Sinf majlislarining bayonnomalari
Sariosiyo tumani 24- sonli umum ta`lim maktabi 4-“V” sinf
Download 0.72 Mb.
|
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1
Sariosiyo tumani 24- sonli umum ta`lim maktabi 4-“V” sinf
o`quvchilari ota- onalarining 3 - Sonli yig`ilish BAYONNOMASI 5. 01 . 2023-yil 24-maktab binosi Yig`ilish raisi Murodova G Kotib Mardonova S Qatnashdilar: 4-“v” sinf o`quvchilarining ota-onalari Kun tartibi 1. II chorak yakuni va III chorak vazifalari 2. Oilada sog`lom turmush tarzini tashkil etish 3. Farzandlarini dars tayyorlashlari uchun sharoit yaratib berish haqida Eshitildi Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Mardonova S so`zga chiqdi, u o`z nutqida II chorak yakuni haqida quyidagilarni gapirdi. Chorak boshida sinfda 17 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 8 nafarini qiz bolalar 9 nafarini o`g`il bolalar tashkil etdi. Chorak oxirida esa 18 nafar o`quvchi bo`lib 1 nafar o`g`il bola sinfga keldi. . O`quvchilar chorak davomida 4-sinf materiallarini puxta o`rganib bordilar. Sinf davomati 99,4 % ni tashkil etdi. Sinfda sifat o`zlashtirish 73,5 % ni, umumiy o`zlashtirish 95,6% ni ko`rsatdi. Sinfda o`zlashtirishga qiynalayotgan o`quvchilar ham bor. Bu o`quvchilar Xayrullayev Fazliddin. O`ylaymanki, bu o`quvchimiz bu chorakda o`rtoqlarini yetib oladi. Sinfning boshqa o`quvchilari ham puxta o`zlashtirishga harakat qilmoqdalar. Demak, biz II chorak yakunini namunali deb baholasak bo`ladi. O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, III chopakda ham yaxshi natijalarga erishadilar. A`lo baholarga o`qigan o`quvchilarga rahmatnoma e`lon qilaman . Bu chorakda ham o`qishlarini ana shunday davom ettirishlarini kutib qolaman . Boshqa o`quvchilar ham o`qishlarida tub burilish yasab yana ham faolroq bo`ladilar degan umiddaman. Shuningdek III chorak vazifalari ham belgilab olindi: 1) Darslarga kech kelmaslik; 2) Berilgan topshiriqlarlarni o`z vaqtida bajarish; 3) Sababsiz dars qoldirmaslik; 4) Dars jadvali asosida darsliklarni olib kelish lozimligi aytildi. Bundan tashqari II chorak yakunidan so`ng o`quvchilarga qishki ta`til berilganini, ta`til vaqtida o`quvchilar ota-onalarining ruxsatisiz, yolg`iz ko`cha-kuyda yurmasliklari ham aytib o`tildi. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi: 1. II chorak yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda namunali deb topilsin. 2. III chorakda yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni bajarishda sinf o`quvchilariga yordam berish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin. Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, “Oilada sog`lom turmush tarzini tashkil etish” mavzusidagi ma`ruzani o`qib eshittirdi. “Oila jamiyatning bir bo`g`inidir. Har bir inson tug`ilgan kunidan boshlab o`zining ma`naviy, ijtimoiy, moddiy ehtiyojlarini qondiradi. Shu sababli oiladagi muhitning qay tarzda bo`lishi bolaning tarbiyasiga ta`sir etuvchi muhim omil hisoblanadi. Bolaga milliy ta`lim tarbiya eng avval oilada singdiriladi. Bu jarayon bobolar o`giti, otalar ibrati, ona mehri orqali amalga oshiriladi. oilada sog`lom turmush tarzini shakllantirish ham muhim bir masal hisoblanadi. “Inson salomatligi tabiiy va ijtimoiy iqtisodiy omillarga bog`liq. Kishining salomatligini belgilovchi muhim uning turmush tarzidir. Bu tushunchaga mehnat va dam olish tartibi, to`g`ri ovqatlanish, ijtimoiy faollikni zarur darajada saqlash, organizmni chiniqtirish, shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilish , kundalik hayotdagi zarur odatlardan zararli odatlardan voz kechish tushuniladi”. Oiladagi muhit bola tarbiyasiga katta ta`sir ko`rsatadi O`quvchilar mavzu yuzasidan fikr mulohazalarini bildirdilar. Kun tartibidagi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi. 1. “Oilada sog`lom turmush tarzini tashkil etish ” mavzusida ma`ruza o`qib eshittirilgani ma`lumot uchun qabul qilinsin. 2.Farzandga o`rnak bo`lish, ular oldidagi ota-onalik burchini bajarish, sinf ota-onalari zimmasiga yuklatisin. . Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, sinf ota-onalariga dars tayyorlash bilim garovi ekanligini, fanlarni o`zlashtirish ahvoli dars tayyorlash bog`liqligi haqida to`xtalib o`tdi . Sinfimizda 19 nafar o`quvchi bo`lib, ular orasida o`qishni bilmaydigan o`quvchi yo`q. Ammo o`zlashtirishga qiynaladigan , o`rtoqlaridan orqada qoladigan, o`z vaqtida darslarini tayyorlamaydigan o`quvchilar bor. Ana shu o`quvchilar fanlarni o`zlashtirishga qiynaladilar. Ular muntazam dars tayyorlab kelsalar sinfimizda fanlarning o`zlashtirish ancha yuqori darajada boladi. Bolalarimizni dars tayyorlab kelishlari uchun dars stolini bo`lishi ular uchunyana ham qulay sharoit yaratadi. O`quvchiga dars tayyorlashiuchun sharoit yaratib bersangiz, ularni maktabga ,dars tayyorlash ga qiziqishi yana ham ortadi. Ota-onam menga befarq emas, demak men o`qishim kerak degan o`y uni a`lo o`qishiga turtki bo`ladi. Sinf o`quvchilarini har doim fanlardan puxta tayyorgarlik ko`rib kelishlarini yo`lga qo`ysak maqsadga erishgan bo`lar edik. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi: Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling