Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash:
A1
kimyoviy moddalar, jihozlardan foydalana oladi;
Maktab laboratoriya jihozlari bilan ishlash xavfsizlik qoidalarini biladi va ularga amal qiladi.
A1+
eritmalar bobi mavzulariga, kimyoviy elementlar va moddalarning ekvivalentini topishga doir masalalarni yecha oladi;
o‘rganilgan mavzular asosidagi laboratoriya tajribalarini bajara oladi;
eritmalardan kundalik turmushda hayotiy faoliyatda foydalana oladi, tejamkorlik, xavfsizlik qoidalarini biladi.
A2
anorganik birikmalarning kimyoviy xossalariga oid sodda turdagi masalalarni yecha oladi;
O‘zbekistonda olinadigan kimyoviy xomashyolar va ular haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi va ishlab chiqarish jarayonlari, moddalardan foydalanishda ekologik madaniyatni biladi;
organik birikmalar namunalari to‘plami asosidagi turli organik mahsulotlar haqida tushunchaga ega bo‘ladi;
kimyoviy qonuniyatlar asosida o‘rganilganlaridan kundalik turmushda, hayotiy faoliyatda foydalana oladi.
A2+
eritma turlari va ularni tayyorlash tajribalarini amalda bajara oladi;
kimyoviy bog‘lanish va oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, element, birikmalarning xossalariga oid masalalarni yecha oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |