Sinf majlislarining bayonnomalari


Sinf o`quvchilariga fanlarni puxta egallashlari uchun ko`proq kitob o`qishlari lozimligi uqtirilsin


Download 0.72 Mb.
bet55/64
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1594044
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64
Bog'liq
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1

1. Sinf o`quvchilariga fanlarni puxta egallashlari uchun ko`proq kitob o`qishlari lozimligi uqtirilsin.
2. Sinf o`quvchilarining fanlarni yaxshi o`zlashtirishlarini nazorat qilish sinf rahbari hamda ota –onalar zimmasiga yuklatilsin.
Yig`ilish raisi _______________ Narzulloyeva I
Kotib _______________ Sultonova S

Sariosiyo tumani 24- umumiy o`rta ta`lim maktabi 3-A sinfida
bo`lib o`tgan 4 - Sonli yig`ilish
BAYONNOMASI
24. 12. 2020-yil 24-maktab binosi
Yig`ilish raisi M. Raximova
Kotib J. Toshboboyev
Qatnashdilar: 3-“A”sinf o`quvchilari
Kun tartibi
1. II chorak yakuni va III chorak vazifalari
2. O`quvchilarni to`garak mashg`ulotlariga jalb qilish
3. Dars tayyorlash bilim garovi
Eshitildi
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Raximova so`zga chiqdi, u o`z nutqida II chorak yakuni haqida quyidagilarni gapirdi. Chorak boshida sinfda 22 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 7 nafarini qiz bolalar 15 nafarini o`g`il bolalar tashkil
etdi. Chorak oxirida ham o`quvchilar soni shu holda saqlanib qoldi. O`quvchilar chorak davomida darslikdagi va darslikdan tashqari materiallarini puxta o`rganib bordilar. Sinf davomati 100% ni tashkil etdi. Sinfda sifat o`zlashtirish 81 % ni, umumiy o`zlashtirish 100% ni ko`rsatdi. Sinfda 5 nafar o`quvchi fanlarni a`lo baholarga o`zlashtirdilar. Bu o`quvchilar Diyora Bo`riyeva, Rohatoy Boboshukurova, Safaraliyeva Sabina ,Saidahmadjonov Islombek va Zohid Rashidovlardir. Sinfning qolgan o`quvchilari ham puxta o`zlashtirishga harakat qilmoqdalar. Sinfda o`zlashtirishga qiynalayotgan o`quvchilar ham bor. Bu o`quvchilar J. Raximov, U. Usmonov, M. Tursunov va F. Majidovlardir. O`ylaymanki, bu o`quvchlarimiz bu chorakda o`rtoqlarini yetib oladi. Sinfning sifat ko`rsatkichiga qarab , biz II chorak yakunini namunali deb ko`rsatsak bo`ladi. O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, III chopakda ham yaxshi natijalarga erishadilar. A`lo baholarga o`qigan o`quvchilarga rahmatnoma e`lon qilaman . Bu chorakda ham o`qishlarini ana shunday davom ettirishlarini kutib qolaman . Boshqa o`quvchilar ham o`qishlarida tub burilish yasab yana ham faolroq bo`ladilar degan umiddaman.
Shuningdek III chorak vazifalari ham belgilab olindi: 1) Darslarga kech kelmaslik; 2) Berilgan topshiriqlarlarni o`z vaqtida bajarish; 3) Sababsiz dars qoldirmaslik;
4) Dars jadvali asosida darsliklarni olib kelish lozimligi aytildi.
Bundan tashqari II chorak yakunidan so`ng o`quvchilarga qishki ta`til berilganini, ta`til vaqtida o`quvchilar ota-onalarining ruxsatisiz, yolg`iz ko`cha-kuyda yurmasliklari ham aytib o`tildi.
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. II chorak yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda namunali deb
topilsin.
2. III chorakda yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni bajarish sinf o`quvchilari
zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari Raximova so`zga chiqdi.
U sinf o`quvchilariga o`quvchilarning fan to`garaklariga ishtiroki haqida to`xtaldi. Sinf o`quvchilarining 15 nafari sport, matematika, ingliz tili , ona tili, tasviriy san`at to`garaklariga qatnashishlari haqida to`xtalib o`tdi. Maktabda , tumanda faoliyat olib borayotgan to`garaklarga faol ishtirok etish o`quvchilarni bilimini oshiradi, chaqqon epchil , bilimli bo`lib o`sishiga yordam beradi . Har bir o`quvchi biror bir to`garakka qatnashsa yaxshi bo`lar edi. Bu sinfda o`quvchilarni o`z kuchiga ishonchni oshiradi, sinf sifat o`zlashtirishining yuqori bo`lishiga olib keladi deb so`zini yakunladi.
Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi:
1) O`quvchilarni fan to`faraklariga va sport to`garaklariga jalb qilish fan o`qituvchilari zimmasiga yuklatilsin.
2) To`garaklarga faol ishtirok etish va o`z vaqtida to`garaklarga qatnashish o`quvchilar zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, sinf o`quvchilarini dars tayyorlash bilim garovi ekanligini, fanlarni o`zlashtirish ahvoli dars tayyorlashbilan bog`liqligi haqida aytib o`tdi . Sinfimizda 22 nafar o`quvchi bo`lib, ular orasida o`qishni bilmaydigan o`quvchi yo`q. Ammo o`zlashtirishga qiynaladigan , o`rtoqlaridan orqada qoladigan, o`z vaqtida darslarini tayyorlamaydigan o`quvchilar bor. Ana shu o`quvchilar fanlarni o`zlashtirishga qiynaladilar. Ular muntazam dars tayyorlab kelsalar sinfimizda fanlarning o`zlashtirish ancha yuqori darajada bo`ladi.
Sinf o`quvchilarini har doim fanlardan puxta tayyorgarlik ko`rib kelishlarini yo`lga qo`yilsa maqsadga erishgan bo`lar edik.
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling