tashkilotlari shular jumlasidan.
Mustahkamlash: 10 daqiqa.
Mavzu “Aqliy hujum” usulida mustahkamlanadi:
1.Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmlariga nimalar kiradi?
2.Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish qanchalik muhim?
3. “Konstitutsiyaviy kafolat” degan tushunchaning mazmun mohiyatini tushuntirib bering.
4.O`zbekistonda inson huquqlarini qanday qo`shimcha milliy mexanizmlari yaratilgan? Ular qaysi
vazifalarni bajaradi?
5.Nima uchun insonga kasbiy bilimlar bilan birgalikda huquqiy bilimlar ham zarur?
6. “Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida”gi qonun qachon qabul qilingan?
Do'stlaringiz bilan baham: |