Sinf majlislarining bayonnomalari


Sinf o`quvchilariga fanlarni puxta egallashlari uchun ko`proq kitob o`qishlari lozimligi uqtirilsin


Download 0.72 Mb.
bet62/64
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1594044
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1

1. Sinf o`quvchilariga fanlarni puxta egallashlari uchun ko`proq kitob o`qishlari lozimligi uqtirilsin.
2. Sinf o`quvchilarining fanlarni yaxshi o`zlashtirishlari nazorat qilish sinf rahbari zimmasiga yuklatilsin.


Yig`ilish raisi Narzulloyeva I
Kotib Sultonova S.

Sariosiyo tumani 24- umumiy o`rta ta`lim maktabi 2- A sinfida
bo`lib o`tgan 1 - Sonli yig`ilish
BAYONNOMASI
6-sentyabr 2018-yil 24-maktab binosi
Yig`ilish raisi M. Raximova
Kotib Sh . Mirboboyev
Qatnashdilar: 2-“A”sinf o`quvchilari
Kun tartibi
1. “Maktab ichki tartib qoidalari” va “Odob axloq qoidalari”ni o`rganib
chiqish

  1. Sinf faollarini saylash

  2. O`quvchilarni darsliklar bilan ta`minlanishi

Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Raximova so`zga chiqdi, u o`z nutqida “Maktab ichki tartib qoidalari” haqida fikr yuritib, Maktab o`quvchisi huquq doirasida o`z insoniy qadr- qimmatlarini hurmat qilishi, vijdon va axborot erkinligini his qilishi, o`z qarashlari va
e`tiqodlarini erkin ifoda etishi hamda muassasasini boshqaruv ishida qatnashish huquqiga ega. Maktab ustavida belgilangan tartibga to`liq rioya qilish, tasdiqlangan mashg`ulotlar jadvali asosida darsga o`z vaqtida kelish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, maktab ma`muriyati va sinf rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni muddatida bajarish, Davlat ramzlarini qadrlash va hurmat qilish, maktab ustavida belgilangan o`quvchilar formasida kelishini ta`minlash talab etilishi haqida to`xtaldi. Sinf rahbari sinf o`quvchilarini “Odob axloq qoidalari” bilan ham tanishtirib o`tdi.
Odob-axloq qoidalariga rioya qilishda boshqa o`quvchilarga ibrat bo`lish; Maktab manfaatlariga zid bo`lgan hatti-harakatlardan tiyilishi;
Biror-bir noxush voqea yoki hodisa ro`y bersa, zudlik bilan o`qituvchilarga xabar berish lozimligi aytildi.
Sinf o`quvchilari darslarga o`z vaqtida kelishlari, maktab mulkini ko`z qorachigi’dek asrash lozimligi, maktab yo`laklarida tinchlikni saqlash, maktabga mashg`ulotlar boshlanishidan 10- 15 daqiqa oldin kelish, maktab ustavida belgilangan o`quv libosida kelish, dars vaqtida gaplashmaslik kabi qoidalarga rioya qilish haqida to`xtaldi. Unga ko`ra o`quvchilar maktab ustavida belgilangan o`quvchilar formasida kelishi, kiyim boshlarini toza saqlashi, o`quvchilarga mos papka bilan kelishi, kundalik dars jadval asosida darsga kelishi, ma`naviyatimizga zid bo`lgan sifatsiz daftarlardan foydalanmaslik kerakligi tushuntirildi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling