Sinf: 6 Dаrs mаvzusi: Mevalar Dаrsning mаqsаdi: Tа`limiy


Download 0.59 Mb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1161371
1   2   3   4
Bog'liq
6-sinf Madina Davranova Mevalar

O`quv fаоliyati
elementi

O`quvchilаr o‘zlаshtirishi lоzim bo‘lgаn o‘quv mаteriаligа оid tоpshiriqlаr

Tоpshiriqlаrni bаjаrish yuzаsidаn ko‘rsаtmаlаr



1

Mаqsаd.
Chin va soxta mevalar haqida o`quvchilarga bilim berish.

Munоzаrаdа ishtirоk etish.

2

O`quvchilаr fаоliyatini bаhоlаsh mezоni:
Аgаr munоzаrаdа fаоl ishtirоk etib, to‘g`ri jаvоb berib, jаvоbingizni misоllаr yordаmidа dаlillаy оlgаn bo‘lsаngiz-5 bаll.
Sherigingizning jаvоbini to‘ldirgаn vа to‘g`ri fikr bildirgаn bo‘lsаngiz-4 bаll.
Fаqаt misоllаr keltirishdа ishtirоk etgаn bo‘lsаngiz- 3 bаll.
Jаvоbingizni to‘liq bilmаy, хаtоlаrgа yo‘l qo‘ygаn bo‘lsаngiz-2 bаll.
Jаvоbingiz nоto‘g`ri bo‘lsа –1 bаll.
Tоpshiriqlаrni bаjаrmаgаn, munоzаrаdа ishtirоk etmаgаn bo‘lsаngiz-0 bаll.

Gulli (yopiq urug'li) o'simliklarda urag'lanishdan keyin meva hosil bo'ladi. Meva asosan urug'chi tugunchasidan hosil bo'ladi. Mevalar o'simliklarning turiga qarab, turli shaklda va kattalikda bo'ladi. Lekin ular qanchalik xilma-xil bo'lmasin, ma'lum tasnif asosida o'rganiladi.
M evaning hosil bo'lishida urug'chidan tashqari, gulning boshqa qismlari ham ishtirok etadi. Masalan, gulqo'rg'on, gulo'rni va boshqalar.
Mevalar asosan ikki xil bo'ladi:
l.Agar u tugunchaning o'zidan hosil bo'lsa chin meva (o'rik, olcha, shaftoli, olxo'ri, gilos) deyiladi.
2. Agar mevaning shakllanishida tugunchadan tashqari, gulning boshqa qismlari ham ishtirok etsa, bunday mevalar soxta meva (olma, nok, behi) deyiladi.
Meva, birinchidan, urug' pishib yetilguncha uni tashqi ta'sirdan himoyalab turadi. Ikkinchidan, urug'ning tarqalishiga yordam beradi. Chin meva: gilos.
Meva asosan 3 qismdan: l)ustki qism —po'st; 2) o'rta qism — meva eti; 3) ichki qism — mag'izdan tashkil topgan.
Mevalarning oraliq qismi seret va qalin bo'lsa, bunday mevalar ho'l meva deyiladi (o'rik, shaftoli, olcha). Agar oraliq qismi yupqa, etsiz, quruq bo'lsa, bunday mevalar quruq meva deyiladi.
Masalan, no'xat, mosh, loviya, bodom, yong'oq, pista.
H o'l mevalar orasida rezavor mevalar juda ko'p. Ularga shirinligi bilan ajralib turadigan yuzlab uzum navlari, pomidor, qoraqat, ituzum kabilar kiradi.
Q ovoq, tarvuz, qovun, handalak, tomoshaqovoq va bodringning eti rezavor mevalarnikiga qaraganda qalin
va usti qattiq po'st bilan o'ralgan, shuning uchun ular qovoq mevalarga kiradi.
Bog'larimizdan keng o'rin olgan va qattiq danagi, sersuv eti hamda shu danak ichida joylashgan bittadan (ba'zan ikkitadan) mag'izi bilan ajralib turadigan ho'l mevalar: o'rik, olxo'ri, olcha, gilos kabilar danakli mevalardir. Bular inson salomatligi uchun zarur bo'lgan foydali moddalarga va darmondorilarga boy bo'ladi. Ular orasida, ayniqsa o'rik shifobaxsh xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling