Sinf majlislarining bayonnomalari


Download 0.72 Mb.
bet61/64
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1594044
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1

Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Ulug`ova so`zga chiqdi, u “Huquq va men ” mavzusidagi ma`ruzasini o`quvchilarga o`qib eshittirdi. “O`zbekison Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinlikga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatiy nazar, qonun oldida tengdirlar ” .
Bizning huquqlarimizni ta`minlanishi deyilganda – inson o`z hayoti va farzand-larining hayotidan xavotir olmay, yashash shart-sharoitlarining yaratilishi tushuniladi. Xavfsiz muhitda yashash - bu ochlikdan yoki davo lanishga puli yo`qligidan nobud bo`lishdan qo`rqmaslik demakdir.
Inson huquqlarining asosiy me`yorlari deb kishilarning inson sifatida munosib yashashlari uchun imkoniyat beradigan me`yorlarga aytiladi. Inson huquqlari erkinlik, adolat va tinchlik asosida qurilgandir. Inson huquqlarini sotib olish, ishlab toppish yoki meros qilib olish shart emas. Bu huquqlar insonlarga ular inson bo`lganligi uchun ham tegishlidir. Jamiyat tomonidan qabul qilinga tartib qoidalar, urf odatlar yoki an`analar deb ataladi. Shunday qoidalar borki ulanga barcha birdek bo`ysinishi lozim bo`ladi. Bu nday qoidalar “Qonunlar” deyiladi. Qonun bu hamma uchun majburiy bo`lgan qoidalardir. Davlat fuqarosi -muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo`lish demakdir.. O`zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklari quyidagilar hisoblanadi:
Mehnat qilish, erkin kasb tanlash, dam olish, fikrlash, so`z va e`tiqod erkinligi,
bepul ta`lim olish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanishdir.
O`zbekiston fuqarolarining burchlari quyidagilar hisoblanadi: Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, boshqa kishilarni hurmat qilish, tarixiy, ma`naviy va madaniy merosni asrash, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lish, Ona vatanni himoya qilish, harbiy xizmatni o`tash. Har birimiz berilgan huquq va erkinliklardan foydalanish bilan birga, burch va majburiyatlarimizni ham bilib olishimiz kerak. Konstitutsiyamizda har bir kishi boshqa insonlarning huquqlari, erkinliklarini, qadr-qimmatini hurmat qilishga majburligi qayd etilgan.
Kun tartibidagi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi:
1. “Huquq va men ” mavzusidagi sinf rahbarining ma`ruzasi ma`lumot uchun
qabul qilinsin.
2.Sinf o`quvchilariga o`z huquq va burchlarini puxta egallashlari, o`zgalarning
huquqlarini poymol qilmasliklari uqtirildi.

Sariosiyo tumani 24- umumiy o`rta ta`lim maktabi 2-“B” sinfida


bo`lib o`tgan 2 - Sonli yig`ilish
BAYONNOMASI

31-yanvar 2020-yil 24-maktab binosi


Yig`ilish raisi Narzulloyeva I
Kotib Sultonova S. .
Qatnashdilar: 2-“B”sinf o`quvchilari
KUN TARTIBI
1. “Yo`l qoidasi -umr foydasi” mavzusida tushunchalar berish
2. Iqtidorli va istedodli o`quvchilarni aniqlash , ular bilan qo`shimcha mashg`ulotlar
tashkil etish .
3. Sinf o`quvchilarini davomatini nazorat qilish
ESHITILDI:
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, sinf 5 tashabbus fikri 2019-yilning 19-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan.
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.

Sariosiyo tumani 24- umumiy o`rta ta`lim maktabi 2-“B” sinfida


bo`lib o`tgan 2 - Sonli yig`ilish
BAYONNOMASI

31-oktabr 2019-yil 24-maktab binosi


Yig`ilish raisi Narzulloyeva I
Kotib Sultonova S. .
Qatnashdilar: 2-“B”sinf o`quvchilari
KUN TARTIBI
1. “Yo`l qoidasi -umr foydasi” mavzusida tushunchalar berish
2. Sinf o`quvchilarini davomatini nazorat qilish
3. Dars tayyorlash bilim garovi
ESHITILDI:
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, sinf o`quvchilariga “Yo`l qoidasi – umr foydasi” mavzusida ma`ruzani o`qib eshittirdi. “Sog`lom bola oilaga quvonch olib keladi. Har bir ona, oila farzandini bekamu ko`st unib o`sishini istaydi. Kattalar qanchalik bolalarni sog`lom baquvvat bo`lishini istashmasin, bolalar salomatligiga, hayotiga tahdid, xavf soladigan baxtsiz xodisalar tez-tez sodir bo`lmoqda. Bolalar o`rtasida shikastlanishlarni oldini olish va kamaytirish katta muammo bo`lib qoladi. Bo`layotgan shikastlanishlar orasida ko`p uchraydigani bu yo`l transport hodisalaridir. Shunisi achinarliki respublikamiz yo`llarida sodir etilayotgan yo`l transport hodisalari oshib bormoqda. Buning natijasida ko`plab bolalar nogiron, majruh bo`lib qolmoqda, ba`zilari halok bo`lmoqda. Baxtsiz xodisalarni sodir etilishida qisman tez harakatlanayotgan avtomashina shafyori sabab bo`lsa, ko`pchiligida bolalarning e`tiborsizligi, yo`llarda o`ynab yurishi, kattalar nazoratisiz serqatnov yo`lga chiqishi sabab bo`lmoqda. Ular yo`l harakati qoidasini buzmoqdalar. Ko`cha va yo`lning belgilanmagan, mumkin bo`lmagan qismidan kesib o`tmoqdalar. Svetafor chiroqlariga amal qilmayaptilar.
Agar o`quvchilar yo`lda yurganda, yo`lni kesib o`tganda hushyorlikni oshirsalar hech qanday noxush xodisa ro`y bermaydi.Maktabda olgan bilimlarimiz, ota-ona o`gitlariga amal qilaylik, ularni hayotda qo`llay olsak har qanday noxush holatlarga chek qo`ygan bo`lar edik.
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. “Yo`l qoidasi – umr foydasi” mavzusidagi ma`ruza sinf o`quvchilariga
o`qib eshittirilgani axborot uchun qabul qilinsin.
2. Yo`lda yurganda yo`l qoidasiga amal qilib yurish sinf o`quvchilarining
zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari Narzulloyeva so`zga chiqdi. Bugun sinf davomatini yo`lga qo`yish juda muhim bir masala bo`lib turgan paytda bizning sinfimizda davomat yaxshi emas. Sinfimiz o`quvchisi Ashurov Mustafoning sababli va sababsiz ko`p dars qoldirishi bunga sabab bo`lmoqda.
Bir soat qoldirilgan dars tufayli qancha olinishi mumkin bo`lgan bilim qolib ketadi. Shuning natijasida o`quvchi o`zlashtira olmaydi. Siz ota- onalar o`quvchini dars to`liq ishtirok etishini ta`minlab berishingiz lozim. Biz esa ularga kerakli bilimni beramiz, deb o`z so`zini yakunladi. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. Sinf davomatini to`g`ri yo`lga qo`yishda sinf rahbariga ko`maklashishsinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin.
2. Sinf davomatini orqaga tortadigan o`quvchi Ashurov Mustafoga ogohlantirish berilsin, yana ushbu holat takrorlansa qatiy chora ko`rilishi haqida ma`lumot berilsin.

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, sinf o`quvchilarini dars tayyorlash bilim garovi ekanligini, fanlarni o`zlashtirish ahvoli dars tayyorlash bog`liqligi haqidaaytib o`tdi . Sinfimizda 17 nafar o`quvchi bo`lib, ular orasida o`qishni bilmaydigan o`quvchi yo`q. Ammo o`zlashtirishga qiynaladigan , o`rtoqlaridan orqada qoladigan, o`z vaqtida darslarini tayyorlamaydigan o`quvchilar bor. Ana shu o`quvchilar fanlarni o`zlashtirishga qiynaladilar. Ular muntazam dars tayyorlab kelsalar sinfimizda fanlarning o`zlashtirish ancha yuqori darajada boladi.


Sinf o`quvchilarini har doim fanlardan puxta tayyorgarlik ko`rib kelishlarini yo`lga qo`yilsa maqsadga erishgan bo`lar edik.
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling