Hojiakbar Shayxov 24 mart — Ilk o‘zbek fantast yozuvchilaridan Hojiakbar shayxov tavallud topgan kun


Download 224.12 Kb.
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi224.12 Kb.
#1355897
  1   2   3
Bog'liq
Hojiakbar shayxon 1


Hojiakbar Shayxov
24 mart — Ilk o‘zbek fantast yozuvchilaridan Hojiakbar SHayxov tavallud topgan kun
O‘zbekistonda fantastika o‘tgan asrning ikkinchi yarmida taraqqiy eta boshladi. Rahmatli ustozlarimizdan biri G‘ani Jahongirov hali biz xat tanimagan paytlarimizda fantastika tarzidagi asarlarini e’lon qilganlar. Bu sohada marhum do‘stim Hojiakbar SHayxov yuqori cho‘qqilarni egalladi (Tohir Malik).
Hojiakbar Shayxov o‘zbek adabiyotida ijod qilgan ilk fantast yozuvchilardan biri edi. U 1945 yilning 25 martida tug‘ilgan. O‘rta maktabni bitirgach, 1964—1967 yillarda Sovet Armiyasi saflarida xizmat qilgan. 1967—1971 yillarda Toshkent politexnika oliy bilimgohida tahsil ko‘rgan. So‘ngra, 1971—1978 yillar mobaynida elektr tarmoqlari idoralarida, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Elektronika institutida ishlagan. 1978 yilda «YOsh gvardiya» nashriyotida bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi birinchi kotibining ijodiy ishlar bo‘yicha muovini,«Sirli olam» oynomasi va uniig ilovasi bo‘lmish «Qalb ko‘zi» ro‘znomasining bosh muharriri bo‘lib xizmat qilgan. Hojiakbar SHayxov yozuvchi sifatida 70-yillar boshida adabiyotga kirib kelgan. Uning o‘ttizga yaqii kitoblari chop etilgan. Jumladan, «7-SER»—ilmiy-fantastik hikoya va qissalari (1972, hamkorlikda yozilgan), «Rene jumbog‘i — ko‘lanka» (1980), «Olmos jilosi» (1983), «Telba dunyo» — roman (1990), «Ko‘z» — qissa (1986) kabi asarlari kitobxonlarning sevimli asarlariga aylanib qolgan. Hojiakbar SHayxov 2002 yilning 27 mayida vafot etgan.


HOJIAKBAR SHAYXOV IJODI HAQIDA
«Fantastika» atamasi yunoncha «phatastika» so‘zidan olingan bo‘lib, taxayyo‘l san’ati demakdir. Haqiqatda mavjud bo‘lmagan, taxayyo‘l kuchi bilan tasavvurdagina yaratilgan narsa-hodisalar tasviri, shunga asoslanuvchi adabiy asarlar majmuasidir. Fantastika faqat xayolat mahsuli emas, uning zamirida mavjud voqelikning izlari sezilib turadi. Zero, xayol shu mavjudlikdan kuch olgan holda parvoz qiladi. Inson tabiat sir-sinoatlarini chuqur anglab borishi barobarida fantastikani shartli ob’ektlilik, badiiy vosita sifatida tushunish barqarorlashib boradi. YAngi o‘zbek adabiyotida fantastika unsurlaridan samarali foydalanish A.Fitratning «Qiyomat», «Abdulfayzxon», A.Qahhorning «Qabrdan tovush», X.Do‘stmuhammadning «Jajman» asarlarida kuzatiladi.SHuningdek, XX asrda o‘zbek sarguzasht-fantastik adabiyotini rivojlantirishda X.To‘xtaboev, T.Malik kabi adiblarning xizmati katta bo‘ldi. O‘zbek ilmiy-badiiy fantastikasining asoschilaridan biri marhum adib Hojiakbar SHayxov edi. Uning ijodi o‘zbek fantastik adabiyotida katta yutuqlarni egallash uchun yo‘l ochib berdi. H.SHayxov o‘zbek fantastik adabiyotida o‘ziga xos yo‘nalishga asos soldi.
Adibning o‘ttizdan ziyod ilmiy-fantastik hikoyalari, qissalari va romanlari bizga ulkan meros bo‘lib qoldi. Muallifning asarlari bir necha to‘plam holida nashr etildi. Xususan, «Rene jumbog‘i», «Zaharli odimlar» (1977), «Ettinchi operatsiya» (1979), «G‘aroyib ko‘lanka» (1980), «Olmos jilosi»(1983), «SO‘nggi ajdarning halokati», «Hayotbaxsh xayollar» (1985), «Ajdodlar xotirasi», «O‘nar daryo» (1986), «Maktab sahnasi» (1988), «Sehrli qiz» (1989), «Telba dunyo» (1990), «Jodugarning eri» (Farishta tashrifi), «Samo mehvaridagi namoyish» kabi qissa va hikoyalari, «Tutash olamlar» (1996), «Ikki jahon ovorasi» (2001) fantastik romanlari kitobxonlar xukmiga havola etildi. O‘zuvchining ayrim hikoya va qissalari bir necha tillarga tarjima qilinib, Parijda, Chexoslovakiyada, Bulg‘oriyada, Olmoniyada va boshqa mamlakatlarda to‘plam holida nashr etilgan. Mustaqillik yillarida yozuvchi ijodi yanada gurkiradi. H.SHayxovning o‘zbek fantastik adabiyotida birinchi mistik-fantastik romanlari, «Tutash olamlar» va «Ikki jahon ovorasi»da hayot, ruh, ong, bizni qurshab turgan olam va boshqa ruhiyatimiz bilan chambarchas bog‘liq olamlar haqida falsafiy fikrlar, estetik qarashlarini, hayot tajribalarini qiziqarli voqealar silsilasida aks ettirgan. Hojiakbar SHayxovning «Tutash olamlar» nomli romani o‘zbek adabiyotida birinchi yaratilgan mistik-fantastik romandir. Bu asarning boshqa fantastik asarlardan farqi shundaki, asarda real hayotda yuz berishi mumkin bo‘lmagan g‘ayrioddiy voqealar, ya’ni faqatgina ruh bilan bog‘liq voqea-hodisalar tasvir etiladi. O‘nginamizda bizning olam bilan tutashgan olamlar ko‘z bilan ko‘ra olmay, qalb ko‘zi bilan ko‘ra olishi mumkin bo‘lgan olamlar haqidagi tasavvurlar bilan aynan shu asarda tanishishimiz mumkin. Garchi bu olamlar mavjud bo‘lsa-da, unga ba’zan shub-ha ko‘zi bilan qaraymiz. Asarda etmish ikki olam haqida ma’lumotlar keltirilgan, alohida sodir bo‘ladigan g‘ayrioddiy voqealar qiziqarli tarzda hikoya qilingan. Bu asarda ruhiyat olami bilan bog‘liq voqealar aks ettirilgan bo‘lib, unda aziz avliyolar G‘avsul A’zam, hazrat SHayxon Toxir, SHayx xo‘ja Ahror, avliyo-anbiyo Tilla SHayxlar bilan bir qatorda, yovuz niyatli Iblis (Ulispir) va uning sodiq malaylari: SHalpangquloq, kalamush, Nuj, ilon suratli, biqinida yoldor qanotlari bor badbin Nut, qora mushuk qiyofasidagi manfur YAos singari ins-jinslar, halol insonlar bilan bir qatorda turuvchi o‘g‘rilar, kazzoblar, iymonsiz bandalar obrazlari orqali hayotning ikki qarama-qarshi kuchlari, ya’ni yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi azaliy kurashi tasvirlangan.
Asardagi barcha voqealar, garchi xayolat mevasi bo‘lsa-da, insonni o‘ylantiradi, hayotda to‘g‘ri yo‘l tutishga, vijdon azobini xis qilishga undaydi. Dunyoda ilm-fan taraqqiy etayotgan bir zamonda, olimlar tomonidan bizdan boshqa olamlar ham bor bo‘lishi, unda aqlli mavjudotlar yashashi mumkinligini faraz qilinmoqda. Kelajakda insonlar buyuk kashfiyotlar natijasi o‘laroq, boshqa olamlar bilan aloqa qilish yo‘llarini topishsa ham ne ajab. Asarda qalamga olingan veqea-hodislar biz xali anglab bo‘lmas darajadagi ruh bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqatni ayon etadi.
Adib asarda voqealar silsilasi orqali insonlarni ezgulikka, faqat yaxshilikka chorlaydi. Asarning tarbiyaviy ahamiyati ham beqiyosdir. Ota-onaga hurmat, kichikka izzat, yaqin insonlar o‘rtasidagi mehr-oqibat o‘z aksini topgan.
Adibning ikkinchi romani-«Ikki jahon ovorasi»da ham birinchi romandagi voqealar rivoji davom etadi. Endilikda bosh qahramonlar Nazira va Nafisalarning tanasidan aziz avliyo bobolari foydalana boshlaydilar. Romanda el uchun, uning ozodligi uchun mardonavor kurashuvchi professor Saidmansur aka, sobiq jangchi Rahmatillo va olim Asadbeklar bilan bir qatorda, soxta partiya tuzib, jinoiy ishlarni xaspo‘shlashga harakat qiluvchi yovuz niyatli badbin kishilar ham o‘z g‘arazli kirdikorlarini amalga oshirishga astoydil harakat qilishadi. Inson turfa gunohlarni qilib, razillik botqog‘iga botar ekan, o‘z oyog‘iga o‘zi bolta urayotganidan bexabar bo‘ladi. Bu dunyoda hech bir jinoyat, jazosiz qolmaydi. Asarda voqealarning xilma-xilligi real hayot bilan xayolat mevasining uyg‘unlashuvi, maroqli sarguzashtlar kitobxonni zeriktirmaydi, aksincha, qiziqtiradi.
Xullas, o‘zbek adabiyotida ilmiy fantastikaning rivojiga munosib hissa qo‘shgan Hojiakbar SHayxovning adabiy merosi har tomonlama o‘rganish va tadqiq etishga loyiqdir. Bu meros yoshlar dunyoqarashini o‘stirish, ezgu qadriyatlar ruhida tarbiyalash jihatidan ahamiyatlidir.


Download 224.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling