Sinf majlislarining bayonnomalari


Sariosiyo tumani 24- sonli umumta`lim maktabi 4- “a” sinfida


Download 0.72 Mb.
bet4/64
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1594044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1

Sariosiyo tumani 24- sonli umumta`lim maktabi 4- “a” sinfida
bo`lib o`tgan 3 - Sonli yig`ilish
BAYONNOMASI
28. 11. 2022-yil 24-maktab binosi
Yig`ilish raisi M.Safarova
Kotib B.Abduvohidova
Qatnashdilar: 4-“v”sinf o`quvchilari
Kun tartibi

  1. I –chorak yakuni, II –chorak vazifalari

  2. Ota –onani hurmat qilish haqida

  3. Sport sog`lik garovi

Eshitildi
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari S.Mardonova so`zga chiqdi. Sinf rahbari I chorak yakuni asosida tayyorlagan hisobotini o`qib eshittirdi. I chorak 5-sentyabrdan boshlanib,3-noyabr kuni tugadi. Chorak boshida sinfda
17 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 8 nafarini qiz bolalar 9 nafarini o`g`il bolalar tashkil etdi. Chorak oxirida ham shu holat saqlanib qolindi. . O`quvchilar chorak davomida 4-sinf materiallarini puxta o`rganib bordilar. Sinf davomati 100% ni tashkil etdi. Sinfda sifat o`zlashtirish 76 % ni, umumiy o`zlashtirish 97,4 % ni ko`rsatdi. Sinfda o`zlashtirishga qiynalayotgan o`quvchilar ham bor. O`ylaymanki, bu o`quvchimiz bu chorakda o`rtoqlarini yetib oladi.
Sinfning boshqa o`quvchilari ham puxta o`zlashtirishga harakat qilmoqdalar. Demak, biz I chorak yakunini namunali deb baholasak bo`ladi. O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, II chorakda ham yaxshi natijalarga erishadilar
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. I chorak yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda qoniqarli deb
topilsin.
2. II chorakda yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni bajarishda sinf o`quvchilariga yordam berish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari S.Mardonova so`zga chiqdi.
Aziz bolajonlar! Siz, albatta, bobo-buvilaringizni, ota-onangizni, aka-opalaringizni, umuman, yoshi kattalarni hurmat qilish zarur ekanini bilasiz. Bu ishingiz tahsinga loyiq. Bu bilimingizga amal qilish esa ko‘plab savob keltiradi. Demak, ota-onaning hurmati ushbu hadisi sharifda zikr qilingan narsalarda ham ko‘rinar ekan. Farzand otasiga «Ota», deb yoki boshqa bir ehtirom ma’nosidagi so‘zlarni aytib murojaat qilishi yaxshi ekan. Lekin boshqalarning ismini aytgandek, otasining ismini aytib chaqirish musulmonchilik odobiga to‘g‘ri kelmaydi. Qadrli bolajonlar, katta yoshdagi va olim kishilar paytini topib, yoshlarga ta’lim berishlari, odobli bo‘lishga chorlab turishlari kerakligini ko‘ryapsizmi? Sizga ham biror ish ustida kattalar saboq yoki tanbeh berishsa, ularni aslo og‘ir olmang. Hammasi o‘zingizning foydangiz uchun. Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. O`quvchilarni ota-onani hurmat qilishga chaqirish bub o`yicha tushunchalarni berib borish sinf rahbari zimmasiga yuklatilsin.
2. Ota- onalariga doimo hurmatda bo`lish o`quvchilar zimmasiga yuklatilsin
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqdi.
Sportning hayotimizda tutgan o‘rni beqiyosdir. U insonning ruhan va jismonan yetuk bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizda sportni davlat darajasida rivojlantirishga e’tibor qaratilyotganligi bejizga emas. Inson hayotida kerak bo'ladigan narsalardan biri bu sport. Sport bilan barcha inson shug'ullanishi shart. Chunki sport bilan shug'ullanga inson doimo sog' bo'ladi, tetik bo'ladi , sog'lom bo'ladi , axir bekorga ham sport-sog'lik garovi deyilmagan. Sport bilan shug'ullansa ba'zi kasalliklar ham yo'qoladi. Sport kerakli narsa. Ayniqsa keksalar va yoshlar ertalab badan tarbiya va sport bilan shug'ullanishi kerak.
Yig`ilish kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. Sport sog`lik garovi mavzusida tushuncha berilganligi axborot uchun qabul qilinsin
2. Sinf o`quvchilarining bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va sag`lom bo`lishlari uchun sport to`garaklariga jalb qilish sinf rahbari va fan o`qituvchilari zimmasiga yuklatisin.

Yig`ilish raisi M.Safarova


Kotib B.Abduvohidova

Sariosiyo tumani 24- sonli umumta`lim maktabi 4- “B” sinfida


bo`lib o`tgan 1 - Sonli yig`ilish
BAYONNOMASI
25 -sentyabr 2021-yil 24-maktab binosi
Yig`ilish raisi I. Narzulloyeva
Kotib S. Sultonova
Qatnashdilar: 4-“B”sinf o`quvchilari
Kun tartibi
1.Sinf faollarini saylash
2. “Maktab ichki tartib qoidalari” va “Odob axloq qoidalari”ni o`rganib
chiqish
3. COVID- 19 pandemiyasi davrida o`quvchilarni “Karantin” qoidalariga amal qilishlari haqida tushunchalar berish .
Eshitildi:
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, sinf faollari va ularning vazifalari haqida to`xtalib o`tdi. Sinf faollarini saylash o`quvchilar e`tiboriga havola etildi. O`quvchilar sinf faollariga nomzodlarni aytib o`tdilar. Shunga ko`ra quyidagi o`quvchilar sinf faollari etib saylandilar.
Sinf boshlig`i: Sultonova Sabrina ,
Tozalik nazoratchisi ; Ubaydullayeva Charos
Sinf kutubxonachisi : Abdurahmonov Shohruh
Mehnat bo`limi: Bo`riqulov Fazliddin
Devoriy gazeta muharriri: 1.Ochildiyeva D, 2.Saydullayeva Ruhayda,
Sport tashkilotchisi: Jabborov Abduzohid
Qizlar kengashi raisi: Ismatova Gulsevarlar tayinlandilar.
Sinf faollari vazifasi tushuntirib berildi. Ularni topshirig`ini to`g`ri qabul qilish lozimligi sinf o`quvchilariga tushuntirildi.
Yig`ilish kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan qaror qiladi:
1.Yuqorida nomlari ko`rsatilgan o`quvchilar sinf faollari etib tayinlansin.
2. Sinf faollari vazifasini belgilab berish , ularni ishini to`g`ri yo`lga qo`yish sinf rahbari zimmasiga yuklatilsin.

Kun tartibidagiikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari I. Narzulloyeva so`zga chiqdi, u o`z nutqida “Maktab ichki tartib qoidalari” haqida fikr yuritib, Maktab o`quvchisi huquq doirasida o`z insoniy qadr- qimmatlarini hurmat qilishi, vijdon va axborot erkinligini his qilishi, o`z qarashlari va e`tiqodlarini erkin ifoda etishi hamda muassasasini boshqaruv ishida qatnashish huquqiga ega. Maktab ustavida belgilangan tartibga to`liq rioya qilish, tasdiqlangan mashg`ulotlar jadvali asosida darsga o`z vaqtida kelish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, maktab ma`muriyati va sinf rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni muddatida bajarish, Davlat ramzlarini qadrlash va hurmat qilish, maktab ustavida belgilangan o`quvchilar formasida kelishini ta`minlash talab etilishi haqida to`xtaldi. Sinf rahbari sinf o`quvchilarini “Odob axloq qoidalari” bilan ham tanishtirib o`tdi.


Odob-axloq qoidalariga rioya qilishda boshqa o`quvchilarga ibrat bo`lish; Maktab manfaatlariga zid bo`lgan hatti-harakatlardan tiyilishi;
Biror-bir noxush voqea yoki hodisa ro`y bersa, zudlik bilan o`qituvchilarga xabar berish lozimligi aytildi.
Sinf o`quvchilari darslarga o`z vaqtida kelishlari, maktab mulkini ko`z qorachigi’dek asrash lozimligi, maktab yo`laklarida tinchlikni saqlash, maktabga mashg`ulotlar boshlanishidan 10- 15 daqiqa oldin kelish, maktab ustavida belgilangan o`quv libosida kelish, dars vaqtida gaplashmaslik kabi qoidalarga rioya qilish haqida to`xtaldi. Unga ko`ra o`quvchilar maktab ustavida belgilangan o`quvchilar formasida kelishi, kiyim boshlarini toza saqlashi, o`quvchilarga mos papka bilan kelishi, kundalik dars jadval asosida darsga kelishi, ma`naviyatimizga zid bo`lgan sifatsiz daftarlardan foydalanmaslik kerakligi tushuntirildi.
Yig`ilish kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan qaror qiladi:
1.O`quvchilarga “Maktab ichki tartib qoidalari” va “Odob – axloq qoidalari”ni tanishtirib o`tilganligi axborot uchun qabul qilinsin.
2. “Maktab ichki tartib qoidalari” va “Odob – axloq qoidalari” ga amal qilish sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqidi. U sinf o`quvchilariga. “COVID- 19 pandemiyasi haqida quyidagi aytib o`tdi.
“ Aziz bolajonlar yurtimizda , butun dunyoda sinovli vaziyat hukm surmoqda . Barcha davlatlar ko`rinmas dushman COVID -19 pandemiyasi bilan kurashib, o`zini, oilasini, atrofidagi yaqinlarini va shu bilan birga vatandoshlarini COVID -19 pandemiyasidan himoya qilish uchun kurashib turgan bir paytda biz ham jim qarab turmasligimiz kerak. Avvalo o`zingizni, oilangizni , yaqinlaringizni pandemiya degan balodan himoya qila olasiz. Buning uchun siz o`zingiz gigiyena qoidalariga rioya qilishingiz, har 20 daqiqada qo`lingizni sovunlab yuvishingiz, o`rtog`ingiz bilan qo`l berib ko`rishmasligingiz, uydan taqib kelgan niqobni maxsus savatga tashlab , maktabga yangi niqob bilan kirib kelishingiz va har ikki soatda uni almashtirib turishingiz kerak. Uyga borganingizda qo`lingizni tozalab yuvib, niqobni almashtirib olsangiz maqsadga muvoviq bo`ladi. Sog`ligimiz saqlash o`z qo`limizda ” deb o`z so`zini yakunladi.
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. Sinf o`quvchilarining COVID -19 pandemiyasi haqida tushunchalar berilganligi axborot uchun qabul qilinsin .
2. COVID- 19 pandemiyasi davrida “Karantin” qoidalariga amal qilish sinf o`quvchilari zimmasiga , ularni nazorat qilish o`quvchilarning ota-onalari zimmasiga yuklatilsin.
Yig`ilih raisi: I. Narzulloyeva
Yig`ilish kotibi: S. Sultonova



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling