Sinf majlislarining bayonnomalari


Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi


Download 0.72 Mb.
bet14/64
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1594044
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64
Bog'liq
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1

Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:


1. Ota-onalar farzandlari yozgi ta`tilni maroqli o`tkazishi uchun yuqoridagi qoidalarga amal qilishlarini nazorat qilishlari uqtirilsin.
2. Sinf o`quvchilarini bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlari uchun
yozgi ta`tilda turli fan to`garaklari va mashg`ulotlarga jo`natish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin.
Yig`ilish raisi G. Nazarova
Kotib D. Ulug`ova

Sariosiyo tumani 24- sonli umumta`lim maktabi 4- “A” sinf


o`quvchilari ota- onalarining 4 - Sonli yig`ilish
BAYONNOMASI
28- mart 2021-yil 24-maktab binosi
Yig`ilish raisi G. Nazarova
Kotib D. Ulug`ova
Qatnashdilar: 4-“A” sinf o`quvchilarining ota-onalari
KUN TARTIBI
1. III chorak yakuni IV chorak vazifalari
2.Farzandlarni huquqbuzarlikka, jinoyatchilikka kirib qolmasliklarida ota –onaning
o`rni
3. Ta`til vazifalari
ESHITILDI
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Ulug`ova so`zga chiqdi. Sinf
rahbari III chorak yakuni asosida tayyorlagan hisobotini o`qib eshittirdi. III chorak 11-yanvarda boshlanib, 20-mart kuni tugadi. Chorak boshida sinfda 24 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 13 nafarini o`g`il bolalar, 11 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. Sinf o`quvchilari chorak oxirida ham shu holda saqlanib qoldi. O`quvchilar
chorak davomida fanlarni puxta o`rganib bordilar. Sinfda Ochildiyev Diyor, A`zamova Dilnura, Nasriddinova Farangiz, Sattorov Azamat, Aliyev Akbar, Ravzatova Parizoda, Raximova Sabrina, Yo`ldoshev Muhammad , Jabborova Noila, Rahmatulloyev Sayfullolar yaxshi o`qishi hamda namunali xulqi bilan o`rtoqlariga o`rnak bo`ldilar. Sinfda o`zlashtirishga qiynalgan o`quvchilar bo`lmadi. Sinf sifat o`zlashtirishi 95, 8% ni, umumiy o`zlashtirish 100% ni tashkil etdi. Chorak davomida bir o`quvchi sababli 5 soat dars qoldirdi. Sinf davomati 99,3% ni tashkil etdi.
Sinfdagi 10 nafar o`quvchi yaxshi o`zlashtirishga erishgan bo`lsalar , qolgan 12 nafar o`quvchi ham puxta o`zlashtirishga harakat qilmoqdalar. 2 nafar o`quvchi 3 bahoda o`zlashtirdilar. Bu ko`rsatkichlarga qarab biz III chorak yakunini namunali deb ko`rsatsak bo`ladi. O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, IV chopakda ham yaxshi natijalarga erishadilar. A`lo baholarga o`qigan o`quvchilarning ota -onalariga rahmatnoma e`lon qilaman . Bu chorakda ham o`qishlarini ana shunday davom ettirishlariga yordam berishlaringizni kutib qolaman ..
Shuningdek IV chorak vazifalari ham belgilab olindi.
1) Darslarga kech kelmaslik;
2) Berilgan topshiriqlarlarni o`z vaqtida bajarish;
3) Sababsiz dars qoldirmaslik;
4) Dars jadvali asosida darsliklarni olib kelish lozimligi aytildi. O`quvchilar bu chorakda ham puxta bilim olishlari kerakligi, chorak davomida boshqa fanlarni puxta egallashlari lozimligi aytildi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`z ochib kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik haqida quyidagilarni gapirdi. Har qanday jinoyatlarning ro‘y bеrishi oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish bugungi kunning muhim vazifalaridan biriga aylandi. Tarbiyaviy mavzulardagi ko‘pgina davra suhbatlarida ba’zan "Jinoyatlarning kеlib chiqish omillari nimalardan iborat- dеgan savol bеrib qolinadi. Unga javob bеrish uchun esa bir oz fikrni kеngroq olish va atroflicha muloxaza yuritishga to‘g‘ri kеladi. Ruhiyatshunoslar u yoki bu turdagi jinoyat, yoxud jinoiy holat o‘z-o‘zidan kеlib chikmasligini, ular birinchi navbatda shaxsning ruhiy holati, uning ahloqiy mеzonlari bilan boglik, xolda yuzaga kеlishini ta’kidlashadi. Ba’zilar jinoyatni еtishmovchilik orqasida yuzaga kеluvchi illat dеb ta’riflashadi. Bu fikrga to‘la qo‘shilib bo‘lmaydi. Tarixiy manbalarga, qolavеrsa, kеksalarning izohlariga qaraganda urush yillarida, bir burda nonga zor bo‘lingan davrlarda ham inson shaxsida imon saqlanib qolgan va shu tufayli o‘g‘irlik yoki birovlarning mulkiga tajovvuz qilish holati bo‘lmagan. Kishilar o‘g‘irlik yoki boshqa bir jinoiy holatga qo‘l urishni o‘zlariga nomus dеb bilganlar. Och qolgan taqdirlarida ham xaromdan hazar qilishgan. Dеmak, jinoyat qanday darajada yoki turda bo‘lmasin, u birinchi navbatda in­son shaxsidagi salbiy tarbiyaviy ta’sir na­tijasida kеlib chiqadi,-dеb izohlamoq, lozim bo‘ladi. Shu sababli ham bola tug‘ilgan dastlabki soatlardanoq uning tarbiyasiga to‘g‘ri yondasha bilish zarur. Jismoniy tarbiya salomatlikda qanchalar muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, ahloqiy-ma’naviy tarbiya ham inson kamolida shunchalar muhim ahamiyatga egadir. Yig‘ilish qatnashchilarining fikr va mulohazalari inobatga olinib yig‘ilish

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling