Oldinga umbaloq oshish. Umbaloq oshish uchun qo'llarni to'shaklarga qo'yib, tayanch hosil qilinadi, oyoqlar bilan itarilib, harakat shu tariqa davom ettiriladi
|
|
|
|
Orqaga umbaloq oshish. Cho`qqayib, qo`llarni gimnastik to`shak ustiga qo`yiladi. So`ngra orqaga ag`dariladi. Harakat shu tarzda davom ettiriladi. Orqaga ag`darilayotganda bosh biroz yon tomonga bo`lishi lozim
|
|
|
|
Kuraklarda tik turish. Ushbu mashq mashqlar orasida eng maqbuli hisoblanadi. Chunki uni bajargan o'quvchining yelka mushaklari pishiq va puxta bo'lib rivojlanadi. Bu mashqni 5- sinfdan boshlab o'g'il va qiz bolalar bab-baravar o'zlashtirishlari mumkin. Bu mashqni bajarishni asta-sekinlik bilan boshlash lozim. Buning uchun avval chalqanchasiga yotib, so'ngra oyoqlarni bir tekis tepaga ko'tarish kerak. Qo'llar yordamida gavdaning past qismini ko`tarish kerak. So`ngra oyoqlarni tik holatga keltirish lozim bo`ladi.
|
|
Mashqni bajarganda o`quvchining yonida yordamchi bo`lsa, yana yaxshi. Chunki u yon tomonda tizzalarida cho'kka tushib turib, kuragida turayotgan sherigiga yordam berib, uni belidan, oyoqlaridan ushlab tik holatda turishga yordamlashadi.
|
|
Peshanada qo`llar yordamida tik turish. Bu mashqni bajarish uchun avval cho'qqayib o'tiriladi. Qol kaftlarini polga yelka kengligida qo'yib, so'ng peshanani kaftlardan biroz oldin qo'yiladi, go'yo uchburchak hosil qilinganday.
Shundan keyin oyoqlar bilan itarilib, oyoqlarni bukkan holda, bir necha soniya ushlab turiladi va tik qilinadi.
|
|
Shundan so'ng yana qayta dastlabki holatga qaytiladi.Yordam beruvchi yon tomonda tizzalarda turib mashq bajaruvchining oyog'i va belidan ushlab turadi.
|
|
|