Yangi mavzuni bayoni:
Organik birikmalar xossalari VIII asrdan XIX asrga qadar davrda Jobir ibn Xayyom, Ar-Roziy, Abu Rayhon Beruniy, I.Bersellius, A.Lavuazye, A.Kekkule, A.Kuper, G.Kolbe, M.Bertlo, N.Zinin, A.Favorskiy kabi mashhur olimlar tomonidan har tomonlama o'rganildi.
XIX asrga kelib A.M.Butlerov tomonidan ta'riflangan tuzilish nazariyasi organik birikmalar orasidagi o'zaro tabiiy bog'liqlikni ilmiy asoslangan holda izohlab berish imkonini yaratdi. Shu bilan birga organik birikmalar tarkibi bir xil bo 'lgan holda, tuzilishi turlicha bo'la olishi mumkinligini ko'rsatib berdi.
Natijada organik kimyo mustahkam nazariy ilmiy asosga ega bo'ldi va organik kimyo fanining jadal rivojlanishida muhim omil bo'ldi.
Organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi asosida yangi moddalami sintez qilish va ularning xossalarini oldindan bashorat qilish, ularni kashf etish, tabiatda uchramaydigan organik birikmalarni sintez qilish ishlari boshlandi. XX asming ikkinchi yarmida A.G.Maxsumov tomonidan kimyoviy tuzilish nazariyasini elektron va fazoviy tuzilishga bog'lab hozirgi zamon variantining taklif etilishi natijasida moddalarning fizik-kimyoviy xossalarini yanada chuqurroq izohlash imkoni yaratildi. Hozirgi kunga kelib sun'iy va sintetik organik birikmalarga kiradigan organik moddalar soni 5 mln dan ortib ketdi. Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi va izomeriya hodisasini atroflicha o'rganish uchun mustaqil ravishda masala va mashqlar yechish muhim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |