Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Mashg’ulot bosqichlari:
№
|
Bosqichlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
12 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish
|
3 daqiqa
|
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni: Azot tutuvchi organik birikmalar turli sinflarni o'z ichiga oladi: nitrobirikmalar, aminlar, aminokislotalar va boshqa azot tutuvchi moddalarning tabiatdagi roli beqiyosdir, barcha tirik organizmlarning muhim tarkibiy qismi bo'lgan oqsillar aminokislotalardan tashkil topgan.
Aminlar deb, ammiakdagi NH3 bitta, ikkita yoki barcha vodorod atomlarining uglevodorod radikallariga almashishidan hosil bo'lgan murakkab moddalarga aytiladi.
Ammiakdagi bitta vodorod almashgan bo'lsa, birlamchi amin deb ataladi: NH^R1.
Ammiakdagi ikkita vodorod almashgan bo'lsa, ikkilamchi amin deb ataladi: R^NH-R2 (R'=R2 bo'lishi mumkin).
Ammiakdagi barcha vodorod almashgan bo'lsa, uchlamchi amin deb ataladi: R^NR^R2 (R'=R2=R3 bo'lishi mumkin).
Uglevodorod radikali tabiatiga qarab, aminobirikmalar:
alifatik aminlar;
alitsiklik aminlar;
aromatik aminlar;
geterotsiklik aminlar
kabilarga bo'linishi mumkin.
Nomlanishi. Birlamchi aminlar tegishli uglevodorod nomiga -amin qo'shimchasini qo'shish bilan nomlanadi. Uglevodorodning qaysi uglerodida aminoguruh turgan bo'lsa, nomlanishda shu uglerod raqami oldin yoziladi Izomeriyasi. Aminlarda uglevodorod zanjiri bilan bog'liq zanjir izomeriyasi va aminoguruh joylashgan holatiga qarab holat izomeriyasi uchraydi.
Olinishi va ishlatilishi. Anilin - kimyo sanoatining muhim mahsulotlaridandir. U anilin bo'yoqlari, dorilar (sulfanilamidlar), portlovchi moddalar, yuqori molekular birikmalar va boshqalarni olishda xomashyo sifatida ishlatiladi. Anilinning olinishi nitrobenzolni qaytarishga asoslangan (rus olimi N.N.Zinin, 1842):
Do'stlaringiz bilan baham: |