Sinf majlislarining bayonnomalari
Download 0.72 Mb.
|
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’riladigan masalalar Muddati
- Sinf rahbari Sentabr
- II– YIG’ILISH 1.
- Sinf rahbari Oktabr
- III – YIG’ILISH 1
- IV– YIG’ILISH 1.
- V – YIG’ILISH 1.
- VI – YIG’ILISH 1.
- VII – YIG’ILISH 1.
- VIII – YIG’ILISH 1.
- IX – YIG’ILISH 1.
SINF YIG’ILISHINING YILLIK ISH REJASI
Sariosiyo tumani 24- sonli umumta`lim maktabi 1- “A” sinfida bo`lib o`tgan 1 - Sonli yig`ilish BAYONNOMASI 25 -sentyabr 2022-yil 24-maktab binosi Yig`ilish raisi M.Raximova Kotib G.Ashuraliyeva Qatnashdilar: 1-“A”sinf o`quvchilari Kun tartibi 1.Sinf faollarini saylash 2. “Maktab ichki tartib qoidalari” va “Odob axloq qoidalari”ni o`rganib chiqish. 3. Ijara darsliklaridan foydalanish odobi haqida Eshitildi: Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, sinf faollari va ularning vazifalari haqida to`xtalib o`tdi. Sinf faollarini saylash o`quvchilar e`tiboriga havola etildi. O`quvchilar sinf faollariga nomzodlarni aytib o`tdilar. Shunga ko`ra quyidagi o`quvchilar sinf faollari etib saylandilar. Sinf boshlig`i: Ashuraliyeva G Tozalik nazoratchisi ; Mirzayeva A Sinf kutubxonachisi : Sattorov A Sport tashkilotchisi: Yo`ldoshev Y Sinf faollari vazifasi tushuntirib berildi. Ularni topshirig`ini to`g`ri qabul qilish lozimligi sinf o`quvchilariga tushuntirildi. Yig`ilish kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan qaror qiladi: 1.Yuqorida nomlari ko`rsatilgan o`quvchilar sinf faollari etib tayinlansin. 2. Sinf faollari vazifasini belgilab berish , ularni ishini to`g`ri yo`lga qo`yish sinf rahbari zimmasiga yuklatilsin. Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqdi, u o`z nutqida “Maktab ichki tartib qoidalari” haqida fikr yuritib, Maktab o`quvchisi huquq doirasida o`z insoniy qadr- qimmatlarini hurmat qilishi, vijdon va axborot erkinligini his qilishi, o`z qarashlari va e`tiqodlarini erkin ifoda etishi hamda muassasasini boshqaruv ishida qatnashish huquqiga ega. Maktab ustavida belgilangan tartibga to`liq rioya qilish, tasdiqlangan mashg`ulotlar jadvali asosida darsga o`z vaqtida kelish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, maktab ma`muriyati va sinf rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni muddatida bajarish, Davlat ramzlarini qadrlash va hurmat qilish, maktab ustavida belgilangan o`quvchilar formasida kelishini ta`minlash talab etilishi haqida to`xtaldi. Sinf rahbari sinf o`quvchilarini “Odob axloq qoidalari” bilan ham tanishtirib o`tdi. Odob-axloq qoidalariga rioya qilishda boshqa o`quvchilarga ibrat bo`lish; Maktab manfaatlariga zid bo`lgan hatti-harakatlardan tiyilishi; Biror-bir noxush voqea yoki hodisa ro`y bersa, zudlik bilan o`qituvchilarga xabar berish lozimligi aytildi. Sinf o`quvchilari darslarga o`z vaqtida kelishlari, maktab mulkini ko`z qorachigi’dek asrash lozimligi, maktab yo`laklarida tinchlikni saqlash, maktabga mashg`ulotlar boshlanishidan 10- 15 daqiqa oldin kelish, maktab ustavida belgilangan o`quv libosida kelish, dars vaqtida gaplashmaslik kabi qoidalarga rioya qilish haqida to`xtaldi. Unga ko`ra o`quvchilar maktab ustavida belgilangan o`quvchilar formasida kelishi, kiyim boshlarini toza saqlashi, o`quvchilarga mos papka bilan kelishi, kundalik dars jadval asosida darsga kelishi, ma`naviyatimizga zid bo`lgan sifatsiz daftarlardan foydalanmaslik kerakligi tushuntirildi. Yig`ilish kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan qaror qiladi: 1.O`quvchilarga “Maktab ichki tartib qoidalari” va “Odob – axloq qoidalari”ni tanishtirib o`tilganligi axborot uchun qabul qilinsin. 2. “Maktab ichki tartib qoidalari” va “Odob – axloq qoidalari” ga amal qilish sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin. Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqidi. U sinf o`quvchilariga. “ijara darsliklaridan to`g`ri foydalanish haqida quyidagi aytib o`tdi. Sinfdagi barcha o`quvchilar uchun darsliklarbo’yicha barcha ijara darsliklari mavjudligi va ular o’z vaqtida o’quvchilarga yetkazilganligi to’g’risida gapirib o’tdi. Shuningdek, o’quvchilarga ijara darsliklarini toza ozoda saqlash, ustiga jild qoplab berishlari ota-onalarga tushuntirib o`tilde. Maktab kutubxonasidan foydalanish uchun kartateka va shartnoma tuzish kerakligi to`g`risida tushunchalar berildi. ” deb o`z so`zini yakunladi. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi: 1. Sinf o`quvchilarining Darsliklarni toza saqlash haqida tushunchalar berilganligi axborot uchun qabul qilinsin . 2. Ijara darsliklaridan to`g`ri foydalanish o`quvchilari zimmasiga , ularni nazorat qilish o`quvchilarning ota-onalari zimmasiga yuklatilsin. Yig`ilih raisi: M.Raximova Yig`ilish kotibi: G.Ashuraliyeva Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling