Sana: __________________________ 1
Sinf: 10
Fan: Davlat va huquq asoslari.
Mavzu: Kirish. Huquq - shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi.
Maqsad:
Ta`limiy: o`quchilarga Kirish. Huquq - shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi mavzusi bo`yicha bilim ko`nikma berish;
Tarbiyaviy:o`quvchilarni qonunlarni hurmat qilish va siyosiy faollik ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish;
Shakllantiriladigan kompetensiyalar: TK1. TK2. TK3. TK4. TK5. FK1. FK2.
Ko`rgazmalilik: 10 – sinf “Davlat va huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r.
Dars turi: aralash;
Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster”
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: 2 daqiqa.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1. Insonga Konstitutsiya nim uchun kerak? Nima uchun uni asosiy qonun deb ataydilar?
2. Konstitutsiyaviy huquq nima?
3. Konstitutsiyaviy huquqning Konstitutsiyadan farqi nimadan iborat?
4.Mustaqillik tufayli qanday huquqlarga ega bo`ldik?
5. “Huquqiy savodsizlik” deganda nimani tushunasiz?
6. Siz o`zingizni “huquqiy savodxonman” deya olasizmi?
Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa.
Bu “kichik ma`ruza” usulida olib boriladi:
Huquq va davlat eng muhim insoniy qadriyatlar sirasiga kiradi. Lekin ular o`z holicha emas,balki inson va jamiyat farovonligi uchun xizmat qilayotgani tufayli qadrlidir. Insonni eng oliy qadriyat sifatida etirof etish uning yashash va erkinlikka, xavfsizlik va har tomonlama rivojlanishga bo`lgan tabiiy huquqlarini e`tirof etish demakdir. Shaxs – Huquq – Davlat uchligida markaziy mavqeni Inson egallagan. Inson bo`lmasa jamiyat ham bo`lmaydi. Bu bilan nafaqat huquq va davlatga balki boshqa ijtimoiy qadriyatlarga ham bo`lgan ehtiyoj yo`qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |