sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga soat,A


Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar


Download 0.65 Mb.
bet129/236
Sana05.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#210437
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   236
Bog'liq
9 sinf anorganik kimyo konspekt komp

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar

Mashg’ulot bosqichlari:



Bosqichlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayoni

12 daqiqa

4

Mustahkamlash

15 daqiqa

5

Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

3 daqiqa

Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.

Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Yangi mavzuni bayoni: 

Alkadiyenlar (diyen uglevodorodlar) - tarkibida ikkita qo'shbog' tutgan to'yinmagan uglevodorodlar.

Poliyenlar (alkatriyen va b.) - tarkibida ikkitadan ortiq qo'shbog' tutgan to'yinmagan uglevodorodlar.

Diyen uglevodorodlar CnH,n_, umumiy formulaga ega bo'lgan gomologik qatorni tashkil qiladi.

Fizik xossalari. Divinil - rangsiz, -5°C da qaynaydigan gaz. Izopren - rangsiz, 34°C da qaynaydigan suyuqlik.

Kimyoviy xossalari. Alkadiyenlar ham alkenlarga o'xshab bromli suvni rangsizlantiradi, galogenvodorodlami biriktiradi. Bu reaksiyalarda ikkala qo'shbog' birdaniga uziladi, birikish esa birinchi va to'rtinchi uglerod atomida sodir bo'ladi, ikkinchi va uchinchi uglerod atomlari orasida esa qo'shbog' hosil bo'ladi:

Shunday qilib, diyen uglevodorodlarda birikish reaksiyasida qo'shbog' siljishi (qo'shbog' migratsiyasi) kuzatiladi.Alkadiyenlar (divinil) polimerlanishidan kauchuksimon polimerlar (divinil kauchugi) hosil bo'ladi:

Tabiiy kauchuk. Kauchuk-geveya kabi tropik o'simliklarning sutsimon shirasi lateksdan olinadigan, yuqori elastiklikka ega bo'lgan material. Lateks - kauchukning suvdagi kolloid eritmasi. Qizdirilganda yoki kislotalar ta'sir ettirilganda lateks koagullashadi, uni suyuqlikdan ajratiladi va quritiladi. Kauchuk uglerod sulfidda, benzin, benzolda eriydi. Kauchukning muhim xususiyati uning elastikligi va suv o'tkazmasligida. Tabiiy kauchuk izopren polimeri hisoblanadi. Kauchuk molekulasi hosil bo'lishida izopren quyidagicha tuzilgan polimer zanjiriga birikadi:

Kauchuk molekulasi chiziqli tuzilishga ega. Tabiiy kauchukdagi metilen guruhlari-CH,-qo'shbog'dan bir tarafda joylashib, sis-holatdagi stereoregular tuzilishdagi molekulalar hosil qiladi. Kauchuk molekulalari kuchli darajada egilgan, buralgan holda bo'ladi, kauchuk cho'zilganda molekulalar to'g'rilanadi va kauchuk namunasi uzunlashadi. Molekulaga ta'sir to'xtatilsa, ichki issiqlik harakati natijasida zvenolar dastlabki buklama holatiga qaytadi, kauchuk o'lchamlari qisqaradi.

Kauchuklar qizdirilganda yumshaydi, yopishqoq bo'lib, sovutilganda esa qattiq, mo'rt bo'lib qoladi. Bu kamchiliklar unga oltingugurt qo'shib qizdirish natijasida bartaraf etiladi.

• Vulkanlash - kauchukni oltingugurt bilan qo'shib qizdirib rezinaga aylantirish jarayoni.

Oltingugurt polimerdagi qo'shbog'larga birikib, kauchuk molekulalarini «tikib qo'yadi». Natijada rezina - to'ldirgichli fazoviy tuzilishga ega polimer hosil bo'ladi. Rezina xom kauchukka nisbatan yanada elastik va harorat, erituvchilar ta'siriga chidamli (benzinda erimaydi).

Yangi mavzuni mustahkamlash :


  1. Qanday uglevodorodlar diyenlar deb ataladi?

  2. Etilen —*■ etanol butadiyen sintetik kauchuk qatoridagi o 'zgarishlar reaksiya tenglamalarini yozing. Polimerlanish darajasi 2500 ga teng bo'lgan polimerning molekular massasini aniqlang.

  3. Geksan va geksadiyen qanday farqlanadi?

  4. Kauchukni vulkanlashning ahamiyati nimada?

Kauchukning qo'llanish sohalarini aytib bering.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling