sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga soat,A
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar
Download 0.65 Mb.
|
9 sinf anorganik kimyo konspekt komp
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosqichlar Vaqti 1
- Foydalanilgan adabiyotlar
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Mashg’ulot bosqichlari:
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov. Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish. Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash. Yangi mavzuni bayoni: To'yinmagan uglevodorodlar - molekulalarida uglerod atomlari] qo'shbog' yoki uchbog' orqali bog'langan uglevodorodlar. To'yinmagan uglevodorodlarning eng muhim vakillariga alkenlar (etilen qatori), alkadiyenlar (diyen qatori), alkinlar (asetilen qatori) kiradi. Alkenlar - molekulasida bitta qo'shbog' tutgan uglevodorodlar. Alkadiyenlar - molekulasida ikkita qo'shbog' tutgan uglevodorodlar. Alkinlar - molekulasida bitta uchbog' tutgan uglevodorodlar. Geometrik stereoizomeriya - o'rinbosarlarning qo'shbog' atrofida fazoviy joylashuvining turlichaligi natijasida vujudga keladigan izomeriya. Strukturaviy izomeriya - uglerod zanjirining tarmoqlanishi va qo'shbog'ning joylashishi bilan bog'liq bo'lgan izomeriya. Izomeriya. Alkenlarda butendan boshlab, strukturaviy izomeriya va geometrik stereoizomeriya, alkinlarda esa faqat strukturaviy izomeriya (butindan boshlab) kuzatiladi. Alkenlarni nomlashda tegishli alkan nomi negiziga - en qo'shimchasi, alkinlarda esa - in qo'shimchasi qo'shiladi va izomerlarni nomlaganda uglerod atomlari qo'shbog' yoki uchbog' turgan tomondan raqamlanadi. Fizik xossalari. Quyi alkenlar - gaz, C5H10 dan boshlab C|4H1X gacha-suyuq, yuqori alkenlar - qattiq moddalar. Barcha alkenlar suvda deyarli erimaydi, spirtda qisman eriydi. Alkinlarning dastlabki uch vakili gaz, C4 dan C8 gacha suyuq, undan keyingilari esa qattiq moddalardir. Kimyoviy xossalari. Alkenlar va alkinlar alkanlarga qaraganda ancha faol moddalar. Ularning kimyoviy xossalarini etilen - eten va asetilen - etin misolida ko'rib chiqamiz. p-elektronlarning molekula tekisligidan tashqarida o'zaro qoplama hosil qilgani uchun p-bog' barqarorligi kichikroq bo'lishi ularning kimyoviy faolligiga sabab bo'ladi. Kimyoviy reaksiyalarga dastlab qo'shbog' yoki uchbog' tutgan uglerodlar kirishadi. Shuning uchun ularga birikish reaksiyasi xos. Ishlatilishi. Etilen va asetilen zamonaviy organik kimyo texnologiyasida muhim xomashyo hisoblanadi. Etilenning yarmidan ko'prog'i polietilen olish uchun ishlatiladi. Qolgan qismi etanol, xloretan, vinilxlorid, stirol kabi ko'plab organik moddalar sintezi uchun sarflanadi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chala pishgan holda uzoq masofalarga tashishda etilenning ularni (asosan, mevalarni) yetiltirish xususiyatidan foydalaniladi. Asetilendan etil spirti, sirka kislota, sintetik kauchuk, polixlorvinil va poliftorvinil plastmassalar olinadi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling