Sinf majlislarining bayonnomalari


Sariosiyo tumani 24- sonli umum ta`lim maktabi 3-“A” sinf


Download 0.72 Mb.
bet5/64
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1594044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
SINF MAJLISLARINING BAYONNOMALAR1

Sariosiyo tumani 24- sonli umum ta`lim maktabi 3-“A” sinf
o`quvchilari ota- onalarining 2 - Sonli yig`ilish
BAYONNOMASI
14. 11 . 2020-yil 24-maktab binosi
Yig`ilish raisi Safarova M
Kotib SattorovB
Qatnashdilar: 3-“A” sinf o`quvchilarining ota-onalari
Kun tartibi
1. I chorak yakuni va II chorak vazifalari
2. Farzandlariga “Yo`l harakati qoidasi”ga amal qilishlarini ogohlantirib borishlari
haqida suhbat
3. “Maktab ichki tartib qoidalari” va “Odob – axloq qoidalari” bilan ota-
onalarni tanishtirish
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Raximova so`zga chiqdi, u o`z nutqida I chorak yakuni haqida quyidagilarni gapirdi. Chorak boshida sinfda 21 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 9 nafarini qiz bolalar 15 nafarini o`g`il bolalar tashkil
etdi. Chorak oxirida ham o`quvchilar soni shu holda saqlanib qoldi. O`quvchilar chorak davomida 3-sinf materiallarini puxta o`rganib bordilar. Sinf davomati 98 % ni tashkil etdi. Sinfda o`zlashtirish 85,7 % ni, umumiy o`zlashtirish 100 % ni ko`rsatdi.
Sinfda 5 nafar o`quvchi fanlarni a`lo baholarga o`zlashtirdilar. Bu o`quvchilar Abdujalilova Arofat, Abduvohidova Bibifotima, Jabborova E`zoza, Sattorov Behruz va Sardor Xurramovlardir. Qolgan o`quvchilar ham puxta o`zlashtirishga harakat qilmoqdalar. Sinfda o`zlashtirishga qiynalayotgan o`quvchilar ham bor. Bu o`quvchilar R. Turdaliyev va O. Tursunovlardir. O`ylaymanki, bu o`quvchimiz bu chorakda o`rtoqlarini yetib oladi. Bu ko`rsatkichlarga qarab biz I chorak yakunini namunali deb ko`rsatsak bo`ladi. O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, II chopakda ham yaxshi natijalarga erishadilar. A`lo baholarga o`qigan o`quvchilarga rahmatnoma e`lon qilaman . Bu chorakda ham o`qishlarini ana shunday davom ettirishlarini kutib qolaman . Boshqa o`quvchilar ham o`qishlarida tub burilish yasab yana ham faolroq bo`ladilar degan umiddaman.
Bundan tashqari I chorak yakunidan so`ng o`quvchilarga kuzgi ta`til berilganini, ta`til vaqtida o`quvchilar ota-onalarining ruxsatisiz, yolg`iz ko`cha-kuyda yurmasliklari ham aytib o`tildi.
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. I chorak yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda namunali deb
topilsin.
2.II chorakda yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni bajarishda sinf o`quvchilariga
yordam berish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibidagi ukkinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, sinf
ota- onalariga “Yo`l qoidasi – umr qoidasi” mavzusida ma`ruzani o`qib eshittirdi. Sog`lom bola oilaga quvonch olib keladi. Har bir ona, oila farzandini bekamu ko`st unib o`sishini istaydi. Kattalar qanchalik bolalarni sog`lom baquvvat bo`lishini istashmasin, bolalar salomatligiga xavf soladigan baxtsiz xodisalar tez-tez sodir bo`lmoqda. Bolalar o`rtasida shikastlanishlarni oldini olish va kamaytirish katta muammo bo`lib qoladi. Baxtsiz xodisalarni sodir etilishida qisman tez rakatlanayotgan avtomashina shafyori sabab bo`lsa, ko`pchiligida bolalarning e`tiborsizligi, yo`llarda o`ynab yurishi, kattalar nazoratisiz serqatnov yo`lga chiqishi sabab bo`lmoqda. Ular yo`l harakati qoidasini buzmoqdalar. Ko`cha va yo`lning belgilanmagan, mumkin bo`lmagan qismidan kesib o`tmoqdalar. Svetafor chiroqlariga amal qilmayaptilar.
Agar o`quvchilar yo`lda yurganda, yo`lni kesib o`tganda hushyorlikni oshirsalar hech qanday noxush xodisa ro`y bermaydi.
Siz ota-onalar ham ularni doimo yo`lda hushyor bo`lib yurishlarini aytib tursalaringiz maqsadga muvofiq bo`lar edi.
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. “Yo`l qoidasi – umr foydasi” mavzusidagi ma`ruza sinf ota-onalariga
o`qib eshittirilgani axborot uchun qabul qilinsin.
2. Yo`lda yurganda yo`l qoidasiga amal qilib yurishlarini ta`kidlab turish sinf
ota- onalarining zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib ,
“Maktab ichki tartib qoidalari” haqida fikr yuritib, Maktab-o`quvchisi huquq doirasida o`z insoniy qadr- qimmatlarini hurmat qilishi, vijdon va axborot erkinligini his qilishi, o`z qarashlari va e`tiqodlarini erkin ifoda etishi hamda muassasasini boshqaruv ishida qatnashish huquqiga ega.
Maktab ustavida belgilangan tartibga to`liq rioya qilish, tasdiqlangan mashg`ulotlar jadvali asosida darsga o`z vaqtida kelish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, maktab ma`muriyati va sinf rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni muddatida bajarish, Davlat ramzlarini qadrlash va hurmat qilish, maktab ustavida belgilangan o`quvchilar formasida kelishini ta`minlash talab etilishi haqida to`xtaldi.
Sinf rahbari sinf ota-onalarini “Odob axloq qoidalari” bilan ham tanishtirib o`tdi. Odob-axloq qoidalariga rioya qilishda boshqa o`quvchilarga ibrat bo`lish; Maktab manfaatlariga zid bo`lgan xatti-harakatlardan tiyilishi kabi holatlar aytildi. Sinf o`quvchilari darslarga o`z vaqtida kelishlari, maktab mulkini ko`z qorachigi’dek asrash lozimligi, maktab yo`laklarida tinchlikni saqlash, maktabga mashg`ulotlar boshlanishidan 10- 15 daqiqa oldin kelish, maktab ustavida belgilangan o`quv libosida kelish, dars vaqtida gaplashmaslik kabi qoidalarga rioya qilish haqida to`xtaldi. Unga ko`ra o`quvchilar maktab ustavida belgilangan o`quvchilar formasida kelishi, kiyim boshlarini toza saqlashi, o`quvchilarga mos papka bilan kelishi, kundalik dars jadvali asosida darsga kelishi, ma`naviyatimizga zid bo`lgan sifatsiz daftarlardan foydalanmaslik kerakligi tushuntirildi. Yuqorida ko`rsatilgan talablarni bajarish uchun o`quvchiga albatta ota- ona ko`mak bo`lmog`i lozim deb o`z so`zini yakunladi.
Yig`ilish kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. Sinf ota-onalariga “Maktab ichki tartib qoidalari” va “Odob – axloq qoidalari”ni
tanishtirib o`tilganligi axborot uchun qabul qilinsin.
2.Yuqoridagi qoidalarga amal qilishda farzandlariga yordam berish ularni doimiy ravishda kuzatib borish sinf ota-onalari va sinf rahbari zimmasiga yuklatilsin.

Yig`ilish raisi Safarova M.


Kotib Sattorov B.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling