sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga soat,A


Atomlarning bergan yoki olgan elektronlar soni shu atomning oksidlanish darajasi deb ataladi


Download 0.65 Mb.
bet12/236
Sana05.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#210437
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   236
Bog'liq
9 sinf anorganik kimyo konspekt komp

Atomlarning bergan yoki olgan elektronlar soni shu atomning oksidlanish darajasi deb ataladi.

Agar element: 1  ta elektron bersa +1, olsa —1, 2  ta elektron bersa +2, olsa —2, 3 ta elektron bersa +3, olsa -3 oksidlanish darajalarini hosil qiladi. Izoh: ionlarning zaryadini yozishda zaryad miqdori "+" yoki  "-" ishoralarining oldiga yoziladi. Masalan: SO2+, S2-, Al3+. Elementlarning oksidlanish darajasini yozishda esa oksidlanish darajasi qiymati "+" yoki "—" ishoralaridan keyin yoziladi. Masalan, Na+1, Al+3, S-2 va hokazo. Qutbsiz kovalent bog‘lanishli moddalar ya’ni oddiy moddalarda elementning oksidlanish darajasi nolga teng, chunki bunda atomlar orasida hosil bo‘lgan umumiy juft elektronlar hech qaysi atomga tomon siljimagan.

Masalan: H2, Cl2, N2, Sn, Fe. . 

Kimyoviy birikmalarni tashkil etuvchi atomlarning oksidlanish darajalari yig‘indisi hamisha nolga teng bo‘ladi.

Al2+3O -2      2(+3) + 3(-2) = 0.

Kimyoviy elementlarning oksidlanish darajalarini aniqlashda quyidagilarni esda tuting: •

  Oddiy moddalarda atomlarning oksidlanish darajasi nolga teng. (N2, O2, Cl 2, N2, O3, P, S, C, Na, Mg, Al, Fe ...). •  Metall atomlari hamisha musbat oksidlanish darajasiga ega. •  Metallmaslardan ftor faqat -1 oksidlanish darajasiga ega. Qolgan          metallmaslar ham manfiy, ham musbat oksidlanish darajasini namoyon qila oladi. Masalan, vodorod metallar bilan guruh raqamiga teng. Na+, Mg+2, Al+3, Si+4, P+5, S+6, Cl+7. •  Qo‘shimcha guruhcha elementlarining yuqori oksidlanish darajasi ham guruh raqamiga teng bo‘ladi. Masalan, marganes - Mn (+25) 2) B) 8+5) 2). Marganes VII guruh     elementi, shuning uchun Mn ni yuqori ok­sidlanish darajasi +7. •     Elementning quyi oksidlanish da­rajasi sakkizdan valent elektronlarining ayirmasiga teng. Masalan, oltingugurt VI guruh elementi bo‘lib valent elektroni oltita. Elementlar oksidlanish darajalarining o‘zgarishi bilan boradigan reaksiyalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deb ataladi.  Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida elektron olgan element yoki ion oksidlovchi, elektron bergan elementi ion qaytaruvchi deb ataladi. Oksidlovchi ayni kimyoviy jarayonda elektron olib qaytariladi. Qaytaruvchi ayni kimyoviy jarayonda elektron berib oksidlanadi. Kimyoviy jarayonlarda metallar doimo elektron beradi. Demak, metallar har doim qaytaruvchi. Metallmaslar (ftordan tashqari) esa kimyoviy jarayonlarda oksidlovchi ham, qaytaruvchi ham bo‘lishi mumkin. Kimyoviy jarayonlarda elementlarning olgan yoki bergan elektronlari soniga qarab oksidlanish darajalari o‘zgaradi. Elementning oksidlanish darajasi -3 dan +5 ga о‘tsa: 1)  8 ta elektron beradi: 2) qaytaruvchi bo‘ladi; 3) oksidlanadi


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling