Sinf majlislarining bayonnomalari


Yig`ilish kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan qaror qiladi


Download 0.72 Mb.
bet11/64
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1594044
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64
Bog'liq
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1

Yig`ilish kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan qaror qiladi:

1.Sinf sardoriga o`z faoliyatini to`g`ri yo`lga qo`yib olish lozimligi uqtirilsin.


2. Sinf faollarining ishi kamchiliklarni hisobga olgan holda qoniqarli deb topilsin.

Yig`ilish raisi S.Mardonova


Kotib R.Abduzoirova

Sariosiyo tumanidagi 24-sonli umumta`lim maktabining
4-“V” sinfida bo`lib o`tgan 7- Sonli yig`ilish
BAYONNOMASI

17-mart 2021-yil 24-maktab binosi


Yig`ilish raisi S.Mardonova
Kotib R.Abduzoirova
Qatnashdilar: 4-“V”sinf o`quvchilari
KUN TARTIBI
1. III chorak yakuni va IV chorak vazifalari
2. Sinf xonani toza saqlash
Eshitildi:
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. III chorak yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda yaxshi deb
topilsin.
2. IV chorakda yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni bajarish sinf o`quvchilari
zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Ulug`ova so`zga chiqdi. Sinf
rahbari III chorak yakuni asosida tayyorlagan hisobotini o`qib eshittirdi. III chorak 27-yanvarda boshlanib, 18-mart kuni tugadi. Chorak boshida sinfda 18 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 11 nafarini o`g`il bolalar, 7 nafarini qiz bolalar tashkil etdi. Sinf o`quvchilari chorak oxirida ham shu holda saqlanib qoldi. Abduzoirova R, Turdiyeva M, Ashurmahmatova R, Murodova M, Turdiyeva M a`lo o`qish hamda namunali xulqi bilan o`rtoqlariga o`rnak bo`ldilar. Sinfda o`zlashtirishga qiynalgan o`quvchilar bo`lmadi. Sinf sifat o`zlashtirishi 95, 8% ni, umumiy o`zlashtirish 99% ni tashkil etdi. Chorak davomida bir o`quvchi sababli 40 soat dars qoldirdi. Sinf davomati 99,3% ni tashkil etdi.
Sinfdagi 8 nafar o`quvchi yaxshi o`zlashtirishga erishgan bo`lsalar , qolgan 10 nafar o`quvchi ham puxta o`zlashtirishga harakat qilmoqdalar. 1 nafar o`quvchi 3 bahoda o`zlashtirdilar. Bu ko`rsatkichlarga qarab biz III chorak yakunini namunali deb ko`rsatsak bo`ladi. O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, IV chorakda ham yaxshi natijalarga erishadilar. A`lo baholarga o`qigan o`quvchilarning ota -onalariga rahmatnoma e`lon qilaman . Bu chorakda ham o`qishlarini ana shunday davom ettirishlariga yordam berishlaringizni kutib qolaman ..
Shuningdek IV chorak vazifalari ham belgilab olindi.
1) Darslarga kech kelmaslik;
2) Berilgan topshiriqlarlarni o`z vaqtida bajarish;
3) babsiz dars qoldirmaslik;
4) Dars jadvali asosida darsliklarni olib kelish lozimligi aytildi. O`quvchilar bu chorakda ham puxta bilim olishlari kerakligi, chorak davomida boshqa fanlarni puxta egallashlari lozimligi aytildi.
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. III chorak yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda yaxshi deb
topilsin.
2. IV chorakda yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni bajarish sinf o`quvchilari
zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, sinf xonasining sanitariya gigiyena holati va o`quv jihozlarining saqlanishi haqida ma`lumot berdi. Sinf faollaridan bo`lgan tozalik nazoratchisining ishi kuzatildi , unga ko`ra sinf tozalik nazoratchisi sinf xona tozaligi hamda sinf o`quvchilarining tozaligini kuzatib borganligi aniqlandi. Sinf tozalik nazoratchisi ishi yaxshi deb baholandi. Sinf xonasi bu ikkinchi uyimiz hisoblanadi. Uyimizni undagi jihozlarni qanday tutsak sinfimizni ham shunday tutishimiz lozim. Uni toza saqlash, undagi jihozlarni toza va ehtiyotkorlik bilan ishlatish , sinf xonani tez-tez shamollatib turish har bir o`quvchining vazifasi hisoblanadi. Sinf xonaga gullar tashkil etsak yana ham , xona havosi yoqimli va ko`ngilga yoqadigan bo`ladi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi:
1. Sinf rahbarining “Sinf xonasining sanitariya gigiyena holati va o`quv jihozlarining saqlanishi” haqidagi hisoboti ma`lumot uchun qabul qilinsin .
2. Sinf xonasini va darsliklarini toza ozoda yuritish sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin.
3. Sinfxonani va darsliklarini toza tutmagan o`quvchilarga ogohlantirish berilsin.

Yig`ilish raisi S.Mardonova


Kotib R.Abduzoirova


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling