Sariosiyo tumani 24-sonli umumta`lim maktabi 4- “A” sinf
o`quvchilari ota- onalarining 5 - Sonli yig`ilish
BAYONNOMASI
25-may 2021 -yil 24-maktab binosi
Yig`ilish raisi G. Nazarova
Kotib D. Ulug`ova
Qatnashdilar: 4-“A” sinf o`quvchilarining ota-onalari
KUN TARTIBI
1. IV chorak va yil yakuni, kelgusi o`quv yiliga tayyorgarlik.
2. O`quvchilarini yozgi dam olishlarini mazmunli tashkil etish.
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Ulug`ova so`zga chiqdi. Sinf rahbari ota-onalarga IV chorak va o`quv yili yakuni asosida tayyorlagan hisobotini o`qib eshittirdi. IV chorak 28--martda boshlanib, 25-may kuni tugadi. Chorak boshida sinfda 24 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 13 nafarini o`g`il bolalar, 11 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. Sinf o`quvchilari chorak oxirida ham shu holda saqlanib qoldi. O`quvchilar o`quv yili davomida fanlarni puxta egallashga harakat qilib bordilar. Sinfda Ochildiyev Diyor, Nasriddinova Farangiz, Sattorov Azamat, Aliyev Akbar, Ravzatova Parizoda, Raximova Sabrina, Xolmurodova Kumushbibi, Rahmatulloyev Sayfullolar yaxshi o`qish hamda namunali xulqi bilan o`rtoqlariga o`rnak bo`ldilar. Sinfda o`zlashtirishga qiynalgan o`quvchilar bo`lmadi. Sinf sifat o`zlashtirishi 91,6 % ni, umumiy o`zlashtirish 100% ni tashkil etdi. Sinf davomati 99,3% ni tashkil etdi. IV chorak yakunini yaxshi deb baholasak bo`ladi. O`quv yili yakuniga ko`ra sinf sifat o`zlashtirishi 91,6 % ni, umumiy o`zlashtirish 100 % ni tashkil etdi. Sinf davomati 99,8% ni tashkil etdi. 2020-2021- o`quv yili yakunini 4-“A: sinf o`quvchilari namunali xulq bilan yakunladilar .
O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, kelgusi o`quv yilida ham yaxshi natijalarga erishadilar degan umiddaman. O`quv yili yakunini yaxshi deb baholaymiz.
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. IV chorakva o`quv yili yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga
olgan holda yaxshi deb topilsin.
2. Farzandlarini ta`til davomida ham kitob o`qishlarini nazorat qilish
sinf ota –onalari zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqdi. U sinf o`quvchilari ota-onalariga yozgi ta`tillarini maroqli o`tkazish to`g`risida quyidagilarni gapirib o`tdi. U ota-onalarga yozgi ta`til vaqtida farzandlarini badiiy kitoblar o`qishini, maktabda va tumanda faoliyat yuritadigan to`garaklarga qatnashishiga, ko`chalarda bekor yurmasligini, tuman markaziga va dehqon bozorlariga yolg`iz bormasligini, yo`l harakati qoidalariga rioya qilishini, tunda ko`chalarda yurmasligini, tungi internet xonalariga bormasligini, cho`milish mumkin bo`lmagan suv havzalarida cho`milmasligini nazorat qilishlarini aytib o`tdi. Ularga hamma vaqt
hushyor bo`lishlari kerakligini uqtirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |