Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Raximova so`zga chiqdi. Sinf
rahbari III chorak yakuni asosida tayyorlagan hisobotini o`qib eshittirdi. III chorak 11-yanvarda boshlanib, 20-mart kuni tugadi. Chorak boshida sinfda 22 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 14 nafarini o`g`il bolalar, 8 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. Sinf o`quvchilari chorak oxirida ham shu holda saqlanib qoldi. O`quvchilar chorak davomida fanlarni puxta egallashga harakat qilib bordilar. Sinfda Safaraliyeva Sabina , Rashidov Zohid, Boboshukurova Rohatoy, Saidahmadjonov Ibrohim va Bo`riyeva Diyoralar yaxshi o`qish hamda chiroyli yozuv bilan o`rtoqlariga o`rnak bo`ldilar. Sinfda Usmonov Mahmud, Tursunova Farzona , Abduhalilova Yulduz va Saidahmadjonovalar fanlarni o`zlashtirishga qiynaldilar. Shunday bo`lsada, III chorak yakuniga ko`ra sinf sifat o`zlashtirishi 77 % ni, umumiy o`zlashtirish 100% ni tashkil etdi. Sinf davomati 98, 3 % ni tashkil etdi. III chorak yakunini yaxshi deb baholasak bo`ladi.
O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, IV chopakda ham yaxshi natijalarga erishadilar degan umiddaman.
Shuningdek IV chorak vazifalari ham belgilab olindi:
1) Darslarga kech kelmaslik;
2) Berilgan topshiriqlarlarni o`z vaqtida bajarish;
3) Sababsiz dars qoldirmaslik;
4) Dars jadvali asosida darsliklarni olib kelish lozimligi aytildi. O`quvchilar bu chorakda ham puxta bilim olishlari kerakligi, chorak davomida boshqa fanlarni puxta egallashlari lozimligi aytildi.
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. III chorak yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda yaxshi deb
topilsin.
2. IV chorakda yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni bajarish, sinf o`quvchilari
darsliklarini jadval asosida olib kelishlarini nazorat qilish sinf ota – onalari
zimmasiga yuklatilsin.
Sariosiyo tumani 24- umumiy o`rta ta`lim maktabi 3“A”sinfida
bo`lib o`tgan 7 - Sonli yig`ilish
Do'stlaringiz bilan baham: |