sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga soat,A
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar
Download 0.65 Mb.
|
9 sinf anorganik kimyo konspekt komp
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosqichlar Vaqti 1
- Foydalanilgan adabiyotlar
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Mashg’ulot bosqichlari:
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov. Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish. Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash. Yangi mavzuni bayoni: Polisaxaridlar tirik olamning asosini tashkil etgan moddalar sinfi bo'lib, o'simlik organizmlarining asosiy qurilish materiali va oziq zaxiralari aynan polisaxaridlar hisoblanadi. Kraxmal Fizik xossalari va tabiatda uchrashi. Kraxmal - oq rangli kukun modda, sovuq suvda, spirtda, efirda erimaydi. Qaynoq suvda bo'kadi va kolloid eritma - kleyster hosil qiladi. Kraxmal eng ko'p tarqalgan o'simlik uglevodi hisoblanadi; u barglarda fotosintez jarayoni natijasida hosil bo'ladi va ildizlarda, ildiz tugunaklarida, urug' va don larda to'planadi: kartoshka tugunaklarida 20% atrofida; bug'doy va makkajo'xori donlarida 70% atrofida; guruchda 80% atrofida. Yod bilan ta'sirlashuv. Yod bilan ta'sirlashganda kraxmal ko'k rangga kiradi, bu esa kraxmal va yod uchun sifat reaksiyasi hisoblanadi. Selluloza Fizik xossalari va tabiatda uchrashi. Selluloza (kletchatka) - oq qattiq tolasimon modda, ta'msiz va hidsiz, suvda va organik erituvchilarda erimaydi, mis gidroksidning ammiakdagi eritmasi (Shveytser reaktivi)ning to'q zangori eritmasida eriydi. Doimiy suyuqlanish haroratiga ega emas 350° C ga yaqin haroratgacha qizdirilganda parchalanadi. Selluloza o'simliklarning asosiy tarkibiy qismidir. Eng toza selluloza paxta tolasidir. Tabiatda keng tarqalgan bo'lib, yuqori o'simliklar hujayra devorlarining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi:yog'ochda 50% atorifida; paxta tolasida 98% gacha; jut ildizida 75% gacha. Gigroskopik momiq va filtr qog'ozi deyarli toza sellulozadan iborat bo'ladi. Tuzilishi. Selluloza kraxmal kabi tabiiy polimer bo'lib, uning tarkibi (C6H10O5)n umumiy formula bilan ifodalanadi. Sellulozaning ba'zi turlari molekulalarida 40 mingtagacha C6H10O5 bo'g'inini tutadi (molekular massasi bir necha millionga boradi). Selluloza va kraxmal bir xil umumiy formulaga ega bo'lsa-da, ularning tuzilishi turlicha. Kraxmal makromolekulalari a-glukoza molekulalaridan tuzilgan va chiziqli, tarmoqlangan tuzilmaga ega bo'lsa, selluloza makromolekulalari (3-glukoza molekulalaridan tuzilgan va faqat chiziqli tuzilmaga ega. Buning natijasida kraxmal dan farqli ravishda selluloza oson tola hosil qila oladi va inson uchun oziq mahsuloti bo'lib hisoblanmaydi. Selluloza molekulalarida aldegid guruh ham, karbonil guruh ham, poluasetal gidroksiguruh ham yo'q. Ularda faqat spirt gidroksiguruhlari mavjud bo'lib, ko'p atomli spirtlarga xos kimyoviy xossalarni namoyon qiladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling