Sinf majlislarining bayonnomalari


Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi


Download 0.72 Mb.
bet21/64
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1594044
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64
Bog'liq
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1

Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. IV chorakva o`quv yili yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda yaxshi deb topilsin.
2. Yozgi ta`tilni maroqli otkazib , berilgan topshiriqlarni puxta bajarishda sinf o`quvchilariga yordam berish sinf ota-onalari zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqdi. U sinf `quvchilariga yozgi ta`tillarini maroqli o`tkazish to`g`risida quyidagilarni gapirib o`tdi. U o`quvchilarga yozgi ta`til vaqtida badiiy kitoblar o`qishini, maktabda va tumanda faoliyat yuritadigan to`garaklarga qatnashishiga, ko`chalarda bekor yurmasligini, tuman markaziga va dehqon bozorlariga yolg`iz bormasligini, yo`l harakati qoidalariga rioya qilishini, tunda ko`chalarda yurmasligini, tungi internet xonalariga bormasligini, cho`milish mumkin bo`lmagan suv havzalarida cho`milmasligi lozimligi haqida to`xtalib o`tdi.


Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:


1. Sinf o`quvchilariga yozgi ta`tilni maroqli o`tkazish uchun yuqoridagi qoidalarga amal qilishlari lozimligi uqtirilsin.
2. Sinf o`quvchilarining bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish maqsadida yozgi ta`tilda turli to`garak va mashg`ulotlarga jalb qilishni yo`lga qo`yish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin.
Yig`ilish raisi Tosheva Z
Kotib Sohibova M


Sariosiyo tumani 24- sonli umumta`lim maktabi 3-“A”
sinfida bo`lib o`tgan 8 - Sonli yig`ilish
BAYONNOMASI
30– aprel 2021-yil 24-maktab binosi
Yig`ilish raisi Raximova M.
Kotib Toshboboyev J.
Qatnashdilar: 3-“A”sinf o`quvchilari
Kun tartibi:
1. Darsliklarni toza saqlash
2. Sinf o`quvchilarini kutubxona bilan bog`liqligi
3. Sinf faollarining ishi
Eshitildi:
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqidi. U kitob haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.
“ Kitob – bilim manbayi” deyishadi dono xalqimiz. O`quvchiga bilim, ziyo ulashadigan kitoblar bu avvalo darsliklardir. O`quvchi undan bilim, ziyo oladi, dunyoni o`rganadi. Ayniqsa darsliklar o`quvchiga bilim va ziyo ulashadi. Darslik yillar davomida bosqichma-bosqich o`quvchi bilimini charxlab boradi. Bizni yurtimizda bilimga chanqoq yoshlar uchun imkoniyatlar keng yaratilgan. Prezidentimiz tashabbusi bilan darsliklar o`quvchiga ijara tarzida beriladigan bo`ldi. Bu bilan o`quvchi o`ziga kerakli bo`lgan darslikni 1 yil mobaynida foydalanadi , keying yilda o`zidan kichik sinfga topshiradi. Bizning sinf o`quvchilari bu yil davomida 10 turdagi darsliklar bilan to`liq ta`minlandi. Darsliklarni o`quv yili oxirigacha toza, ozoda saqlash lozimligini, uni yo`qotmaslik, yirtmaslik kerakligini tushuntirib o`tdi. Darsliklarni jildlab berish, hamda jadval asosida sumkalarga solibkelish lozimligi aytildi.
O`quvchilar bu darsliklardan ehtiyotkorlik bilan foydalaning, yuqorida aytganimdek darsliklarni sizdan keying ukalaringiz ham foydalanishi kerakligini unutmang” deb o`z so`zini yakunladi.
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. Sinf o`quvchilarining barchasi darsliklar bilan ta`minlanganligi axborot uchun qabul qilinsin.
2. Darsliklarni yil davomida ozoda saqlash, jildlab olish, jadval asosida sumkalarga
joylab kelish sinf o`quvchilari zimmasiga yuklatilsin .

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqidi. Sinf o`quvchilarini kutubxona bilan doimo aloqada bo`lishlari haqida fikr yuritib quyidagilarni aytib o`tdi. “Inson uchun kitobdan ortiqroq, azizroq suhbatdosh yoqdir. Kitob inson hayotining ajralmas bir bo`lagi. Kitob insondan hech narsa tilamaydi, ammo uni kamolga yetkazadi. Kitob bir bog`ki yozuvlari unu gullaridir. Kimki ko`p kitob o`qisa, kitob uning zehnini ochadi, zavqini oshiradi, so`zga chechan qiladi. Shunday ekan har bir kishi kitobga e`tibor bermog`i , uni qunt bilan o`qimog`i lozim”. Hozirda Prezidentimiz ham ko`proq kitob o`qish kerakligi haqida o`z nutqlarida aytib o`tdilar. Bugun mamlakatimizning hamma hududlarida kitob va kitob o`qish haqida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa yoshlar o`rtasida “Yosh kitobxon” tanlovining o`tkazilishi yanada kitobga bo`lgan qiziqishni orttirdi. Demak , kitob bilan hammavaqt hamnafas bo`lish , uni nafaqat bo`sh vaqtlarda balki, kunlik hobbiga aylantirish lozim. “ Kitobdan ortiq do`st y o`q” kitob bilan do`stlashing , hech ham kam bo`lmaysiz deb so`zini yakunladi.


Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. Sinf o`quvchilariga kitob haqida uning foydali tomonlari haqida ma`lumot berilgani axborot uchun qabul qilinsin.
2. Doimo kutubxona bilan aloqada bo`lish lozimligi , bundan o`zingizga kerakli bilim va ma`lumot toplashlari o`quvchilariga uqtirildi.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqdi. Sinf rahbari sinf faollari ishining yuritilishi ahvoli haqida gapirar ekan, tozalik nazoratchisi, sinf kutubxonachisi ish olib borishmoqda, lekin juda sust ish olib bormoqdalar. Sinf sardorining ishi yoq desak ham to`g`ri bo`ladi. Chunki sinfda tartib-intizom ancha yomon ekanligini aytib o`tdi. Sinf sardori sinf o`quvchilarin tartibga chaqirmog`i keyingi dars tayyor turishlarini ta`minlab bermog`i lozim.
Raximova sinf o`quvchilarini bahor ayyomi Navro`z bayrami bilan tabriklab, Navro`z bayramini xush kayfiyat shodu- xurramlik bilan kutib olish haqida aytib o`tdi. Chorak yakunida “Bahorgi ta`til “ beriladi. Siz ta`til kunlari ota- onangiz bilan birga bo`ling. Kattalar bo`lmagan joylarga, daryo bo`ylariga , qir -adirlarga, mol- qo`y boqishga bormang. Bahorgi ta`tilni badiiy kitob o`qib, turli bahorgi oyinlar o`ynab, yaxshi dam olib darsga qayting-deb o`z fikrini yakunladi.

Yig`ilish kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan qaror qiladi:


1.Sinf sardoriga o`z faoliyatini to`g`ri yo`lga qo`yib olish lozimligi uqtirilsin.


2. Sinf faollarining ishi kamchiliklarni hisobga olgan holda qoniqarli deb topilsin.

Yig`ilish raisi: Raximova M.


Kotib : Toshboboyev J.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling