O’qituvchi savoli: Insonning insonligi anglanar mehr bilan
Darsimizning madhiyasin kim aytadi she`r bilan?
O’quvchilar:
Fanlar ichra sardori,
Adabiyot fanidir.
Xasta dillar sarkori
Adabiyot fanidir
Dunyo fanlari bori
Jahonda bir bog’ bo’lsa,
Eng muattar gulzori
Adabiyot fanidir
O’qituvchi:_O`tilgan_mavzu_yuzasidan_tezkor_savollar_beriladi,_so`ng'>O’qituvchi: O`tilgan mavzu yuzasidan tezkor savollar beriladi, so`ng :O’quvchilar, mana sinf xonasining 4 tomonida yozuvlar ilib qo’yilgan. Marhamat qilib, shu so’zlardan qalbingizga yaqinini oldiga borib turing.
Lutfiy Jomiy
Navoiy «Xamsa» dostoni
Adabiyot Majididdin
(O’quvchilar so’zlarni tanlab, shu so’zlarning oldiga boradilar va nima uchun shu so’zlarni tanlaganlarini izohlaydilar).
O’qituvchi: Nima uchun Majididdin so’zining oldida hech kim yo’q?
O’quvchilarning taxminiy javobi: Biz bunday manfur shaxslardan nafratlanamiz.
U Alisher Navoiyga doimo hasad ko’zi bilan qaragan...
Guruhlar nomi quyidagicha: “Nazm” va “Navo”
Guruhlar taqdimoti tinglanadi.
Savollardan namunalar:
“Nazm” guruhi:
Qaysi yozuvchi va shoirlar kuz faslida tavallud topganlar ?
O’quvchilarning taxminiy javobi: Abdulla Qahhor, Usmon Nosir, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon kabi shoir va yozuvchilar kuz faslida tavallud topganlar.
Lutfiyni lol qoldirgan Navoiyning mashhur bayti...
O’quvchilarning taxminiy javobi: “Orazin yopqoch” deb boshlanuvchi g’azali (bir bandini to’liq aytib beriladi.)
Demak, bu guruhning javoblari to’g’ri
“Navo” guruhi:
To’rt sadaf gavharining durji ul,
Yetti falak axtarining burji ul ….
Ushbu misralarda Navoiy nima haqida fikr yuritmoqda?
O’quvchilarning taxminiy javobi: Navoiy ushbu misralarda so’z haqida fikr yuritmoqda.
Guruhlarga krossvord yechish topshiriladdi.
Oqituvchi: Darsimizga shior tanlab olamiz. Inson muruvvatliligi, saxovatliligi bilan oliy maqomga erishadi. Shuning uchun bugungi darsimizda Alisher Navoiyning yaxshilik haqida aytgan quyidagi so’zlarni shior qilib olishni lozim deb topdim:
(Ushbu so’zlar yozilgan ko’rgazma osib qo`yilgan bo’ladi; bir o’quvchi o’qib eshittiradi.)
Bu gulshan ichra yo’qtur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik bila ot.
O`qituvchi: Barchaga ma’qulmi?
Endi bugungi darsimizga kutuvlar tuzamiz:
Yangilik
Fikr almashish
O’zaro hurmat
Hamkorlik
Qoidalar:
O’zgalar fikrini hurmat qilish
Baholashga shoshilmaslik
Tartib - intizom
Ozodalik
III. Yangi mavzuni o’tish:
Do'stlaringiz bilan baham: |