Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. Ota-onalar farzandlari yozgi ta`tilni maroqli o`tkazishi uchun yuqoridagi qoidalarga amal qilishlarini nazorat qilishlari uqtirilsin.
2. Sinf o`quvchilarini bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlari uchun
yozgi ta`tilda turli fan to`garaklari va mashg`ulotlarga jo`natish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin.
Yig`ilish raisi G. Nazarova
Kotib D. Ulug`ova
Sariosiyo tumani 24-sonli umumta`lim maktabi 1-“A”
sinfida bo`lib o`tgan 9 - Sonli yig`ilish
BAYONNOMASI
25 – may 2021-yil 24-maktab binosi
Yig`ilish raisi Nazarova G.
Kotib Narzulloyev H.
Qatnashdilar: 1-“A”sinf o`quvchilari
Kun tartibida ko`riladigan masalalar:
1. IV chorak va yil yakuni, kelgusi o`quv yiliga tayyorgarlik.
2. O`quvchilarini yozgi dam olishlarini mazmunli tashkil etish.
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Narzulloyeva so`zga chiqdi. Sinf rahbari IV chorakva o`quv yili yakuni asosida tayyorlagan hisobotini o`qib eshittirdi. IV chorak 28--martda boshlanib, 25-may kuni tugadi. Chorak boshida sinfda 20 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 13 nafarini o`g`il bolalar, 7 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. Sinf o`quvchilari chorak oxirida ham shu holda saqlanib qoldi. O`quvchilar o`quv yili davomida fanlarni puxta egallashga harakat qilib bordilar. Sinfda Abduraxmonov Doniyor, Bo`riqulova Mubina, Karimqulov Farrux, Narzulloyev Hojiakbar, Nuriddinov Humoyun, Ubaydullayeva Nelufar va Ubaydullayev Kamronlar yaxshi o`qish hamda chiroyli yozuv bilan o`rtoqlariga o`rnak bo`ldilar. Sinfda Po`latov Bekmurod va Umiraliyev Azizlar fanlarni o`zlashtirishga qiynaldilar. Shunday bo`lsada, IV chorak yakuniga ko`ra sinf sifat o`zlashtirishi 90% ni,umumiy o`zlashtirish 100% ni tashkil etdi. Sinf davomati 100 % ni tashkil etdi. IV chorak yakunini yaxshi deb baholasak bo`ladi. O`quv yili yakuniga ko`ra sinf sifat o`zlashtirishi 90 % ni, umumiy o`zlashtirish 100 % ni tashkil etdi. Sinf davomati 100 % ni tashkil etdi. O`quv yili yakunini yaxshi deb baholaymiz.
O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, kelgusi o`quv yilida ham yaxshi natijalarga erishadilar degan umiddaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |