Tushunchalar tahlilida o’quvchilar birma-bir she’riy san’atlar haqida ma’lumot beradilar
Tashbeh – baytda ma’no jihatdan o‘zaro zid, qarama-qarshi bo‘lgan (antonim) so‘zlarni qo‘llab, ta’sirchan badiiy timsollar lavhalar yaratish san’ati.
Mubolag‘a – tasvirlanayotgan narsa, shaxs va voqea-hodisaning muayyan jihatlarini bo‘rttirib kuchaytirib tasvirlash usullari.
Irsoli masal – o‘z fikrini maqol, matal, ibora yoki hikmatli so‘z orqali qo`llash.
Tajnis – shakli bir xil, ammo ma’nosi har xil so‘zlar yoki so‘z turkumlarini qo‘llash.
O‘xshatish – odamlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni jonsiz narsalar, tabiat hodisalari, hayvon, parranda qush kabilarga ko‘chirish orqali hosil qilin adigan tasvir usuli.
Istiora – badiiy asarda so‘zni o‘z ma’nosidan boshqa ma’noda qo‘llash san’ati.
Portret – adabiy asarda kishining tashqi qiyofasi siymosi, kiyim-kechagi, o‘zini tutishi kabi tasvirlar.
Sifatlash – narsa, voqea-hodisa, tushuncha va kishilarning belgi-xislatlarini aniqlovchi, izohlovchi, tavsiflovchi so‘zni qo‘llash.
O’qituvchi guruhlararo “ Ifodali o’qish daqiqasi” musobaqasini o’tkazadi. Bu topshiriqda o’quvchilar ruboiy,tuyuq va hikmatli so`zlari ifodali o’qiladi, mazmuni so`zlab beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |