O‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A2
inson hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan kimyoviy elementlar, moddalar, birikmalar haqida og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila oladi, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘yib, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilgan holda jamoaviy hamkorlikda ishlay oladi.
A2+
zaruriy holatlarda kimyoviy elementlar, moddalar, birikmalar haqidagi yozma ishlarni tushuna oladi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A2
axborot manbalaridan anorganik, organik birikmalar, ular asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari haqidagi ma’lumotlarni izlab topib, ularni saralay oladi va ulardan foydalanishda axborot xavfsizligi qoidalariga amal qiladi.
A2+
axborot almashish imkoniyatidan to‘g‘ri foydalana oladi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
o‘qib-o‘rganganlari asosida, kundalik kuzatuvlar yordamida mustaqil ravishda o‘zini o‘zi bilimini oshirib boradi.
A2+
o‘qib-o‘rgangan bilim va tajribalari asosida hayot davomidagi tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta oladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2
kimyoviy jarayonlar asosida yangi-yangi ishlab chiqarilayotgan kundalik turmush mahsulotlari haqida axborotga ega bo‘ladi.
A2+
kundalik turmush mahsulotlaridan foydalanishda fuqarolik burchini bilib oladi
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
A2
sog‘lom turmush tarziga amal qilishda kimyoviy mahsulotlari haqida tushunchaga ega bo‘ladi.
A2+
badiiy va san’at asrlari hisoblangan me’moriy obidalarni qayta tiklashda kimyoviy birikmalar ahamiyatini biladi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2
o‘rganilgan bilimlar asosida kundalik turmushda foydalaniladigan jarayonlardagi hisoblashlarni biladi. Kimyo fani sohasida inson hayot faoliyatida uning mehnatini yengillashtiradigan, fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo‘ladi, mahsulotlardan tejab foydalanishga amal qiladi.
A2+
mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘ladi.