sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga soat,A


Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar


Download 0.65 Mb.
bet70/236
Sana05.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#210437
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   236
Bog'liq
9 sinf anorganik kimyo konspekt komp

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

Mashg’ulot bosqichlari:



Bosqichlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayoni

12 daqiqa

4

Mustahkamlash

15 daqiqa

5

Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

3 daqiqa


Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Yangi mavzuni bayoni: 



Elektrolit eritmasidan yoki suyultirilgan elektrolitdan elektr toki o'tkazilganda sodir bo'ladigan oksidlanish-qaytarilish jarayoni elektroliz deb ataladi.Elektrolizning mohiyati shundan iboratki, katodda qaytarilish jarayoni, anodda oksidlanish jarayoni boradi. Jumladan, elektrolit eritmasidan elektr toki o'tkazilganda eritmadagi musbat ionlar katodga tomon borib elektronlar qabul qiladi va neytral atomlarga aylanadi, manfiy ionlar anodga tomon borib zaryadsizlanadi, elektronlarini beradi.

Eruvchan anoddan foydalaniladigan elektroliz sanoatda juda toza moddalar olish uchun, bir metallni boshqa metall qavati bilan qoplash uchun ishlatiladi. Masalan, buyumlarni nikellashda anod nikeldan tayyorlanadi, nikellanuvchi buyum esa katod bo'ladi. Har ikkala elektrod nikel tuzi eritmasiga tushiriladi.

Erimaydigan anodlar, odatda, oltin, platina yoki grafitdan tayyorlanadi. Erimaydigan anod elektroliz paytida ionlar holida eritmaga o'tmaydi. Bu holda anod sirtida yoki kislota qoldig'i ionlari, yoki suv molekulalari oksidlanadi. Elektrolit birmuncha konsentrlangan bo'lsa, kislorodsiz kislotalaming ionlari, masalan, CI , Br , F, S2 lar oson zaryadsizlanadi. Kislorodli kislotalaming anionlaii, masalan, SO2 , PO2 , NO;1 zaryadsizlanmaydi. Kislorodli kislota yoki uning tuzi suvdagi eritmasi elektroliz qilinganda anodda suv molekulalari oksidlanib, gaz holdagi kislorod ajralib chiqadi.

Ko'pincha elektrolitlar suyuqlantirilgan holda elektroliz qilinadi. NaCl singari elektrolitlar suyuqlantirilgan ionli kristall panjaralari buziladi. Hosil bo'lgan suyuqlanma tartibsiz harakat qiluvchi ionlardan iborat bo'ladi. NaCl suyuqlanmasida faqatgina Na+ ionlar musbat zaryadlanganligi sababli, elektroliz natijasida katodda xuddi shu ionlar zaryadsizlanadi:

Na+ + e = Na°

Hozirgi vaqtda sanoatda ko'pgina metallar (Al, Mg, Ca, Na va boshqalar) suyuqlantirilgan birikmalarni elektroliz qilish Faradeyning 1-qonuni: elektrodda ajralib chiqadigan moddaning miqdori faqat birgina omilga - eritmadan o'tayotgan elektr miqdoriga propor-sionaldir.



  • Faradeyning 2-qonuni: turli moddalarning eritmasidan bir xil miqdorda elektr toki o'tganda, elektrodlarda ekvivalent og'irliklariga proporsional miqdorda moddalar ajralib chiqadi.

  • Istalgan moddadan bir gramm-ekvivalent modda ajralib chiqishi uchun 96500 kulon elektr miqdori kerak bo'ladi. Bu Faradey soni deyiladi.

  • Elektroliz relyefli buyumlardan aniq nusxa olish uchun eng qulay usuldir. Elektroliz yordamida relyefli buyumlardan nusxa olish galvanoplastika deb ataladi (B.S.Yakobi, 1837).


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling